• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Yangi eski Sovet Ittifoqi” — G‘arb kompaniyalarining Rossiyani tark etishi nimani anglatadi?

    1990-yilning qahraton qish sovug‘ida 30 ming rossiyalik Moskvadagi Pushkin maydonida navbatda turar edi. Soatlab navbatda kutish evaziga ular mamlakatdagi birinchi McDonald’s restoranining gamburger va kartoshka frisini tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

    Foto: EPA / Maksim Shipenkov

    Foto: EPA / Maksim Shipenkov

    Shundan keyingi yillarda G‘arbning qator kompaniyalari Rossiyaning kommunizmdan kapitalizmga o‘tishi orqali mamlakatdan foyda ko‘rishga urindi. Ular aholi uchun taqchil bo‘lgan Amerika fastfudi, avtomobillar va moda sanoatini olib kirishdi va yirik korxonalarni qurishdi. Starbucks, iPhone va IKEA Moskva va Sankt-Peterburgda yashovchi rossiyaliklar kundalik hayotining bir qismiga aylandi. Ammo Rossiyaning Ukrainaga bosqini hammasini barbod bo‘lishiga sabab bo‘ldi, deb yozadi Wall Street Journal.

    “Oltin talvasasi”

    Sovet Ittifoqi uzoq yillar davomida asosiy iste’mol tovarlarini ishlab chiqarishga e’tibor qaratgan. Bular sport poyabzallari, shokolad va ayniqsa, mashhur Lada avtomobillari va boshqalardan iborat edi. Vaziyat Sovet rahbari Mixail Gorbachyovning, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy tizimini qayta tuzish uchun 1980-yillarda “qayta tuzish” islohotini boshlaganida o‘zgardi.

    Bu 1991-yil Sovet Ittifoqining qulashidan so‘ng mamlakatga xorij kompaniyalarining kirib kelishi uchun yangi imkoniyat eshigini ochdi.

    Rossiya aholisi Xitoy aholisining bor-yo‘g‘i bir qismini tashkil qilar edi, ammo o‘sha paytda iqtisodiyot liberalizatsiyasi qo‘shni Osiyo mamlakatinikidan tezroq yuz berardi.

    Foto: AP Photo / Liu Heung Shing

    Foto: AP Photo / Liu Heung Shing

    O‘z do‘konini ochayotgan har qanday biznes nafaqat rossiyaliklarga, balki sobiq Ittifoq mamlakatlarining ko‘plab aholisiga ham o‘z tovarlarini sota olar edi.

    Bu xuddi oltin talvasasiga o‘xshardi, – deydi Goldman Sachs’dan ketib, 1993-yil Amerikaga ko‘chib otgan bankir Bernard Suxer.

    Avval Rossiyaning Bank of America Corp. biznesini boshqargan Suxer ketishidan oldin G‘arb banklarining amerikalik mansabdorlar yordamida yozilgan so‘z erkinligi qoidalari asosidagi yangi moliyaviy bozorda ustunlikka erishishga urinayotganini ko‘rgan edi.

    Ittifoqning qulashidan keyin yuz bergan iqtisodiy inqiroz davrida G‘arbning yirik neft kompaniyalari Rossiya va sobiq Ittifoq davlatlari sari yo‘naldi va aktivlarga sarmoya kiritdi.

    G‘arbning avtomobil sanoati ham chanqoq iste’molchilarni, shuningdek, u o‘zi foydalana oladigan va takomillashtira oladigan mavjud ta’minot zanjirini topa oldi. 

    1999-yil Yangi yil kirib kelishi arafasida Boris Yelsin Rossiyani o‘z yangiligi bilan hayratda qoldirib, prezidentlikdan ketishini e’lon qildi. Uning o‘rnini o‘sha paytlarda bosh vazir lavozimidagi Vladimir Putin egalladi. 

    Foto: Getty Images / Oleg Nikishin

    Foto: Getty Images / Oleg Nikishin

    Kutilmaganda Rossiya keyingi o‘n yil mobaynida dunyodagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodlardan biriga aylandi. Putin jismoniy shaxslar uchun 13 foizlik yagona soliqni joriy qildi va Markaziy bank tizimini qayta tuzdi. U va uning qo‘l ostidagilar korrupsiyani yo‘q qilishga va’da berdi.

    Inflyatsiya nazorat ostiga olindi. 

    Oldinlari naqd pullar ertalab soat 10 da olinib, tushlikkacha sarflanib yuborilgan bo‘lsa, endi rossiyaliklar ertangi kun, hafta va oylar haqida ham o‘ylashardi, – deydi Suxer.

    O‘sha davrdagi iqtisodiy barqarorlik, neft narxining 1998-yildagi 14 dollardan 2008-yilda 100 dollargacha ko‘tarilishi bilan birgalikda 2000-yillardagi Rossiya rivojlanishining cho‘qqiga chiqishga sabab bo‘ldi. 

    Rossiyada o‘rta qatlamning o‘sishi va uning xorij avtomobillarini sotib olishga bo‘lgan ishtiyoqi ba’zi avtokorxonalarni mahalliylashtirishga turtki bo‘ldi. GM’ning sobiq rahbari Makkormak Sankt-Peterburgdagi yangi zavod qurilishiga bosh-qosh bo‘ldi. Taxminan, o‘sha paytlarda Toyota Motor Corp. ham yaqin atrofda o‘z yangi zavodini ochgan edi.

    Rossiya importi 2000-yislgi 44,9 mlrd dollardan 2008-yili 291,9 mlrd dollargacha o‘sdi, deyiladi AQSh Kongressining Tadqiqot xizmati hisobotida.

    Yangi eski Sovet Ittifoqi

    AQSh va unga ittifoq davlatlar tomondan joriy qilingan shafqatsiz sanksiyalar va kuchli bosimlar Rossiyada biznes yuritishni imkonsiz qilib qo‘ydi. Yuzlab kompaniyalar, xususan, McDonald’s Corp., avtomobil korxonalari, neft gigantlari va banklar mamlakatdagi o‘z faoliyati tugaganini bildirdi. G‘arb restoranlari va do‘konlari zulmatga cho‘mdi.

    Bunga javoban Rossiya hukumati G‘arb kompaniyalaridan qolgan aktivlarni milliylashtirish g‘oyasini ilgari surdi.

    G‘arb biznesining ketishi “tosh asriga qaytish” bilan barobar, — deb o‘z fikrini bildiradi Moskva universiteti o‘qituvchisi Aleksandr Isavnin.

    Garchi jahon brendlari yirik shaharlarning har qadamida uchrasa ham, ular kichik shahar yoki qishloqlarda yashovchi qashshoq rossiyaliklar uchun hamon orzuligicha qolar edi.

    Rossiyadagi ko‘plab G‘arb kompaniyalari va brendlari uchun yuqori ko‘rsatkichlar pasaya boshladi. Korrupsiya va beqarorlik o‘sish sur’atlarini sekinlashtirdi.

    Foto: Erin Trieb / Bloomberg

    Foto: Erin Trieb / Bloomberg

    Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaga bevosita xorij sarmoyalari oqimi 2008-yilda cho‘qqiga chiqib, 75 mlrd dollarni tashkil qilgan edi. Ular global retsessiya, so‘ng 2013-yildan keyin keskin qisqardi. 2020-yilda xorij investitsiyalari hajmi 9 mlrd dollarni ko‘rsatdi.

    Rossiya biznesining uzoq yillik a’zolari uchun Ukraina nizolari qaqshatqich zarba bo‘ldi.

    Bu, shubhasiz, davrning poyoniga yetishi. Bundan keyin nima yuz bersa ham oldingi paytlar endi qaytmaydi, – deydi 1997-yildan 2000-yilgacha Moskvada Amerika savdo palatasi prezidenti bo‘lgan Skott Bleklin.

    Pirat partiyasi a’zosi Isavnin ko‘plab rossiyaliklar AQSH va Yevropani ularni tashlab ketganlikda ayblashi, Rossiya kelajagi esa uning o‘tmishdagi ahvoliga o‘xshab qolishidan xavotirlanmoqda.

    Farzandlarim endi yangi eski Sovet Ittifoqida yashaydi, — deydi u. 

    Avvalroq Rossiya qarzni to‘lashni boshlagani, lekin defolt xavfi hamon mavjudligi haqida xabar berilgan edi.

    18.03.2022, 20:46   Izoh (0)   29817
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Markaziy bank: Bizda so‘mning almashuv kursi bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkich yo‘q. Asosiy maqsadimiz — inflyatsiya

    18.03.2022, 18:22

    “Ehtimol, keyinga qoldirishga to‘g‘ri kelishi mumkin” — dunyodagi vaziyatning O‘zbekistondagi yirik loyihalarga ta’siri ma’lum bo‘ldi

    18.03.2022, 12:48

    O‘zbekistonga Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi sezilarli darajada kamaydi. Bu nimaga ta’sir ko‘rsatadi?

    18.03.2022, 12:01

    O‘zbekistonning “xavfsizlik yostig‘i” 35,3 mlrd dollargacha oshdi

    18.03.2022, 10:32

    “Iqtisodiyotning sekinlashtirilishi”— O‘zbekistonda asosiy stavka keskin oshdi. Bu nimani anglatadi va nimaga ta’sir qiladi?

    17.03.2022, 14:25

    Rossiyada defolt yuz bersa nima bo‘ladi?

    16.03.2022, 20:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.