• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sergelida ijaraga berilgan 2,5 gektar yerni 1,9 mln dollarga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi

    Davlat xavfsizlik xizmati qator viloyatlarda yer maydonlarini noqonuniy sotish holatlariga chek qo‘ydi, deb xabar beradi O‘zA.

    Xususan, Samarqand shahrida yashovchi, 34 yoshli fuqaro 2015-yilda mahalliy MCHJga issiqxona qurishi uchun shahar hududidan ajratilgan 50 sotix yer maydoniga nisbatan egalik huquqini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga, undan 60 ming dollar talab qilib, oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmalari xodimlari tomonidan ushlangan.

    Shuningdek, ushbu noqonuniy ishga aloqador bo‘lgan mazkur MCHJ ta’sischisi ham qo‘lga olingan.

    Ishtixon tumanida yashovchi, 25 yoshli fuqaro esa bog‘dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning ish boshqaruvchisi bilan kelishgan holda, mazkur xo‘jalikning 8,5 gektar lalmi yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga, undan 84 million so‘m olgan vaqtida ushlangan.

    Toshkent viloyatining Bekobod tumanidagi meva va sabzavotlarni qadoqlashga ixtisoslashgan MCHJ rahbari 21 sotix yer maydonini tegishli tashkilotlardagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 24 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.

    Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi 40 yoshli fuqaro o‘zganing ishonchiga kirib, Toshkent shahar Sergeli tumani hududidan mahalliy MCHJga ijara asosida berilgan 2,5 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1,9 million dollar talab qilib, 12 ming dollarni avans sifatida olgan vaqtida DXX Toshkent shahar boshqarmasi va departament xodimlari tomonidan ushlangan.

    Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida yashovchi fuqaro (1980-yilda tug‘ilgan) o‘zganing ishonchiga kirib, unga o‘zini go‘yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida faoliyat yurituvchi baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning rahbari sifatida tanishtirgani aniqlangan. U ushbu xo‘jalikning 244 gektar yer maydonini yuqori lavozimdagi tanishlari yordamida auksion savdolari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Evaziga 250 million so‘m olgan vaqtida DXXning Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlangan.

    Sirdaryo viloyati Xovos tumanidagi fermer xo‘jalik rahbari 15 gektar yer maydonini 38 ming dollarga sotishga kelishib, xaridordan avans sifatida 10 ming dollar olgan vaqtida, boshqa holatda esa muqaddam sudlangan ikki fuqaro (1971 va 1989-yillarda tug‘ilgan) Yangiyer shahri hududidagi 3 gektar yerni tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxs nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 9 ming dollar olgan vaqtlarida ushlangan.

    Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

    Avvalroq Xorazmda issiqxona qurish uchun bankdan 2 mln dollar kredit ajratib berish evaziga 80 ming dollar olgan shaxslar ushlangani, Buxoro va To‘rtko‘lda yer sotmoqchi bo‘lgan kadastr sobiq mutaxassisi hamda fuqaro qo‘lga olingani, O‘zbekistonning uchta hududida noqonuniy yer olib berish uchun jami 10 ming dollar va 120 mln so‘m olgan shaxslar ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

    Mavzuga doir: 

    • Hazorasp hokimi o‘rinbosari 12 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi
    • Samarqandda ijara olingan yerni 9 kishiga salkam 50 ming dollarga sotgan shaxs aniqlandi
    • Namanganda o‘zgaga tegishli bog‘dan 4 sotix yerni ajratib berish uchun tanishidan 6 ming dollar olgan shaxs ushlandi

    29.03.2022, 20:12   Izoh (0)   12910
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent deklaratsiyasi BMT Bosh assambleyasining rasmiy hujjati sifatida tan olindi

    29.03.2022, 19:41

    Turkiya prezidentini Ko‘ksaroy qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

    29.03.2022, 19:17

    UzAuto Motors ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Damas eshigi uzilib tushgani aks etgan videolavhaga munosabat bildirdi

    29.03.2022, 18:27

    Farrux Po‘latov Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlandi

    29.03.2022, 17:57

    Sardor Umurzoqov tadbirkorlar va eksportchilarni yetarlicha qo‘llab-quvvatlamayotgan amaldorlarni qattiq tanqid qildi

    29.03.2022, 17:21

    Rossiyada migrantlarning mamlakatdan chiqib ketishi kuzatilmoqda. Endi nima bo‘ladi?

    29.03.2022, 16:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kinotavsiya: Zerikarli kechani qiziqarli o‘tkazishga yordam beradigan qisqa turk seriallari

    Madaniyat | 19 iyun, 21:15

    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing

    Reklama | 19 iyun, 21:00

    Markaziy bank may oyida 13 ta bankka jarima sanksiyasi qo‘lladi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 21:05

    Shimoliy Koreya Xitoy tomonga o‘nlab ballistik raketa uchirdi

    Dunyo | 19 iyun, 20:50

    Shavkat Mirziyoyev “Hisorak”da 1,5 mln dollarga qurilgan kichik GESni ko‘zdan kechirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 20:35

    Nogironligi bo‘lganlar uchun transport moslashuvi xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 20:30

    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi

    Reklama | 19 iyun, 19:30

    “Ukraina tez orada yo‘q bo‘lib ketishi mumkin” — Ukraina parlamenti deputati

    Dunyo | 19 iyun, 20:15

    8,6 mlrd so‘mlik zarar: Xorazmda elektrdan noqonuniy foydalanayotgan korxona fosh bo‘ldi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 20:00

    Buxorodagi bog‘chada uch yoshli bola tok urishidan vafot etdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:45

    “Xizmatlar taklif qilish, bu yerning tabiati va sharoitini chet ellarda keng targ‘ib etish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.