Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xorazm viloyati Hazorasp tumani hokimining o‘rinbosari pora ustida ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Hazorasp tuman bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boshqarmasi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan. Unda Hazorasp tuman hokimining o‘rinbosari U.A. mansab mavqeyidan foydalanib fuqaroga “Qirtepa” mahallasi hududida noqonuniy qurilgan turar joy binolarini buzmaslik hamda ushbu mahalladagi tuman xokimligi zaxirasida bo‘lgan 18 sotix yer maydonini turar joy qurish uchun ajratib berishni va’da qilgani aniqlangan.

U xizmati evaziga fuqaro I.dan 12 ming dollar pora talab qilib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Virtual kartalar nima va ulardan qanday qilib to‘g‘ri foydalanish mumkin?
Dunyo
Twitter ofisida xodimlar uchun karavotlar paydo bo‘ldi, Ilon Mask avvalroq me’yoridan ortiqcha ish bo‘lishi haqida ogohlantirgandi
Mahalliy
Xorazmda ikki kishi is gazidan vafot etdi