Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib dengizi mamlakatlari futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) mintaqaning 2021-yildagi eng yaxshi futbolchisi nomini e’lon qildi.
“Bavariya” klubi va Kanada terma jamoasi himoyachisi Alfonso Devis ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi. KONKAKAF milliy assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lgan 41 mamlakatdan murabbiy, futbolchi, jurnalist va muxlislar ovoz berishda ishtirok etdi.
Devisdan tashqari ushbu mukofot uchun Mikail Antonio (“Vest Hem”, Yamayka), Jonatan Devid (“Lill”, Kanada), Irving Losano (“Napoli”, Meksika), Ueston Makkenni (“Yuventus”, AQSh) va Kristian Pulishich (“Chelsi”, AQSh) kabi futbolchilar kurash olib borgandi.
Avvalroq, Kanada 36 yil deganda ilk bor mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
Izoh (0)