• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.73
    • RUB158.34
    • EUR14764.66
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    Jahongir Ortiqxo‘jayev davrida Toshkent iqtisodiyoti bilan nimalar sodir bo‘ldi? — Tillaxo‘ja Alimuhamedovning maqolasi va unga Zafar Hoshimovning sharhi

    Mart oyi oxirida “Anhor.uz” sayti “Ortiqxo‘jayev hokimligi davrida Toshkent iqtisodiyoti qaysi tomonga o‘zgardi?” sarlavhasi ostida maqola chiqardi.

    Mirobod bozorida sotuvchi bilan suhbatlashayotgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

    Mirobod bozorida sotuvchi bilan suhbatlashayotgan Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    “Sanoat va kichik biznesning qisqarishi”

    Maqola muallifi iqtisodchi Tillaxo‘ja Alimuhamedov iqtisodiy ko‘rsatgichlarga tayangan holda, poytaxt hokimining to‘rt yillik faoliyatini tahlil qildi.

    Maqolada ta’kidlanishicha, 2018-yildan, Jahongir Ortiqxo‘jayev hokim bo‘lganidan beri:

    • respublika yalpi ichki mahsulotidagi Toshkent ulushi 13,1 foizdan 16,6 foizga o‘sgan;
    • shahar yalpi hududiy mahsulot hajmi 7,7 mlrd dollardan 11,4 mlrd dollarga yetgan. 

    Bundan tashqari, 2018-yildan beri Toshkent yalpi hududiy mahsuloti aholi jon boshiga 2,6 ming dollardan 4 ming dollarga o‘sganini ko‘rish mumkin.  

    Sodda qilib aytganda — Ortiqxo‘jayev hokimligi davrida Toshkent iqtisodiyoti mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan qariyb uch barobar tezroq o‘sgan. 

     

    “Biroq boshqa ko‘rsatkichlarni tahlil qilish ushbu muvaffaqiyat g‘oyasini biroz o‘zgartiradi”, – deb yozadi Alimuhamedov. 

    Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent iqtisodiyoti asosan qurilish tarmog‘i hisobiga o‘sgan, sanoat ulushi esa qisqargan. Bundan tashqari, kichik biznes ulushi keskin qisqargan va to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoyalarni jalb qilish jarayoni qotib qolgan.

    “Raqamlar bilan o‘ynash”

    Korzinka do‘konlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov Alimuhamedovning ba’zi xulosalariga norozilik bildirdi. 

    Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, u Jahongir Ortiqxo‘jayevga nisbatan juda xolis va haqqoniy munosabatda, ammo Toshkent iqtisodiyoti haqida gap ketganda, shaharda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat muvaffaqiyatliligi yaqqol namoyon bo‘ladi.

    Alimuhamedovning yozishicha, shahar iqtisodiyotidagi sanoat ulushi 36,4 foizdan 34,5 foizga tushgan, qurilish tarmog‘i ulushi esa 8,1 foizdan 10 foizgacha o‘sgan.

     

    Bu inkor etib bo‘lmaydigan fikrga o‘xshaydi, ammo shuni hisobga olish kerakki, bu foizlar turli ko‘rsatkichlardan olingan. 2018-yilda 36,4 foiz 2,82 mlrd dollarni, 2021-yildagi 34,5 foiz esa 11,49 mlrd dollarni tashkil qildi, — deb yozadi Hoshimov.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, shaharda sanoat ishlab chiqarish hajmi mazkur davr ichida 41 foizga o‘sib, bu xuddi shu davrdagi mamlakat YaIM o‘sishidan 34 foizga yuqoridir.

     

    Shunday qilib, mazkur ma’lumotlarning xolisona izohi quyidagi bo‘lishi kerak: shahar iqtisodiyotining o‘sishiga sanoat, qurilish va xizmatlar sabab bo‘lgan, shu bilan bir qatorda qurilish tarmog‘ining o‘sishi yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi, — deb yozadi Hoshimov.

    Alimuhamedovning yozishicha, kichik biznes ulushi deyarli barcha sektorlarda tushib ketgan. Xususan, chakana savdoda kichik korxonalar ulushi 74,6 foizdan 65,6 foizga, qurilish sohasida — 52,4 foizdan 50 foizga, sanoatda esa 72,9 foizdan 36,3 foizga tushgan.

     

    Bu unday emas. Xuddi o‘sha usul bilan hisoblansa, kichik biznesning o‘sishi mutlaq ko‘rsatkichlarda 12,6 foizni tashkil etgan — 4,91 milliarddan 5,53 milliardgacha. Shahar iqtisodiyotining hayratomuz darajada o‘sishi fonida ushbu ko‘rsatkich haqiqatan ham kichkina ko‘rinadi, ammo kontekstni bilmay turib raqamlarni tahlil qilish noto‘g‘ri, — deb javob beradi Hoshimov.

    Uning so‘zlariga qaraganda, 2018-yilda mamlakatda eski soliq siyosati hukm surgan, uning mazmuni shundan iborat ediki, soliq solish tartibi korxona ishchilari soniga bog‘liq edi – ishchilar qanchalik kam bo‘lsa, shuncha kamroq soliq to‘lanardi. 

    Bu ko‘plab korxonalarni sun’iy ravishda bo‘linishga, xodimlar sonini kamaytirishga va shu orqali kichik korxona sifatida ko‘rinishga majbur qilgan. 

     

    Yangi soliq siyosati muvaffaqiyatli joriy qilingandan beri ko‘plab korxonalar, ayniqsa, sanoat va savdo korxonalari tez fursatda kengaydi, mavjud kichik korxonalarini birlashtirishdi, – deb aniqlik kiritadi tadbirkor.

    Uning aytishicha, so‘nggi uch yil davomida Toshkentda kichik biznes va yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari soni ikki yarim barobardan ortiq o‘sgan. 

    Alimuhamedovning yozishicha, 2018-yil sarhisobiga ko‘ra chet el investitsiyalaridagi Toshkent ulushi deyarli 12 fozini tashkil qilgan bo‘lsa, 2021-yil natijalariga ko‘ra u 21,9 foizga o‘sgan. Biroq shunga qaramasadan, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar ulushi deyarli o‘zgarmagan va 17,6 foiz darajada qolgan.

     

    Bu potensial xorijiy investorlarda shahar rahbariyati tomonidan olib borilayotgan investitsiya siyosatidan taassurot qoldirmayotganidan, ularda katta daromad olishning katta istiqbollarini ko‘rmayotganidan dalolat beradi, — deb yozadi Alimuhamedov.

    Zafar Hoshimov to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar shahar iqtisodiyotiga nisbatan ishonch darajasining o‘ziga xos ko‘rsatkichi ekanini tasdiqlaydi, ammo hisob-kitoblarga nisbatan norozilik bildirgan

     

    Toshkent 2021-yilda butun mamlakat investitsiyasidan 21,7 foizini jalb qildi. 2018-yildan boshlab o‘sish 80 foizga yetdi (ungacha 12 foiz edi). Shu bilan birga, 2018 va 2021-yil oralig‘ida jalb qilingan sarmoyalarning mutlaq hajmi bir necha baravarga o‘sdi. 17,6 foiz chet el investitsiyalari bu umumiy hajmning 3,8 foizidir. Ammo 2018-yilda mazkur ko‘rsatkich 2,11 foizni tashkil qilgan. Ya’ni Toshkent iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarning ulushi, hatto mutlaq sarmoya qiymatining o‘sishini hisobga olmagan holda ham, 80 foizga o‘sdi, – deb yozadi tadbirkor. 

    Post so‘nggida Zafar Hoshimov hokimga har kim o‘z munosabatini bildirish huquqiga ega ekanini, biroq odamlar o‘z shaxsiy mulohazalarini asoslab berish uchun raqamlarni o‘zgartirishga mutlaqo qarshi ekanini ta’kidladi.

    02.04.2022, 14:10   Izoh (0)   595
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekistonda yo‘qotishlar bo‘ladi, ammo u boshda davlatlardan kamroq ziyon ko‘radi” – Ukrainadagi urush va Rossiyaga qarshi sanksiyalar ta’siri haqida tahlilchil...

    01.04.2022, 20:32

    Ukrainada urush boshlanganidan beri O‘zbekiston chetga kamroq sota boshladi

    01.04.2022, 16:43

    Rossiya kungaboqar yog‘i eksportini chekladi. Bu O‘zbekistonga ta’sir qilishi mumkin 

    01.04.2022, 13:32

    Rossiya iqtisodiyoti misli ko‘rilmagan sanksiyalar sharoitida qanday yashayapti?

    31.03.2022, 22:49

    “Кatta zarar” — Ukrainadagi urush O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi? Mutaxassislar izohi 

    31.03.2022, 15:35

    Bunaqasi faqat bitta davlat bilan: O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi savdo-sotiq aloqalari nima uchun boshqalardan ajralib turadi?

    30.03.2022, 15:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gruziyada 7 ta NATO davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:45

    Polsha Tayvandan dron xarid qilish bo‘yicha Yevropada yetakchiga aylandi

    Dunyo | 27 iyul, 23:10

    Xitoy sun’iy intellekt xavfsizligi borasida global hamkorlikka chaqirdi

    Dunyo | 27 iyul, 21:57

    Turkiya o‘z tarixidagi eng kuchli aviabombalarini taqdim etdi

    Dunyo | 27 iyul, 20:24

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.