• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Rahmonovning o‘limi xizmat bilan bog‘liq emas”. Svetlana Ortiqova ish vaqtida vafot etgan xodimiga 951 mln so‘m nafaqa puli to‘lanishiga munosabat bildirdi

    Svetlana Ortiqova ish vaqtida vafot etgan Bosh prokuratura vakili, marhum 33 yoshli Samir Rahmonovning turmush o‘rtog‘iga 951 million so‘m nafaqa puli to‘lab berilishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirib, Samir Rahmonov ish vaqtida vafot etmaganini, shuningdek, marhumning o‘limi yuzasidan sudga murojaat qilgan ota ham bugungi kunda vafot etgani sabab sud bu haqdagi ishni yopish qarorini chiqarganini ma’lum qildi. Bosh prokuror o‘rinbosari bu haqda 31-mart kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    “Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi tomonidan berilgan xulosaga ko‘ra, Bosh prokuratura xodimi o‘lim vaqtida ishxonada emas, ko‘p tarmoqli kasalxonada bo‘lgan. Yanvar oyida sud ishini tugatish to‘g‘risida qaror chiqqan. Chunki da’vogar Rahmonovning otasi vafot etgan. Bu qaror hali kuchda, hech kim uni muhokama ham qilgani yo‘q, uni bekor qilgani ham yo‘q. Sud tibbiy-ekspertizasidan o‘tkazish uchun murdani yorish kerak. Rahmonovning marhum otasi bunga rozilik bermagandi. U “murdaning ko‘rinishi nuqtayi nazaridan sud tibbiy xulosasini berasizlar” deb tilxat yozgan. Keyin ma’naviy zarar undirishda fuqarolik kodeksi bor. Kodeksning 1021-moddasiga ko‘ra, ma’naviy zararni aniqlashda uni yetkazuvchining aybini tasdiqlash kerak. Lekin bu ayb jinoyat ishi tergovoldi surishtiruv natijasida jinoyat protsessual kodeksining 83-modda, 2-qismi (reabilitatsiya uchun asoslar uning qilmishida jinoyat tarkibi bo‘lmasa) bilan xulosaga kelgan va bu o‘limda Bosh prokuraturaning aybi yo‘q. Xizmat bilan o‘lim bor bo‘lsa uning xizmat vazifasi bilan bog‘liq joyi bo‘lishi kerak. Bu qonunni men ishlab chiqmaganman, lekin u qonunga men itoat qilishga majburman. Rahmonovning o‘limi xizmat bilan bog‘liq emas, ekspertiza xulosasi ham shunday bo‘lgan”, — dedi Svetlana Ortiqova.
    Svetlana Ortiqova, shuningdek, Bosh prokuratura davlat budjetidan mablag‘ oladigan tashkilot ekanini eslatib, mablag‘lar sarflanishi qattiq nazorat qilinishini bildirgan.
    “Prokuratura to‘g‘risidagi qonunning 50 va 56-moddalariga (prokuratura organlari xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti) asosan, marhumning oila a’zolariga yetarlicha moddiy yordam ko‘rsatilgan. Bosh prokuratura davlat budjetidan mablag‘ oladigan tashkilot. Agarda budjet intizomini siz bilan biz bajarmasak, milliard uyoqqa, milliard buyoqqa qilsak, unda shifokorlarga, o‘qituvchilarga ustamalar va oylikni, nafaqaxo‘rlarga nafaqasini kim to‘laydi? Nogironlarni kim himoya qiladi? Agarda Bosh prokuraturaning aybi bo‘lsa bajonidil ikkita qo‘lni ko‘taramiz va to‘laymiz. Lekin Toshkent shahar sudi 28-mart kuni e’lon qilgan, hali yozilmagan qarorga Bosh prokuratura o‘zining munosabatini bildiradi. Chunki Bosh prokuratura ish bo‘yicha taraf va protest bildirishga vakolati bor. E’tibor bergan bo‘lsangiz, Toshkent shahar sudining bayonotida sud o‘zining tashabbusi bilan da’vogarni ham o‘zgartirdi, da’vo talabini ham o‘zgartirdi, deyilgan. Bunda ham fuqarolik protsessual kodeksining 124-moddasi (ish yuritishni tugatish asoslari) talablari buzilgan. Sud o‘z tashabbusi bilan amaldagi sud qarori mavjud bo‘la turib uni hech kim bekor qilmaganini inobatga olmasdan, o‘z tashabbusi bilan da’vogarni almashtirdi, da’vo talabani almashtirishga haqqi yo‘q. Men buni o‘zim nazorat qilaman, kerak bo‘lsa Oliy sudgacha bosh prokuror o‘rinbosari sifatida takroran kassatsiya keltirishga tayyorman”, — dedi Ortiqova Bosh prokuror o‘rinbosari.
    Toshkent shahar sudlari axborot xizmatining 29-mart kuni bergan xabariga tayanilsa, Bosh prokuratura ish vaqtida vafot etgan 33 yoshli xodimi uchun marhumning turmush o‘rtog‘iga 951 million so‘m nafaqa puli to‘lab berishi kerak. Shuningdek, sud qaroriga ko‘ra Bosh prokuraturadan 20 million so‘m miqdorida ma’naviy zarar ham undirilishi qo‘shimcha qilingan.

    Toshkent shahar sudlari tarqatgan xabarga munosabat bildirgan Bosh prokuratura xabar shoshma-shosharlikda tarqatilganini aytib, sud qarorining asosliligi Bosh prokuratura tomonidan atroflicha o‘rganilishini va bu yakuniy qaror bo‘lmasligini bildirdi.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi prokurori lavozimida ishlab kelgan Samir Rahmonov 2021-yil 26-aprel kuni 33 yoshida vafot etgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev marhumning otasi deputatga murojaat qilib, o‘g‘li xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda ish joyida vafot etgani, to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandlari boquvchisiz qolsa-da, uning oilasiga qonunga asosan kafolatlangan nafaqa pullari to‘lab berilmayotganini bildirganini ma’lum qilgan edi.

    01.04.2022, 11:47   Izoh (0)   27848
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Afg‘on masalasi jahon siyosatida ikkinchi darajaga tushib qoldi” — O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari

    01.04.2022, 11:28

    O‘zbekistonda mart oyidagi inflyatsiya so‘nggi 9 oy ichida eng yuqorisi bo‘ldi

    01.04.2022, 10:40

    Pora olgan yoki berganmisiz? — “Daryo”da kichik so‘rovnoma

    01.04.2022, 10:35

    O‘zbekistonda 2-aprel kuni 27 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda

    01.04.2022, 10:26

    O‘zbekistonda davlat dasturlaridan tashqari budjetdan ssuda berish va banklarga depozit qo‘yish to‘xtatiladi

    01.04.2022, 09:59

    Xorazmda reklama monitoriga pornografik videoni joylashtirib yuborgan shaxs uzr so‘radi (video)

    01.04.2022, 09:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.