Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 29-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar 13-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
“Chelsi” o‘z uyida “Nyukasl”ni qabul qildi. Uchrashuvdagi yagona gol 89-daqiqaga kelib urildi — Kay Haverts londonliklarga g‘alaba keltirgan golga muallif bo‘ldi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Chelsi” ochkolarini 59 taga yetkazib olgan holda uchinchi o‘rinni mustahkamladi. “Nyukasl” (31) 14-pog‘onadan joy olgan.
Frenk Lempard qo‘l ostidagi “Everton” o‘z maydonida “Vulverhempton”ga yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, “Lids” 90+4-daqiqadagi gol evaziga “Norvich”dan ustun keldi.
APL musobaqa jadvali, o‘yinlar taqvimi va to‘purarlar ro‘yxati shu yerda — ko‘rish.
APL
29-tur bahslari
13-mart, yakshanba
“Chelsi” — “Nyukasl” 1:0
Gol: 1:0 – 89 Haverts.“Chelsi”: Mendi, Ryudiger, Kristensen, Sarr (Pulishich, 78), Jorjinyo, Kante, Maunt (Kovachich, 63), Chaloba, Ziyosh, Haverts, Verner (Lukaku, 63).
“Nyukasl”: Dubravka, Mankilyo (Geyl, 90), Sher, Bern, Lassels, Targett, Almiron (Sen-Maksimen, 69), Myorfi (Freyzer, 90), Bruno Gimaraes, Longstaff, Vud.
Ogohlantirishlar: Haverts (39), Merfi (50), Ziyosh (58), Bruno Gimaraes (80), Kovachich (87), Ryudiger (90), Geyl (90+2).
Izoh (0)