“Bavariya” “Barselona” yarim himoyachisi Gavi atrofidagi vaziyatni kuzatmoqda.
Kataloniya jamoasi 18 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmayapti. Gavining “ko‘k-anorranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi.
Myunxenliklar vaziyatni sinchkovlik bilan kuzatmoqda. “Bavariya” futbolchining 2022-yil iyun oyigacha amal qiladigan 50 million yevrolik tovon pulini to‘lab, xarid qilishi ham mumkin.
Biroq Gavi o‘z kelajagini “Barselona”da ko‘rmoqda va yangi bitim borasida kelishuvga erishishga umid qilyapti.
Ispaniyalik futbolchi 2021/22-yilgi mavsum La Ligada 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga mualliflik qilgan.
Avvalroq Lionel Messi “Barselona”ga qaytishi mumkinligi, uning otasi katalon klubi rahbariyati bilan suhbatlashgani xabar qilingandi. Undan tashqari kataloniyaliklar Erling Holandni xarid qilmoqchi ekani va uni klubning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylantirmoqchi ekani aytilgandi.
Izoh (0)