• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qiz bola faqat uy-joy, er, bola-chaqa haqida niyat qilishi kerak, deb orzularimni boshqarishmagan” — Wellington Management xalqaro kompaniyasi mutaxassisi Dilshoda Ergashevaning muvaffaqiyat hikoyasi

    Ota-onaning vazifasi faqat farzand dunyoga keltirib, oq yuvib-tarash va qorin g‘amini bartaraf etishgina emas, balki uning kelajagi uchun yoshligidanoq qayg‘urish, qiziqishlariga vaqtida e’tibor berib, to‘g‘ri yo‘naltirish hamdir.

    Kuni kecha Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi, O‘zbekiston Milliy kino komissiyasi hamda “Mening yurtim” telekanali hamkorligida “O‘zbekistonlik” deb nomlangan hujjatli film namoyish etildi.

    Unda hayot yo‘lini so‘zlab bergan har bir mutaxassis qiyinchiliklarni yenggan kechasining, maqsadiga erishgan bugunining va albatta, kelajak avlodga arzigulik namuna sifatida ertasining ham qahramonidir.

    Ularning oldiga qo‘ygan buyuk maqsadi unga yetish uchun atrofdagilarning gap so‘zlari-yu, ota-onasining barchasiga qarshi “qalqon” bo‘lib turganining natijasi o‘laroq, bugun ular jahon bozorida eng talabgir kadrga aylangan.

    “Daryo” shu film qahramonlaridan biri, AQShdagi yirik kompaniyalardan bo‘lgan – Wellington Management aktivlarni boshqarish kompaniyasida faoliyat yuritayotgan Dilshoda Ergashevaning bugungacha bosib o‘tgan yo‘lini oqqa ko‘chirdi.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Atrofdagilarning keraksiz “maslahat”lariga quloq solmaganim uchun ham shu joygacha yetib keldim

    Agar men ham yoshligimda odamlar menga aytgan gaplarga ishonganimda “Dilshoda, sen baribir qilolmaysan, sen qiz bolasan. Oilaga qarashni, ovqat pishirishni, kir yuvishni o‘rgangin. Boshqa narsalar senga nega kerak?!”, degan so‘zlarga quloq solganimda, hozir shu yerda o‘tirib, muvaffaqiyatlarim haqida so‘zlay olmasdim.

    Oilada ikki farzandmiz — ikki qiz. Ota-onamiz bizni juda yaxshi ko‘rgan. Mehr-muhabbatda o‘sganmiz. O‘qishga, rivojlanishimizga juda ko‘p imkoniyatlar berishgan. Uyga qo‘shimcha darslar o‘rgatish uchun ustozlar kelardi. Maktabdagi turli – suzish, tennis yoki raqsga tushish to‘garaklariga borardim.

    Kichkinaligimdan ko‘p – fransuz, ingliz, rus tillarini o‘rganganim uchun, nasib qilsa, qachondir dunyodagi eng zo‘r universitetlarga o‘qigani boraman, deb orzu qilardim.

    Qiyinligini bilib tursam ham Garvard universitetiga kirish orzusi paydo bo‘lgan

    “Dunyoning top universitetlari” degan kitob bo‘lardi. Dunyoda Oksford, Kembrij, Garvard, Stenford va Prinston kabi universitetlar borligini o‘sha kitobdan bilib olganman. Ota-onam har xil yo‘nalishlarda o‘zimizni sinash uchun imkoniyat berishgan va o‘sha kitobdan yoqqanini o‘zing tanla, deyishgan.

    Pianino chalish menga yoqmasdi. Shuning uchun menga “pressing qilib o‘tirasan, pianino chalasan!” deb aytishmagan. Lekin bir narsa qilish kerak edi. O‘zing yoqtirgan ishing bo‘lishi va o‘sha bilan band bo‘lishing kerak, deb yoshligimizdan maslahat berishardi.

    British Council va  ACCELS’da yuqoridagi kitobni ko‘rganimda menga eng yoqqan joy Garvard bo‘lgandi. U yerga kirish juda qiyinligini ham bilardim. Shunga qaramay, ichimda o‘sha universitetga kirish orzusi paydo bo‘lgan. Bu haqda hech kimga gapirmaganman.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Qiz bola faqat uy-joy, er, bola-chaqani niyat qilishi kerak, deb orzularimni boshqarishmagan

    Ustimda juda ko‘p ishlardim. Kutubxonadan kelganimdan keyin barcha universitetlarni qarab, orzu qilib, kitoblardan ko‘rib, ota-onamga aytganman: “Amerikaga borib, Garvard universitetiga kirgim kelyapti”, deganman. O‘shanda rosa qo‘rqqandim, ustimdan kulishmasmikin deb.

    Lekin ular mayli bolam, agar shunday orzung, intilishing bo‘lsa, o‘z ustingda ishlagin. Bizda qancha kuch bo‘lsa, shuncha yordam beramiz. Lekin hammasi o‘zingning qo‘lingda. Agar xohlayman, qila olaman desang, albatta, qila olasan, deyishgandi.

    Hech qachon bu narsani emas, mana buni orzu qilasan, qiz bolaga bu narsa to‘g‘ri kelmaydi, qiz bola faqat uy-joy, er, bola-chaqa deb orzu qilishi kerak, deb aytishmagan.

    Garvardga kiraman, deb oldimga maqsad qo‘yganimdan keyin, eng avvalo, maktabda a’lo baholarga o‘qishim kerak. Ikkinchidan, ingliz tilini yaxshi bilishim kerak. Bular zarur narsalar. Undan tashqari, odam har tomonlama rivojlangan bo‘lishi, sport bilan shug‘ullanishi, san’atga, musiqaga qatnashi kerak. Agar qandaydir xobbisi bo‘lsa, uni ham yaxshi bajarishi kerak.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Sinfdoshlarim “Dilya doimgidek band, qayergadir shoshyapti” deb ustimdan kulardi

    Ertalab soat 7 dan turib, maktabga, maktabdan keyin qo‘shimcha darslarga, undan so‘ng sport to‘garagiga borib, kechki soat sakkiz-to‘qqizlarda uyga qaytardim. Yodimda: onamga “O‘rtoqlarim maktabdan keyin uchrashishadi, kinolarga borishadi. Mening yoshligim “tineyjerskiy” (o‘smirlarga xos) bo‘lmayapti. Faqat o‘qiyman yoki sportda, debatlardaman” deb shikoyat qilganman.

    Shunda onam otam bilan agar bir narsani xohlab, unga erishaman desang, hozir qilayotgan ishingni davom ettirgin. Katta bo‘lganingda o‘sha maktabdan keyin ko‘chaga chiqqan, ko‘ngilochar joylarda bo‘lgan odamlar qayerda bo‘ladi-yu, sen qayerda bo‘lishingni ko‘rasan, deb aytganlar.

    O‘shanda rosa xafa bo‘lganman, nega o‘zimning hayotimda o‘zimga vaqt yetmaydi, deb. Sinfdoshlarim ham doim ustimdan kulardi: Dilya har doimgidek qayergadir shoshyapti, nimadir qilishi kerak, juda band deb.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Orzu maqsadga aylantirilib, harakat qilinsagina reallikka ko‘chadi

    Inson bir narsa xohladimi, u uchun hech qanday harakat qilmasa, orzu orzuligicha qoladi. Odam orzusini maqsadga aylantirishi kerak. Maqsadga aylangan orzu harakat bilan haqiqatga aylanishi mumkin.

    Ba’zan o‘zini bir narsa qilishga majburlash qiyin bo‘ladi. Shunday vaqtlarda ichingdan bir nima seni itarib turishi kerak – shuni motivatsiya deydi.

    Otam bizning kelajagimiz uchun sarflagan mablag‘lari tufayli atrofdagilarga kulgi bo‘lgan

    Men va singlim qiz bola bo‘lsak ham ota-onam bizdan e’tiborini ayamagan. Yoshligimda qo‘shnilar, atrofimizdagi odamlar aytardi: “Zuhriddinning hamma narsasi bor. Yaxshi odam, yaxshi ishlaydi. Oilasi ham bor, faqat o‘g‘li yo‘q. Qariganida kim qaraydi? Qizlari erini uyiga ketib, ota-onasini esidan chiqarsa...”. Bizda faqat o‘g‘il qariganda suyanchiq bo‘ladi, deb bilishadi.

    Otamning ustidan kulishgan. Zuhriddin, nima qilasan ikkita qizingga shuncha sarmoya qilib? Qo‘shimcha darslar, suzish, basketbol to‘garaklari ham arzon bo‘lmaydi. Shuncha qiynalib topgan pullaringni qizlaringga sarflab nima qilasan? Baribir ular katta bo‘lgach, erining uyiga ketib, oila, bola-chaqasiga qaraydi, deyishardi.

    Lekin o‘sha vaqtlar ham sezardim, otam ham, onam ham bizdan hech afsus qilishmasdi. Odamlar ko‘cha-ko‘yda gapirsa, qo‘li bilan aqldan ozgan degan ishoralar qilsa ham, Zuhriddin nima qilyapsan, jinnimisan, deb aytishganida ham hech ahamiyat berishmasdi. Ular bilishardiki, farzandlarining baxti, salomatligi va ilmi ular uchun eng muhim narsalar edi.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Nahotki qiz bola bo‘lganim uchungina qo‘limdan ish kelmaydigan odam sanalsam?!

    Nahotki men qiz bola bo‘lganim uchungina qo‘limdan hech narsa kelmaydigan odam bo‘lsam, deb rosa xafa bo‘lganman. O‘shanda o‘z oldimga maqsad qo‘yganman: “Men hali o‘sha odamlarga ko‘rsataman. Ular qizlarni yetarlicha baholamayotganiga, shu gaplarni aytganiga afsuslantiraman”, degandim.

    Ota-onam sen qiz bolasan, shuning uchun pulimni senga ishlatmayman, ta’liming uchun pul ajratmayman demasdan, bizni shaxs sifatida hurmat qilib, orzularimizni qo‘llab-quvvatlaganlari, bizdan ayamaganlari uchun ham hali o‘g‘il ko‘rmaganlaridan afsuslantirmayman deganman. Va bu maqsad menga yanada motivatsiya baxsh etgan.

    Chunki men qiz bola bo‘lsam ham ishlashni, orzu qilishni, maqsad qo‘yishni bilaman. Xudo xohlasa, o‘qib, yaxshi ish topib, ota-onamni rosa xursand qilaman, deb niyat qilganman. Ota-onam unchalik ko‘p chet mamlakatlarda bo‘lmagan edi. Barcha topgan pullarini bizning kelajagimiz, rivojimiz uchun sarflashardi.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Qizing bir o‘zi Amerikaga borib-qaytganidan keyin odamlar nima deydi, deyishgan

    16 yoshimda Amerikadagi eng zo‘r maktabga kirganman. Amerikaga meni hech nimaga pul to‘lamaydigan qilib yuborishgan. Shunda ham meni majburlashmagan.

    Oldimga tanlov qo‘yishgan: Dilshoda, shu yerda o‘qishni xohlaysanmi yoki O‘zbekistondagi institutga kirasanmi? Shunda men Amerikadagi o‘sha maktabga borgim kelayotganini aytganman. Ularga aynan o‘sha maktabdan ko‘p o‘quvchi Garvardga yoki Stenfordga kira olishini tushuntirganman. Ular doimgidek agar shuni xohlasang, qarshiligimiz yo‘q, boraqol, deyishgan.

    O‘shanda ham ota-onamga ko‘pchilik qiz bolani Amerikaga bir o‘zini jo‘natib nima qilasan, u yerda qizingga kim qaraydi, O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng odamlar nima deydi, degan gaplarni aytgan. Lekin ota-onam hech kimga quloq solmay, maqsadlarimni qo‘llab-quvvatlashgan.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Amerika maktablarida 12 ta sinf bo‘ladi. Men 11- va 12-sinflarni Amerikaning Boston shahridagi o‘sha maktabda o‘qiganman. Maktabdagi baholarim a’lo edi. Birinchi yili kechasi deyarli uxlamagan vaqtlarim ham bo‘lgan. Ba’zan 3-4 soatgina uxlash uchun vaqtim bo‘lardi.

    12 sinfda institutga hujjat topshirish kerak edi. O‘quvchida 10, 15, 20 ta universitetga topshirish imkoni bo‘ladi. Men atigi ikkita – Garvard va Stenford universitetlarigagina hujjat topshirganman. Agar ularga kirolmasam, keyin boshqalariga topshiraman, deb o‘ylaganman. Chunki har bir institutga hujjat topshirish uchun alohida pul to‘lanardi. Mening oilamda esa unchalik ko‘p pul bo‘lmagan.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Butun dunyodan 50-60 minglab iste’dodlilar hujjat topshiradigan, ulardan to‘rt foizigina qabul qilinadigan ikki universitetga topshirganman

    Esimda bor: kirishni rosa xohlardim, lekin qo‘rquv ham bor edi. Chunki maktabimda ham juda ko‘p iste’dodli bolalar bo‘lgan. Men tanlagan universitetlarga esa butun dunyoning 50-60 minglab iste’dodli o‘quvchilari hujjat topshirardi, meniki bo‘ladimi, bo‘lmaydimi deb kechasi bilan o‘ylab chiqardim.

    Ularning deyarli barchasi intiluvchan, o‘z ustida ishlagan, matematikadan xalqaro olimpiadalarda qatnashgan o‘quvchilar u yerga kirishni orzu qilib, topshirardi. 60 ming odamdan kiradiganlar 4 foizni tashkil qilardi. Raqobat katta edi.

    Orzung qanchalik katta bo‘lsa, unga yetib kelish shunchalik qiyin bo‘ladi. Topshirilgan hujjatlarning javobi qishda chiqardi. Mening elektron pochtamga xat kelgan. Unda yo kirding, yo kirmading deyilgan bo‘lardi.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Dunyo tan olgan ikki universitet men ularni tanlashim uchun “musobaqalashgan”

    Kompyuter qarshisida uzoq o‘tirib, xatni ocholmadim, qo‘rqdim. Ota-onamga Skype’dan qo‘ng‘iroq qildim. “Oyi, ada, ocholmayman. Yo‘q, kirmading deyilgan bo‘lsa kerak”, dedim. Yo‘q qizim, bismillohni aytib, ochaver, deyishdi. Taxminan yarim soatcha qo‘rqib o‘tirdim.

    Ko‘zimni yumib, xatning ustiga bosdim. Ko‘zimni ochib, o‘qiyapman, lekin o‘qigan so‘zlarimga o‘zim ishonmayapman. “Tabriklaymiz! O‘qishga qabul qilindingiz”, deb yozilgan. Lekin ichimda kirmading degan hislar bor edi. Keyin onam kiribsan-ku, deganlarida xursandchilikdan baqirib yubordim.

    Ota-onam ham baravar baqirib, Xudoga shukr, o‘ylagan maqsadingga yetding, deb boshqacha xursand bo‘lib ketishgan. Chunki bu bizning oilaviy yutug‘imiz edi.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Bir oylar o‘tib, Stenforddan ham xat keldi. U yerga ham qabul qilinibman. Keyin qayerda o‘qisam ekan, deb o‘ylab, ota-onam bilan maslahatlashib, yoshligimdan orzu qilgan, xohlaganim Garvard bo‘lgani uchun ham aynan uni tanladim.

    Kirganimdan so‘ng o‘yladim. Kirib oldim, ammo bu universitetlar juda qimmat – yiliga 60 ming dollar bo‘lardi. Bizda esa buncha pul yo‘q. Lekin universitet grantlar ham ajratardi. Kirganliging to‘g‘risidagi xat yuborilgach, birozdan keyin grant yutgan yoki yutmaganing haqida yana xat keladi.

    2-3 haftadan so‘ng grant yutganim haqida xat keldi. Unda to‘liq hamma pulni universitet o‘zi to‘lardi. Stenforddan ham hammasini to‘lab beramiz, faqat kelib, bizda o‘qi, ma’nosidagi xat keldi.

    Keyinroq kirish bo‘limidan bir ayol qo‘ng‘iroq qilib, yana qayerga kirganimni so‘radi. Men Garvardga kirganimni va o‘sha yerda o‘qishni xohlayotganimni aytdim. Ular qancha berayotgani, Stenford Garvarddan-da ko‘proq pul to‘lashga tayyorligini ma’lum qildi.

    Shu tariqa ikki universitet o‘rtasida “sorevnovaniye” (musobaqa) bo‘lgan.

    Juda ko‘p savol beryapsan. Bu yerda matematikani eplarmikansan, deb meni ikkilantirgan professorning fanini ham a’lo bahoga tugatganman

    O‘qishga kirgandan so‘ng hammasi ham osonlik bilan bo‘lmaydi. U yerda saralangan talabalar yig‘ilgan bo‘ladi. Maktabingda eng aqlli o‘quvchi bo‘lgan bo‘lsang, bu yerda sendan ham aqlliroq, miyasi yaxshiroq ishlaydigan, matematikani yaxshiroq biladigan talabalar juda ko‘p bo‘lardi.

    Professor menga “Dilshoda, sen juda ko‘p savol beryapsan. Sen bu yerda matematikani eplaysanmi, yo‘qmi, bilmayman” deb aytgan. To‘g‘ri qaror qildimmi, eplarmikanman, deb rosa ikkilanganman.

    Lekin “Bajaraman! Hammasini qila olaman — 150 foiz” deb o‘zimga va’da berganman. Keyin o‘sha “Sen eplolmaysan” degan professor fanini ham besh bahoga bitirganman.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    “O‘qiding-ku, balki yetar?” deb turgan otam yana o‘qiyman degan qarorimni bu gal ham ma’qullagan

    Universitetga kirdim, o‘qib, bitirdim. Endi nima qilaman, degan savol paydo bo‘ldi. Dunyodagi eng ko‘p tadbirkor va milliarderlar Garvardning biznes maktabida o‘qigan. Shuning uchun o‘sha maktabga kirishni ham o‘zimga yana maqsad qilib, testlarga tayyorlandim.

    Uoll-stritga ishga kirganman. Garvardning biznes maktabiga kiraman, deb aksiya-obligatsiyalarga investitsiya qilib, Nyu-Yorkka ko‘chib, hujjatlarni tayyorlaganman.

    Esimda: otam ham o‘shanda mendan: “Dilshoda, o‘qiding-ku, balki yetar. Yoki yana o‘qiging kelyaptimi, deb so‘raganlar. Ha, yana o‘qigim, moliya sohasida ishlagim kelyapti, deganman. Shunda ha mayli, bolam. Shunday intilishing bo‘lsa, shunday qilishni xohlasang, qilaqol”, deyishdi.

    Garvard biznes maktabining MVA magistraturasida biznes sohasiga o‘qidim. U yerni ham tamomladim. Matematika bo‘yicha o‘qiganim uchun raqamlar bilan ishlash menga juda yoqardi. Shuning uchun moliya sohasiga qiziqib ketganman.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    Trillion dollarlik aylanmaga ega, dunyoning eng yirik kompaniyalaridan sanalgan Wellington Management’ga ishga olinganman

    Wellington Management kompaniyasi menga eng ko‘p yoqardi. Hozir o‘sha kompaniyada ishlayman. U yerga ham ishga kirishni ko‘pchilik xohlardi, lekin juda qiyin edi. Chunki u juda katta va trillion dollarli aylanmaga ega kompaniya edi.

    Ayniqsa, sen amerikalik bo‘lmasang, yanada qiyin. Chunki kompaniya Amerika hukumatiga AQShdan shunday iste’dod egasini qidirib, topa olmagani, shuning uchun bu chet ellik kadr kompaniya uchun zarurligini tushuntirib, viza olib berishi kerak.

    Bu joyga kirish uchun men 45 ta intervyudan o‘tishim kerak edi. Ulardan o‘tib, ishga kirganimda juda xursand bo‘lganman, faxrlanganman. Chunki Uoll-stritda bu soha bo‘yicha ko‘proq erkaklar ishlardi. Ayollar juda kam.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    16 yildan buyon Amerikada tursam ham har yili ota-onamni ko‘rgani kelib, yana aeroportga ketayotganimda yig‘layman. Shu yozda ota-onamni ko‘rgani bordim. Birinchi ko‘rishni xohlaydigan narsam – aeroportdan chiqishim bilan ota-onam kutib turgan manzara bo‘ladi. Dilshoda, deb kutib turishadi. Yugurib borib onangni hidiga to‘yging, otangni quchoqlaging keladi.

    Mening orzularim – O‘zbekiston yoshlari bilan ishlash va ularning o‘qishga kirishi uchun yordam berish. Agar Garvard, Stenford yoki istalgan boshqa universitetda o‘qish orzulari bo‘lsa, bor kuchim bilan ularga yordam berishni xohlayman.

    Foto: Videodan kadr

    Foto: Videodan kadr

    O‘zbekiston qiziman. O‘sha mamlakatda o‘sha yerning urf-odatlarini, madaniyatini, oilamni mehrini ko‘rib o‘sganman. Amerikaga kelganimda ham shu madaniyatni, shu urf-odatlarni, hatto o‘zbek taomlarini ham do‘stlarimga ko‘rsatgim keladi. Chunki men bularning barchasi bilan chin dildan faxrlanaman.

    16.03.2022, 20:32   Izoh (0)   32589
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev DSQning Ma’lumotlarni qayta ishlash markazini borib ko‘rdi

    16.03.2022, 20:13

    Shahnoza Mirziyoyevadan Tanzila Norboyevagacha. Cosmopolitan reytingida lider ayollarning 20 foizini o‘zbekistonliklar tashkil qildi

    16.03.2022, 20:08

    O‘z qizini ayiq qafasiga otib yuborgan onaga qanday jazo beriladi? Huquqshunos tahlili

    16.03.2022, 19:45

    “Endi har oyda tumanlardagi soliq sohasi vakillari OAV va blogerlar ishtirokida matbuot anjumani qilib, oqni oq, qorani qora deydi” — Shavkat Mirziyoyev

    16.03.2022, 19:40

    Yog‘ingarchilik Piskent va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi ko‘priklarga zarar yetkazdi

    16.03.2022, 19:34

    Qashqadaryoda 17 yoshli qiz o‘zini osib qo‘ydi

    16.03.2022, 19:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Soliq mobil ilovasida salkam 11 mln odam ro‘yxatdan o‘tgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 10 may, 14:15

    Bollivud qiroli Shohrux Xon Met Gala baliga 18 qirotli oltindan yasalgan hassa bilan tashrif buyurdi

    Layfstayl | 10 may, 13:40

    “Real”ning eng “qariya” futbolchisi — Arda Gyuler. Turkiyalik yarim himoyachining laqabini bilasizmi?

    Sport | 10 may, 13:20

    Shirinlik va zararli mahsulotlarga o‘chlikdan qutulish uchun ularning o‘rniga nima yeyish kerak?

    Layfstayl | 10 may, 12:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.