Madridning “Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diego Simeone “PSJ”da Maurisio Pochettinoning o‘rnini egallashi mumkin.
L’Equipe nashrining yozishicha, Pochettino bilan shartnoma bekor qilingan taqdirda argentinalik mutaxassis Parij klubini boshqarish uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.
Pochettinoning parijliklar bilan shartnomasi 2023-yilning iyuniga qadar tuzilgan, biroq u jamoaning oxirgi vaqtlardagi natijalari tufayli muntazam ravishda muxlislar va matbuot tomonidan tanqid qilinmoqda. Manba xabariga ko‘ra, Maurisio mavsum yakunida “PSJ”ni tark etadi.
Parij klubi yangi murabbiy izlashda Zinedin Zidan variantiga alohida yondashmoqda, ammo “Real” sobiq ustozini Fransiya terma jamoasida ishlash ko‘proq qiziqtirmoqda. Ushbu vaziyatda Simeone Parij chaqiruvini qabul qilishga tayyor bo‘lishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Simeone “Atletiko” bilan Ispaniya chempionati va Yevropa Ligasida g‘alabaga erishgan, shuningdek, jamoani ikki marta Chempionlar Ligasi finaliga olib chiqqan. Uning “Atletiko” bilan shartnomasi 2024-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Izoh (0)