Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 29-turida “Manchester Yunayted” 12-mart, shanba kuni “Tottenhem” bilan bahs olib bordi.
Uchrashuvning 12-daqiqasida Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. 35-daqiqada Harri Keyn penaltidan gol urib, muvozanatni tikladi. 38-daqiqada Ronaldu gol urib, dubl qayd etdi.
72-daqiqada Harri Maguayr o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. 81-daqiqada Krishtianu o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi va uchrashuvda het-trik muallifiga aylandi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Manchester Yunayted” ochkolari sonini 50 taga yetkazdi va 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Shporlar” esa 45 ochko bilan 7-pog‘onani band etib turibdi.
APL
29-tur bahslari
12-mart, shanba
“Manchester Yunayted” – “Tottenhem” 3:2
Goli: 1:0 – 12 Ronaldu, 1:1 – 35 Keyn (penalti), 2:1 – 38 Ronaldu, 2:2 – 72 Maguayr (avtogol), 3:2 – 81 Ronaldu.“Manchester Yunayted”: De Xea, Diogu Dalot, Varan, Maguayr, Telles, Matich (Kavani, 80), Pogba, Fred, Ronaldu (Lindelyof, 83), Reshford (Elanga, 68), Sancho.
“Tottenhem”: Lyoris, Doerti, Dayer, Devis (Bergveyn, 87), Romero, Regilon, Son, Hyoyberg, Bentankur (Uinks, 88), Kulusevski (Lukas Moura, 78), Keyn.
Ogohlantirishlar: Dayer (30), Fred (35), Pogba (85).
Izoh (0)