• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Urushning 11-kuni: Ukraina shaharlaridan evakuatsiya qilinayotgan aholi o‘qqa tutildi. Rossiyada urushga qarshi namoyishchilar ommaviy hibsga olindi. Urushni urush deb atagan rus nashrlari bloklanmoqda (foto)

    Ukrainada urush o‘n bir kundan buyon davom etmoqda. Butun dunyo bunga qarshi norozilik bildirmoqda, jumladan, 6-mart kuni Rossiya shaharlari bo‘ylab minglab odamlar ko‘chalarga chiqdi — ulardan 4400 ga yaqini hibsga olindi. Ukrainada esa Mariupoldan va Kiyev viloyatining Irpen shahridan tinch aholini evakuatsiya qilishga urinishlar muvaffaqiyatsiz tugadi. Rossiya tomoni Ukraina armiyasi evakuatsiyaga xalaqit berganini da’vo qilmoqda, Ukraina ommaviy axborot vositalari rus qo‘shinlari odamlarga qarata o‘q uzganini yozmoqda. Meduza 6-mart, urushning o‘n birinchi kunida Rossiya va Ukrainada yuz bergan asosiy voqealar hamda urush zonasidan olingan fotosuratlarni taqdim etdi.

    Bombardimon qilingandan so‘ng yonayotgan Irpen shahri (Kivey viloyati)

    Bombardimon qilingandan so‘ng yonayotgan Irpen shahri (Kivey viloyati)
    Foto: AP Photo

    Ukraina bilan urushga qarshi butun Rossiya bo‘ylab aksiyalar o‘tkazildi. Ular Moskva, Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Yekaterinburg, Qozon, Perm, Krasnoyarsk, Irkutsk, Kaliningradda — jami 50 dan ortiq shaharlarda bo‘lib o‘tdi. “OVD-Info” ma’lumotlariga ko‘ra, kun yakuniga qadar politsiya to‘rt yarim mingga yaqin odamni hibsga olgan. Moskvaning o‘zida 1500 dan ortiq namoyishchi qo‘lga olingan. Politsiya shafqatsizlarcha yo‘l tutgan: hibsga olinganlarning bir qismini kaltaklagan, shovqin tarqatuvchi qurollardan foydalangan.

    Foto: AFP

    Moskvadagi aksiya chog‘ida qo‘lga olingan bir guruh odamlarni olib ketayotgan vagonli mashinalardan biri avariyaga uchradi. U boshqa mashina bilan to‘qnashib, ustunga urilgan va ag‘darilib ketgan. Odamlar tomdagi lyuk orqali vagondan chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Ulardan ba’zilari tibbiy yordamga murojaat qilgan.

    Mariupol aholisini evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘laklar haligacha ochilmadi. 5-mart kuni tinch aholini evakuatsiya qilish uchun “sukunat rejimi” bo‘yicha kelishuvga erishilgandi, biroq jangovar harakatlar davom etdi va mojaro tomonlari bir-birini kelishuvlarni buzganlikda aybladi. 6-mart kuni Ukraina rasmiylari “sukunat rejimi” soat 10:00 dan 21:00 gacha qayta o‘rnatilishini, evakuatsiya esa 12:00 dan boshlanishini e’lon qildi. Ammo bu amalga oshmadi. Mariupolda jang qilayotgan Ukrainaning “Azov” polkining aytishicha, evakuatsiyaga Rossiya qo‘shinlari to‘sqinlik qilgan, ular o‘q uzishda davom etgan. Donetsk esa sukunat rejimini “tinch aholi kolonnasini otib tashlagan” “Azov” jangchilari buzganini da’vo qilmoqda.

    Odamlar Irpendan qochishga harakat qilmoqda. Shahar Kiyevdan sakkiz kilometr uzoqlikda, Rossiya qo‘shinlarining Ukraina poytaxtiga harakatlanadigan yo‘lda joylashgan.

    Odamlar Irpendan qochishga harakat qilmoqda. Shahar Kiyevdan sakkiz kilometr uzoqlikda, Rossiya qo‘shinlarining Ukraina poytaxtiga harakatlanadigan yo‘lda joylashgan.
    Foto: Reuters

    Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tinch aholini Irpendan evakuatsiya qilish harakatlariga qaramay, rus qo‘shinlari shaharni o‘qqa tutgan. Ukrainalik jurnalist Andrey Dubchakning aytishicha, ruslar shahardan chiqishning yagona yo‘li bo‘lgan ko‘prikni ataylab minomyotlagan.

    Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tinch aholini Irpendan evakuatsiya qilish harakatlariga qaramay, rus qo‘shinlari shaharni o‘qqa tutgan. Ukrainalik jurnalist Andrey Dubchakning aytishicha, ruslar shahardan chiqishning yagona yo‘li bo‘lgan ko‘prikni ataylab minomyotlagan.
    Foto: Reuters

    Ukraina nashrlari ham Rossiya qo‘shinlari tinch aholining evakuatsiyasi paytida ularga qarata o‘t ochgani haqida yozdi. Irpen meri Aleksandr Markushinning aytishicha, 8 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgan.

    Ukraina nashrlari ham Rossiya qo‘shinlari tinch aholining evakuatsiyasi paytida ularga qarata o‘t ochgani haqida yozdi. Irpen meri Aleksandr Markushinning aytishicha, 8 kishi, jumladan, ikki bola halok bo‘lgan.
    Foto: Europa Press

    Rossiya qo‘shinlari Xarkovga yangi aviazarbalar berishni boshladi. Ukraina ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenkoning aytishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining Harbiy huquq-tartibot xizmati binosi va yaqin atrofdagi turar joy binolari, shuningdek, poliklinika va teleminoraga zarba berilgan. Ukraina harbiylarining da’vo qilishicha, Rossiyaning Su-25 samolyoti Xarkov osmonida urib tushirilgan, uchuvchi chap berishga ulgurmagan.

    Ukraina armiyasi tomonidan yo‘q qilingan Rossiyaning yo‘ltanlamas “Yo‘lbars” texnikasi Xarkov yaqinidagi o‘rmonda. Uning yonida rus askarining jasadi. Ayni paytda Xarkov ham Kiyev ham Ukraina nazoratida.

    Ukraina armiyasi tomonidan yo‘q qilingan Rossiyaning yo‘ltanlamas “Yo‘lbars” texnikasi Xarkov yaqinidagi o‘rmonda. Uning yonida rus askarining jasadi. Ayni paytda Xarkov ham Kiyev ham Ukraina nazoratida.
    Foto: AFP

    6-mart kuni Vinnitsadagi aeroport Rossiya armiyasining nishoniga aylandi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 8 ta raketa hujumi natijasida aeroport butunlay vayron bo‘lganini aytdi. Zelenskiy G‘arb davlatlarini Ukraina osmonini parvozlar taqiqlangan hudud deb e’lon qilishga yana bir bor chaqirdi. Avvalroq NATO Rossiya bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri harbiy to‘qnashuvga yo‘l qo‘ymaslik uchun bundan bosh tortgandi.

    Avtomobil ta’mirlash ustaxonasida ukrainalik Rossiya armiyasidan tortib olingan avtomatni ta’mirlamoqda 

    Avtomobil ta’mirlash ustaxonasida ukrainalik Rossiya armiyasidan tortib olingan avtomatni ta’mirlamoqda 
    Foto: AFP

    Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning jangovar shay holatdagi samolyotlarining deyari barchasi yo‘q qilinganini ma’lum qildi. Vazirlik rasmiy vakili Igor Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, ikki kun ichida, 5—6-mart kunlari Ukraina harbiy-havo kuchlari 11 samolyot va ikkita vertolyotidan ayrilgan. Umuman olganda, “maxsus operatsiya” boshlangandan beri Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning 93 ta samolyoti, shuningdek, 778 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikasi yo‘q qilingan.

    Harbiy harakatlar sharoitida hatto rasmiy manbalar tarqatayotgan ma’lumotni ham tezda tasdiqlashning imkoni yo‘q.

    Kiyevning sharqiy chekkasidagi barrikadalar

    Kiyevning sharqiy chekkasidagi barrikadalar
    Foto: Getty Images

    Kiyevdagi nazorat punktlaridan birida turgan hududiy mudofaa jangchisi

    Kiyevdagi nazorat punktlaridan birida turgan hududiy mudofaa jangchisi
    Foto: EPA

    Ukraina askari Kiyev yaqinidagi Brovari shahri sharqidagi qishloqda erkakni tintuv qilmoqda

    Ukraina askari Kiyev yaqinidagi Brovari shahri sharqidagi qishloqda erkakni tintuv qilmoqda
    Foto: AFP

    Hududiy mudofaa jangchilari Kiyevning sharqiy chekkasidagi barrikadalarni qo‘riqlash davomida Molotov kokteyllari bilan shashka o‘ynamoqda

    Hududiy mudofaa jangchilari Kiyevning sharqiy chekkasidagi barrikadalarni qo‘riqlash davomida Molotov kokteyllari bilan shashka o‘ynamoqda
    Foto: Getty Images

    Shuningdek, 6-mart kuni:

    • Visa va Mastercard to‘lov tizimlari Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatishini e’lon qildi. Ular o‘z qarorini Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi va noaniq iqtisodiy vaziyat bilan izohladi. Rossiyada chiqarilgan Visa va Mastercard kartalari mamlakatda ishlashda davom etadi, chunki ular bo‘yicha operatsiyalar Milliy to‘lov kartalari tizimida amalga oshiriladi. Kartalar chet elda ishlamaydi. Bundan tashqari, ular yordamida xorijiy onlayn-do‘konlardan xaridlar uchun to‘lovlarni amalga oshirib bo‘lmaydi.
    • “Roskomnadzor” rus nashrlarining saytini ommaviy bloklashni davom ettirdi. “Mediazona”, Republic, “7×7”, “Pskovskaya guberniya”, “Troitskiy variant”, “Snob”, “Sobesednik”, “Agenstvo”, Chelyabinskning “Lentachel”, Novokuznetskning “Kuzpress”, Permning “Zvezda” nashrlari sayti bloklandi.
    • “Mediazona” tahririyati bayonot bilan chiqdi. Unda aytilishicha, nashr “Ukrainada bo‘layotgan voqealarni halol yoritgani va bosqinni bosqin, urushni esa urush deb atagani uchun” bloklangan. “Mediazona” faoliyatini davom ettirishga va’da berdi. U saytning oynasini yaratdi, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini sanab o‘tdi va nashrning elektron pochtasi borligini eslatdi.

    Rossiya—Ukraina urushiga oid tezkor, ishonchli yangiliklar va ma’lumotlarni “Daryo”ning Live sahifasi orqali kuzatib boring → @Daryo_Live

    07.03.2022, 09:20   Izoh (0)   54745
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Video: Rossiya bo‘ylab urushga qarshi aksiyalar bo‘lib o‘tmoqda. Politsiya namoyishchilarni ommaviy hibsga olmoqda

    06.03.2022, 18:35

    Zelenskiy Ilon Mask bilan suhbatlashib, Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi (video)

    06.03.2022, 18:20

    Boris Jonson Ukrainadagi voqealar yuzasidan Rossiyaga bosim o‘tkazish uchun 6 bandlik reja ishlab chiqdi

    06.03.2022, 18:02

    Rossiya tomoni Ukrainaning 2,2 mingta harbiy obyekti yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Ukraina ma’lumotlarida 11 ming rossiyalik askar halok bo‘lgani aytilmoqda

    06.03.2022, 14:39

    Rossiyaning qator OAVlari Ukrainada yadro quroli yaratilayotgani haqida xabar tarqatdi

    06.03.2022, 14:10

    Visa va Mastercard Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatdi

    06.03.2022, 11:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yangi “Garri Potter” serialida maxsus effektlar kompyuter grafikasisiz yaratiladi

    Kino | 7 avgust, 08:55

    Ganada aviahalokat: qurbonlar orasida vazirlar ham bor (foto)

    Dunyo | 7 avgust, 08:40

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.