Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8-martda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, rublning so‘mga nisbatan qiymati 19,21 so‘mga pastlab 79,89 so‘m bo‘ldi. Shu tariqa rubl 2017-yilgi valyuta liberallashuvidan keyin o‘zining tarixiy eng past darajasiga tushdi.
28-fevral, dushanba kuni rublning qiymati 130,6 so‘m edi. 1-mart kuni esa 21,46 so‘mga keskin pastlab, 108,6 so‘mga tushgan edi. Chorshanba kuni rubl 6,51 so‘mga ko‘tarilib, 115,11 so‘m bo‘lgan edi.
O‘tgan haftada rublning so‘mga nisbatan qiymati tushishda davom etdi. Payshanba va juma kuni uning qiymati mos ravishda 15,38 so‘m va 6,69 so‘mga pasayib, 93,04 so‘mgacha tushib ketgan edi.
Avvalroq O‘zbekistonda rubl deyarli 100 so‘mga qaytgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)