“Barselona” yozda transferlar amalga oshirish uchun ayrim yetakchi futbolchilarining maoshini kamaytirishi mumkin.
Katalonlarda maoshlar chegarasi va moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq jiddiy muammolar bor, shu sabab klub yangi xaridlarni amalga oshirish uchun maoshlar vedomostini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bunda yechimlardan biri maoshlarni qisqartirish. Xususan, “Barselona” Xerard Pike, Serxio Buskets va Xordi Alba bilan bu borada muzokara olib bormoqchi, deya xabar qilmoqda Marca.
Pandemiya vaqtida qisqartirilgan va kechiktirilgan maoshlarni kompensatsiya qilish uchun kelasi mavsum “ko‘k-anorranglilar” bu uch futbolchining maoshiga 100 million yevro sarflashiga to‘g‘ri keladi. Muzokaralarda “Barselona” rahbariyatiga qiyin bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)