• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “U salbiy qahramonni ijro etib ham tomoshabin mehriga sazovor bo‘lar edi”. Leonid Kuravlyovning hayoti va ijodi haqida (foto)

    Rossiya xalq artisti Leonid Kuravlyov 85 yoshida vafot etdi. Aktyor “Afonya”, “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi”, “Uchrashuv joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi”, “Eng latofatli va jozibali”, “Oltin buzoqcha” kabi filmlar orqali tanilgan. RBK Leonid Kuravlyovning eng yaxshi rollari haqida tayyorlagan maqolani “Daryo” tarjima tariqasida e’tiboringizga havola qiladi.

    Foto: oilaviy arxivdan

    Leonid Kuravlyov 1936-yil 8-sentabrda Moskvada tug‘ilgan. Bo‘lajak aktyor kambag‘al oilada o‘sgan: otasi chilangar, onasi sartarosh edi. Onasi 58-modda (aksilinqilobiy faoliyat) bo‘yicha hibsga olingan va Ikkinchi Jahon urushi boshlarida shahardan chiqarib yuborilgan. Bir muncha vaqt Leonid onasi bilan Murmansk viloyatida yashaydi. Boshidan o‘tgan shuncha voqealarga qaramay, aktyor bolalik yillarini shunday esladi: “Bolalik — bu har doim ajoyib tuyg‘u, hatto mendek bola uchun ham bunday baxt bolalik bilangina bog‘liq”.

    Suratda: “Bugun ishdan haydalish bo‘lmaydi” filmidan kadr, 1958-yil.

    Suratda: “Bugun ishdan haydalish bo‘lmaydi” filmidan kadr, 1958-yil.
    Foto: SSSR Davlat radio va televideniyesi

    Maktabda Kuravlyov yaxshi o‘qimagan. VGIKga hujjat topshirish g‘oyasini unga amakivachchasi taklif qilgan — u yerda qiyin imtihonlar topshirilmasdi. Ammo birinchi yili Kuravlyov o‘qishga kirolmadi va ikki yildan keyin Kinematografiya instituti talabasi bo‘ldi. O‘qish davridayoq filmlarda rol o‘ynay boshladi. Debyut rollari “Bugun ishdan bo‘shatish bo‘lmaydi” filmidagi askar (Aleksandr Gordon va Andrey Tarkovskiyning kurs ishi) va Mixail Shvaytserning “Michman Panin” filmidagi dengizchi rollari edi.

    Suratda: Mixail Shvaytserning “Oltin buzoqcha” filmidan kadr. Chapdan o‘ngga: Shura Balaganov — Leonid Kuravlyov, Ostap Bender — Sergey Yurskiy, Panikovskiy — Zinoviy Gerdt.

    Suratda: Mixail Shvaytserning “Oltin buzoqcha” filmidan kadr. Chapdan o‘ngga: Shura Balaganov — Leonid Kuravlyov, Ostap Bender — Sergey Yurskiy, Panikovskiy — Zinoviy Gerdt.
    Foto: “RIA Novosti”

    Aktyorlik karyerasidagi ilk muvaffaqiyatlaridan biri Ilf va Petrovning “Oltin buzoqcha” romani asosida yaratilgan filmdagi Shura Balaganov roli bo‘ldi. “U yerda o‘zimni suvdagi baliqdek his qildim. Aftidan, men Balaganov obrazining mohiyatini tushungandim. Bir kuni men Shvaytserdan kimni o‘ynashimni so‘raganimda, u: “Balaganovni o‘ynay qol”, dedi. Ehtimol, men kinosinovlarda ham qahramonimni chuqur his qilib o‘ynaganman. Bu qornini to‘ydiradigan, himoya qiladigan xo‘jayin qidirib yurgan — Balaganov roli edi”, — deb eslaydi aktyor.

    Suratda: “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmidan kadr, Kuravlyov Jorj Miloslavskiy rolida, Aleksandr Demyanenko ixtirochi Timofeyev rolida.

    Suratda: “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmidan kadr, Kuravlyov Jorj Miloslavskiy rolida, Aleksandr Demyanenko ixtirochi Timofeyev rolida.
    Foto: “Mosfilm”

    Kuravlyov filmografiyasida 200 dan ortiq film bor, u ko‘pincha yorqin xarakterli qahramonlarni o‘ynagan. Uning eng mashhur asarlaridan Xoma Brut (“Viy”), Jorj Miloslavskiy (“Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi”), Aysman (“Bahorning o‘n yetti lahzasi”), Kopcheniy (“Uchrashuv joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi”).

    “Uning qahramonlari salbiy xarakterga ega bo‘lsa ham, u o‘z ijrosida qandaydir ijobiy belgi yaratardi. Bu uning betakror fazilati edi. Axir Gaydayning “Ivan Vasilyevich o‘z kasbini o‘zgartiradi” filmida u firibgar rolini o‘ynagan, ammo tomoshabin uni yaxshi ko‘raveradi”, — deydi aktyor Aleksandr Pankratov-Cherniy.

    Suratda: “Afonya” filmining suratga olish jarayoni. Chapdan o‘ngga: Afonya rolida Leonid Kuravlyov, Kolya rolida Yevgeniy Leonov va rejissor Georgiy Daneliya.

    Suratda: “Afonya” filmining suratga olish jarayoni. Chapdan o‘ngga: Afonya rolida Leonid Kuravlyov, Kolya rolida Yevgeniy Leonov va rejissor Georgiy Daneliya.
    Foto: Anatoliy Kovtun / “TASS” kinoxronikasi

    Kuravlyovning unutilmas qahramonlari orasida Jorj Daneliyaning “Afonya” filmidagi asosiy rol ham bor. “Afonya obrazi uchun bizda uchta nomzod bor edi — polshalik aktyor Daniil Olbrixskiy, Vladimir Visotskiy va Leonid Kuravlyov. Uch nafar ajoyib aktyor. Uch xil filmlar. Biz Kuravlyovda to‘xtadik. Va xato qilmadik! Kuravlyovda qandaydir sir bor. Tomoshabinlar uning ijrosidagi Afonyani kechirishardi. Afonya Olbrichskiy yoki Afonya Vysotskiyni emas. Bizga esa shu kerak edi. Biz film oxirida tomoshabinlar Afoniyamizdan nafratlanishini emas, balki achinishini xohlagandik, — deb yozgan Daneliya o‘zining xotiralar kitobida. “Menimcha, biz buni biroz oshirib yubordik. Kuravlyov ijro etgan Afonya shu qadar jozibali bo‘lib chiqdiki, “Mosfilm”ga spirtli ichimlik iste’mol qiladiganlarning xotinlaridan g‘azabga to‘la ko‘plab xatlar kela boshladi. Ayniqsa, bittasi yodimda qolgan: unda omsklik bir ayol: “O‘rtoq rejissor, siz bir marta bo‘lsa ham mast santexnik bilan uxlaganmisiz?” deb yozgandi. Javob xatida men na mast, na hushyori bilan uxlamaganimni yozdim.

    Foto: Valentina Mastyukova / “TASS” kinoxronikasi.

    1965-yilda Kuravlyov RSFSRda xizmat ko‘rsatgan artist, 1977-yilda RSFSR xalq artisti unvonlarini oldi. 2013-yilda aktyor IV darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi.

    Suratda: Kuravlyov rafiqasi Nina, o‘g‘li Vasya va qizi Katya bilan, 1979 yil.

    Suratda: Kuravlyov rafiqasi Nina, o‘g‘li Vasya va qizi Katya bilan, 1979 yil.
    Foto: oilaviy arxivdan

    Kuravlyov xotini bilan yoshligida uchrashgan, ular 50 yildan ortiq birga yashashdi. Ayoli o‘qituvchi edi. Ninaning o‘limidan keyin Kuravlyov kamdan kam hollarda omma oldida ko‘rinish berdi. “Xotinimning o‘limi — hayotimdagi eng katta fojia, u bilan uchrashganim esa baxt”, — deydi aktyor. “Ninka mendan aqlliroq edi, oqila. U juda ko‘p o‘qirdi, tilni mukammal bilardi, ingliz tilida o‘qirdi. Biz biror joyga birga borganimizda, masalan, do‘stlarimiznikiga, restoranga — hammaning e’tibori unga qaratilardi, men esa doim uning yonida bo‘lardim. U go‘zal va aqlli ekanligini bilardi, bunday paytlarda men panada qolardim”, — deb eslaydi Kuravlyov.

    Suratda: “Ustalar kitobi” filmidan kadr. O‘ngdan chapga: usta rolida Aleksandr Lenkov, Barin rolida Leonid Kuravlyov va Klava rolida Olga Yergina.

    Suratda: “Ustalar kitobi” filmidan kadr. O‘ngdan chapga: usta rolida Aleksandr Lenkov, Barin rolida Leonid Kuravlyov va Klava rolida Olga Yergina.
    Foto: Walt Disney Pictures / “RIA Novosti”

    So‘nggi yillarda aktyor filmlarda rol o‘ynamay qo‘ydi. U buni charchoq va qiziqarli takliflarning yo‘qligi bilan izohladi: “Shunday jumla bor — metallning charchashi (ko‘p ishlatilganligidan yoki zanglashdan o‘z xususiyatini, mahkamligini yo‘qotishi, mo‘rt bo‘lib qolishi). Mana, men ham 250 ga yaqin filmda rol o‘ynab metall kabi charchadim”.

    Foto: Sergey Fadeichev / “TASS”

    Avvalroq Leonid Kuravlyov koronavirusga chalingani, keyinchalik esa shifokorlar tomonidan aktyorga og‘ir miya shikastlanishi tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

    02.02.2022, 11:42   Izoh (0)   24057
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Garri Potter” ishqibozlariga manzur keluvchi 7 ta ajoyib fantastik film (foto)

    31.01.2022, 13:45

    “Ivan Vasilyevich kasbini o‘zgartiradi” filmidagi Miloslavskiy roli bilan mashhur Leonid Kuravlyov vafot etdi

    30.01.2022, 15:18

    “Kaskadyorlik bilib turib xavf bilan o‘ynashishdek gap”. O‘zbek kaskadyori Baxtiyor Poyonov bilan sohadagi kamchiliklar haqida intervyu (video)

    27.01.2022, 16:41

    “Kelinlar qo‘zg‘aloni”dagi Abbos — tug‘ruqxonadagi uchrashuv sabab kinoga qadam qo‘ygani hamda bolaligidagi rollari uchun kattalarnikidek gonorar olgani haqida

    26.01.2022, 18:54

    Mashhur insonlar ustalik bilan “yashirilgan” fimlar (foto)

    25.01.2022, 19:56

    Kinolarda mukammal ko‘rinadigan holatlar real hayotga mos kelmasligini isbotlovchi kadrlar (foto)

    24.01.2022, 19:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda aholini ro‘yxatda olishda noqonuniy migrantlar hisobga olinmaydi

    Dunyo | 8 avgust, 12:22

    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling!

    Reklama | 8 avgust, 12:07

    Belgiya hududi orqali Isroilga harbiy yuk tashishni taqiqladi

    Dunyo | 8 avgust, 12:15

    Ishtahani kamaytirib, ozishga yordam beradigan 7 ta foydali mahsulot

    Salomatlik | 8 avgust, 12:05

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.