• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Parij Olimpiadasida g‘olib va sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik sportchilar qancha pul mukofoti bilan rag‘batlantirilishi ma’lum bo‘ldi

    “O‘zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi prezidenti qarori e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    O‘zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish, shuningdek, g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarni pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish maqsadida:

    1. Belgilab qo‘yilsinki:

    a) 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlarida (keyingi o‘rinlarda – Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari) g‘olib va sovrindor bo‘lgan O‘zbekiston sportchilari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi:

    • oltin medal uchun – 200 000 AQSh dollari;
    • kumush medal uchun – 100 000 AQSh dollari;
    • bronza medal uchun – 50 000 AQSh dollari;
    b) mazkur bandda nazarda tutilgan xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

    2. Transport vazirligi (I. Mahkamov) Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik qilish jarayonida respublika hududida o‘tkazilayotgan sport musobaqalari, o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inlarida olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha terma jamoa a’zolarining ishtirokini ta’minlash uchun viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha (temir yo‘l va -aviachipta) transport xarajatlariga 2022-yil 1-martdan 2024-yil 1-sentabrga qadar chegirmalar joriy etsin.

    3. Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda ­– Respublika komissiyasi) tomonidan belgilanadigan homiy tashkilotlarning:

    • Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqi uchun litsenziyani qo‘lga kiritishga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston sportchilariga zarur shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida homiylik xayriya yordamini ko‘rsatish;
    • homiylik xayriya yordami sifatida ajratiladigan mablag‘larni Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlangan reja-grafikka asosan to‘lab borish;
    • O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga ajratilgan pul mablag‘laridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanilganligi haqida har chorakda ularning hisobotini eshitib borish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
    Homiy tashkilotlarning tegishli boshqaruv organlari bir oy muddatda homiylik xayriya yordami sifatida ajratiladigan mablag‘larni tasdiqlangan reja-grafikka asosan to‘lab borish to‘g‘risida qarorlarni qabul qilsin, ajratilgan pul mablag‘laridan oqilona, tejamkor, samarali va maqsadli foydalanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatsin, natijalari haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilsin.

    Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi (A. Aripov, A. Abduhakimov) Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik qilish jarayonida yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan homiy tashkilotlarni mukofotlash choralarini ko‘rsin, zarur hollarda taklif kiritsin.

    4. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi PQ-5281-son qarori bilan tasdiqlangan 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash dasturida sportning dzyudo, taekvondo (WT), og‘ir atletika, sport kurashlari, stol tennisi turlarini rivojlantirish bo‘yicha vazifa belgilangan.

    Bosh vazir o‘rinbosari A. Abduhakimov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda hamda tegishli sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ni jalb etgan holda:

    • 2022-yil 1-mayga qadar – sportning dzyudo turini rivojlantirish bo‘yicha;
    • 2022-yil 1-iyunga qadar – sportning taekvondo (WT) va sport kurashlari turlarini rivojlantirish bo‘yicha;
    • 2022-yil 1-iyulga qadar – sportning og‘ir atletika va stol tennisi turlarini rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
    5. Bosh vazir o‘rinbosari A. Abduhakimov O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston qishki sport turlari assotsiatsiyasi hamda tegishli sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ni jalb etgan holda 2022-yil Pekin shahrida (Xitoy) bo‘lib o‘tayotgan XXIV qishki Olimpiya va XIII Paralimpiya o‘yinlari natijalaridan kelib chiqib:
    • 2022-yil 1-aprelga qadar – O‘zbekistonda qishki sport turlarini kompleks rivojlantirishni;
    • 2022-yil 1-iyulga qadar – 2026-yil Milan shahrida (Italiya) bo‘lib o‘tadigan XXV qishki Olimpiya va XIV Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari loyihalarini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.
    6. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida qatnashish huquqini beruvchi litsenziyalarning, shuningdek, ishtirok etiladigan sport turlarining sonini kamaytirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari bilan kelishilgan holda Respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

    7. Turizm va sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:

    • Olimpiya va Paralimpiya dasturlariga kiritilgan sport turlari bo‘yicha, ayniqsa, jamoaviy sport turlari (basketbol, gandbol, voleybol, chim ustida xokkey, regbi, suv polosi va boshqalar) bo‘yicha litsenziyalar sonini sezilarli darajada ko‘paytirish;
    • Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini saralash va tayyorlash dasturi;
    • Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar;
    • Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘ruvchi O‘zbekiston milliy terma jamoalarining kontingenti;
    • Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash maqsadida sport federatsiya (assotsiatsiya)lariga biriktirilgan sport bazalari ro‘yxati;
    • Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi hamda komissiya to‘g‘risida nizom tasdiqlanishi;
    • Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun talabgorlar o‘rtasida ayol sportchilar ulushini oshirish, sportchilarni saralash va tayyorlashda gender tengligini ta’minlash;
    • sport farmakologiyasi, psixologiyasi, tibbiyoti va diyetologiyasini takomillashtirish, ularni xalqaro standartlarga moslashtirish.
    8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari A. Abduxakimov, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi R. Shoabduraxmanov va O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi M. Toshxo‘jayev belgilansin.

    Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A. Abduvohidov zimmasiga yuklansin.

    Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har yili 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borilsin.

     

    14.02.2022, 18:55   Izoh (0)   44426
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda import avtomobillar uchun bojxona boji 2 barobarga qisqartirildi

    14.02.2022, 18:50

    O‘zbekistonda avtomobil uchun oldindan to‘lov miqdori 85 foizdan 50 foizgacha pasayadi

    14.02.2022, 18:41

    “O‘zbekneftgaz”: “Uchqir” siquv kompressor stansiyasidagi ta’mirlash ishlariga Germaniya va Singapur kompaniyalari mutaxassislari jalb etildi

    14.02.2022, 18:30

    Shavkat Mirziyoyev raisligida mashinasozlik sanoatiga bag‘ishlangan yig‘ilish boshlandi

    14.02.2022, 18:22

    Video: Toshkentda yo‘lovchi tashishni boshlagan elektrobuslar

    14.02.2022, 18:05

    Andijondagi o‘qituvchilari uzr so‘ragan maktab direktori va tuman XTB mudiri ishdan olindi

    14.02.2022, 17:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.