• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Messidan Ronaldugacha. Qatar—2022 faoliyatidagi so‘nggi mundial bo‘ladigan afsonalar haqida

    Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati millionlar o‘yini tarixidagi muhim voqealardan bo‘lishi kutilmoqda. Jahon Chempionati tarixda ilk marotaba yozda emas, kuz va qish oylarida o‘tkaziladi. Shuningdek, ushbu musobaqa bir qator taniqli futbolchilar uchun oxirgi mundial bo‘lishi ham mumkin va eng qayg‘ulisi, bunday “nomzodlar” qatorida qarishni xohlamayotgan “o‘zga sayyoraliklar” ham bor. Quyida ana shunday futbolchilar haqida hikoya qilinadi!

    Neymar — Braziliya

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Ortda qolayotgan yilning oktabr oyida Neymar Jahon chempionati saralashi doirasidagi o‘yindan so‘ng bergan intervyusida Qatar—2022 u uchun oxirgi Jahon Chempionati bo‘lishi mumkinligini aytdi:

    “Menimcha, bu mening oxirgi Jahon Chempionatim bo‘ladi. Yana futbol o‘ynashga kuchim yetadimi, yo‘qmi bilmayman. Shuning uchun yaxshi o‘yin ko‘rsatish, g‘alaba qozonish, bolalikdagi asosiy orzumni amalga oshirish uchun bor kuchimni ishga solaman”.

    Neymarning bunday deyishiga yetarlicha sabablar bor, boisi u o‘zining texnik harakatlari bilan ko‘plab himoyachilarning jig‘iga tegishga ulgurgan, har bir o‘yinda unda boshqa o‘yinchilarga nisbatan jarohat olish xavfi yuqoridir. Bundan tashqari, u muntazam ravishda jarohat olaverganidan shikastlanishga moyil bo‘lib qolgan va ko‘p hollarda yo‘q joydan ham o‘ziga muammo orttirib oladi.

    2010-yilda terma jamoada debyutini o‘tkazgan Neymar shu vaqtga qadar (116 o‘yinda) 71 ta gol urgan, u terma jamoa to‘purarlari orasida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi pog‘onadagi Pelening hisobida esa 77 ta gol bor. 2026-yilda Neymar 34 yoshda bo‘ladi. Garchi bu yosh zamonaviy futbol uchun unchalik ham katta hisoblanmasa-da, “PSJ” futbolchisining jarohatlari va sport formasidan kelib chiqilsa, uning AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan mundialga borish ehtimoli ancha past.

    Manuel Noyer — Germaniya

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Germaniya terma jamoasidagi debyutini 2009-yilda o‘tkazgan Noyer shu vaqtga qadar terma jamoada 108 ta o‘yin o‘tkazgan va uzoq yillar davomida “nemis mashinasi”ga sardorlik qilgan. Terma jamoa murabbiyi Hans-Diter Flik uni Qatarga boradigan yakuniy tarkibga kiritishi ehtimoli ancha yuqori. Chunki Noyerning ulkan tajribasi yosh va qiziqqon yoshlar yig‘ilgan tarkibda asqatishi aniq.

    Lekin kelasi mundialda so‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi darvozabonlaridan biri 40 yoshga to‘lgan bo‘ladi. Noyerning yoshidan tashqari, Germaniya terma jamoasida hozirda darvozabonlar borasida ham yaxshigina raqobat mavjud.

    Karim Benzema — Fransiya

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    6 yillik tanaffusdan keyin yana terma jamoaga qaytgan Benzema JCh—2022 saralash doirasidagi o‘yinlarda yorqin harakatlarni amalga oshirdi va “uchranglilar”ning mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritishida o‘zining katta hissasini qo‘shdi.

    Karim bungacha 2015-yilda, “Valbuena ishi” tufayli chetlatilganidan beri milliy jamoada o‘ynamayotgandi. Ushbu chetlatish tufayli Benzema Fransiya g‘olib chiqqan, 2018-yilgi Jahon Chempionati va Yevro—2016 ni (ikkinchi o‘rin) o‘tkazib yubordi. 2021-yilga kelib esa Didye Desham Benzemani terma jamoaga qayta jalb qildi. Va aytish mumkinki, bu qaror o‘zini to‘laligicha oqladi. “Real” hujumchisi nafaqat Yevro—2020 da, balki yuqorida ta’kidlanganidek, mundial saralashida ham ajoyib o‘yinlar ko‘rsatib, gollarni qalashtirib tashladi. Shunday ekan Qatar maydonlarida ham Desham ikkinchi yoshligini o‘tkazayotgan (bunday deyish biroz noo‘rin, boisi u ayni damda har qachongidan yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda) Benzemaga katta umid bog‘lashi aniq.

    Biroq 2026-yilgi mundialga kelib Karim 39 yoshda bo‘ladi va mundialga boradigan yakuniy tarkibga kiritilishi juda katta so‘roq ostida qoladi. Buni Benzemaning o‘zi ham juda yaxshi biladi va Qatardagi musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatini ishga soladi.

    Luka Modrich — Xorvatiya

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Benzema kabi “Real”da uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan Modrich uchun ham Qatar—2022 so‘nggi Jahon Chempionati bo‘lishi mumkin. Xorvatiyaning ko‘p karra eng yaxshi o‘yinchisi va terma jamoa sardori hozir 36 yoshda. Ammo Luka hozircha qarilikni bo‘yniga olmoqchi emas, uning o‘zi bu borada shunday deydi:

    “O‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Menimcha, yoshimga emas, maydondagi harakatlarimga qaragan ma’qul. Hozirda yosh borgan sari ahamiyatsiz bo‘lib bormoqda, chunki futbolchilarning faoliyati uzayib bormoqda. Holatim yaxshi. O‘zimni hali xuddi 30 ga ham kirmagandek his qilyapman”.

    Darhaqiqat, Modrich ham ko‘plab futbolchilar singari, yoshning shunchaki raqam ekanligini isbotlay olgan. Ammo ortda qolgan yillar o‘z so‘zini aytmasdan qo‘ymaydi, buning ustiga organizm ham professional sportchi olishi kerak bo‘lgan yuklamalarga bardosh bera olmasligi mumkin. Okean orti mamlakatlarida o‘tadigan JChga borib esa Modrich 41 yoshni urib qo‘ygan bo‘ladi.

    Lionel Messi — Argentina

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Individual va klubdagi sovrinlar borasida aql bovar qilmas natijalarga erishgan Messi 2021-yilgacha terma jamoada hech qanday natijaga erishmagani tufayli muntazam ravishda tanqidlarga uchrardi. Ammo Kopa Amerika—2021 musobaqasiga kelib, hamma narsa o‘zgardi. Braziliyada o‘tgan musobaqa chinakamiga Messiga ataldi deyish mumkin. Uning sardorligidagi Argentina terma jamoasi bosh sovringa ega chiqqan bo‘lsa, Messining o‘zi musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Leo bu g‘alabasi orqali azaliy orzusini amalga oshirish bilan birga barcha tanqidchilarning ovozini o‘chirishning ham uddasidan chiqdi.

    Endilikda Messi Janubiy Amerika chempioni sifatida Jahon Chempionatida ham munosib ishtirok etib, g‘oliblik uchun kurash olib boradi. Chunki bu Messi uchun ham katta ehtimol bilan so‘nggi mundial bo‘lishi mumkin. Kelasi mundialda u 39 yoshni qarshi olgan bo‘ladi. Garchi, Zlatan Ibrahimovich kabilar 40 yoshida ham kuchli beshlik chempionatlarida javlon urayotgan bo‘lsa-da, hujumchi uchun bu kichkina yosh hisoblanmaydi. Qolgan variantlarni ham inkor qilmagan holda Messi uchun Qatar—2022 ning oxirgi mundial bo‘lishi aytilsa, hech kim ortiqcha bahslashmasa kerak.

    Krishtianu Ronaldu — Portugaliya

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ronaldu asosiy raqobatchisi Messidan farqli o‘laroq terma jamoasi bilan ham maqtansa arzigulik g‘alabalarga erishgan va Portugaliya terma jamoasidagi har bir o‘yinida qandaydir qahramonlik ko‘rsatib kelgan. Terma jamoada urilgan gollar soni bo‘yicha jahon rekordi ham unga tegishli ekani yuqoridagi gaplarga isbot bo‘la oladi. G‘alabalar haqida gap ketganda esa Portugaliyaning Yevro—2016 va Millatlar Ligasi—2019 da g‘olib chiqqanini aytish mumkin.

    37 yoshli Ronaldu ham Messi kabi shaxsiy va klublarda qo‘lga kiritmagan sovrini qolmagan, biroq ularning har ikkalasini ham ayni damda faqat bir narsa qiziqtirmoqda — Jahon Chempionati bosh sovrini.

    Agar Portugaliya pley-off bosqichidan o‘ta olsa (buning uchun Shimoliy Makedoniya mag‘lub etilishi kerak), Ronaldu 37 yoshida jamoadoshlarini Qatar maydonlariga olib chiqadi. 2026-yilgi mundialda esa “gol mashinasi” 41 yoshni qoralagan bo‘ladi...

    Mavzuga doir: Ularni Qatarda ko‘rmaymiz. JCh—2022 ga bormasligi aniq bo‘lgan yulduz futbolchilar

     

    27.03.2022, 23:31   Izoh (0)   36020
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston Kubogi. Guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

    27.03.2022, 21:10

    “Barselona” yozda transferlar amalga oshirish uchun 3 nafar yetakchisining maoshini kamaytirmoqchi

    27.03.2022, 20:07

    “Manchester Yunayted” egalarini klubning 4 foiz muxlisi qo‘llab-quvvatlamoqda. “Chelsi”da bu ko‘rsatkich 92, “Man Siti”da esa 90 foizga teng

    27.03.2022, 19:06

    Angliya terma jamoasi o‘z tarixidagi rekord natijani qayd etdi

    27.03.2022, 18:05

    “Manchester Yunayted”ning yana bir futbolchisi o‘g‘rilar nishoniga aylandi

    27.03.2022, 17:03

    Foto: Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHT xalqaro yarim marafonidan reportaj

    27.03.2022, 16:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.