• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Kaskadyorlik bilib turib xavf bilan o‘ynashishdek gap”. O‘zbek kaskadyori Baxtiyor Poyonov bilan sohadagi kamchiliklar haqida intervyu (video)

    Kaskadyor so‘zi fransuz tilidan olingan bo‘lib, “hiyla-nayrang ustasi”, “tavakkalchi” degan ma’nolarni anglatadi. Bu sport va san’at uyg‘unligidagi murakkab kasb hisoblanadi.Afsuski, kaskadyorlar har doim ham tomoshabinlar e’tiboriga tushmaydi. Chunki ular aktyor bajarolmagan murakkab sahnalardagina suratga tushadi. Shu bois tomoshabinlar bu sahnani kaskadyor emas, aktyor bajardi, deb o‘ylashadi.  “O‘zbekistonda ham kaskadyorlar bormi, o‘zbek kinosi bu soha vakillariga zarurat sezadimi?” degan savollar o‘zbek tomoshabinini  o‘ylantirishi aniq. Shu kabi savollarga javob olish uchun 8 yillik tajribaga ega o‘zbekistonlik kaskadyor Baxtiyor Poyonov bilan suhbatlashishga qaror qildik.

    “Asli aktyorman, kaskadyor emas”

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — 2003-yili O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Drama aktyorligi bo‘limida tahsil olganman. Ustozim Fathulla Xo‘jayevdan kasb sirlarini o‘rganib, “O‘zbekfilm”ga keldim. Avvaliga filmlarda kichik epizod va mossovka rollarni ijro etdim. Bolaligimdan otda yaxshi chopganim uchun ekshn janridagi filmlarda suratga tushishni orzu qilardim. Afsuski, u yillarda bu janrdagi filmlar deyarli suratga olinmasdi. Yilda bir-ikkita olingan film esa aktyorning yaxshi tajriba orttirishiga kamlik qilardi. 2014-yil rejissor Hamidulla Hasanov “Bolalik sinovlari” nomli filmni suratga oldi. Filmda kaskadyorga bog‘liq to‘rtta sahna bor edi. O‘sha filmda ilk kaskadyorlik ishimni bajarib, tog‘dan jarlikka quladim va ot bo‘ridan hurkib, chavandozni sudrab ketish sahnalarida suratga tushdim. Undan keyin “Oyqiz” filmida suratga tushdim. Otlar bilan bog‘liq murakkab tryuklarni muvaffaqiyatli bajarganimdan so‘ng o‘zimga bo‘lgan ishonchim ortdi. Atrofdagilar ham kaskadyor ekanligimga ishonib, yangi filmlarga taklif etishni boshlashdi.

    “ ‘Said va Saida’ filmida olov ichida qoldik”

    Foto: Baxtiyor Poyonov arxividan

    Foto: Baxtiyor Poyonov arxividan

    — 2015-yildan keyin jang sahnalari bilan bog‘liq ko‘plab tarixiy filmlar suratga olinishni boshladi. Shundan keyin mahoratli kaskadyorlar jamoasiga zarurat sezildi. Shu bois yosh sportchi yigitlardan iborat kaskadyorlar jamoasini tashkil etdim. “Elparvar” filmida ilk marta jamoa bilan 100 dan ortiq xavfli sahnalarda suratga tushdik.  Yigitlar  rejissor topshirig‘ini a’lo darajada bajarishdi. Faqatgina “Said va Saida” filmida biroz ko‘ngilsiz voqealar bo‘ldi. Pirotexniklar adashib eshiklarga ham yonuvchi suyuqlik sepib yuborishgan ekan. Alanga ichida qolgan uydan chiqish epizodi suratga olinayotganda, eshiklar ham yonishi oqibatida ichkaridan chiqolmay qoldik. Afsuski, o‘sha kuni shogirdlarimdan birining qo‘li va yuzi kuyib qoldi. Bu kasbni tanlagandan keyin ko‘ngilsizliklarga ham tayyor turish kerak. O‘zimga bog‘liq sahnalarda unchalik xavotir olmayman, ammo shogirdlarimning har bir harakatlarini nazorat qilib turaman. Kaskadyorlik bilib turib xavf ichiga kirish va u bilan o‘ynashishdek gap. Birgina e’tiborsizlik sabab vaziyat fojiaga aylanishi hech gap emas.

    “Tashqi ko‘rinishim sabab aktyor bo‘lolmadim”

    Foto: Baxtiyor Poyonov arxividan

    Foto: Baxtiyor Poyonov arxividan

    — Yashirmayman, bizdagi rejissorlar aktyorning tashqi ko‘rinishiga qarab rol taqsimlashadi. Aktyorning mahorati tashqi qiyofadan keyingi o‘rinda turadi. Aslida professional aktyorman, bu boradagi mahoratim ham qandayligini yaxshi bilishadi. Aktyor sifatida rollarga chaqirishmaganidan ba’zan afsuslanaman. Shuncha yil o‘qib, rol ijro etolmasam, degan o‘kinch ham bo‘ladi. Chunki aktyor sifatida qatnashsak, murakkab tryuklarni bajarayotganda operatorlar yuzimni yashirishga zarurat sezishmaydi.  Masalan, dunyoga mashhur Jeki Chan kaskadyorga zarurat sezmaydi, shu bois ijrosi ham ishonchli chiqadi.

    “Gollivudda shakarli oyna, bizda esa haqiqiy”

    Foto: “Hayrat” filmidan lavha

    Foto: “Hayrat” filmidan lavha

    — Shu kasbni tanladim, endi ortga qaytish niyatim yo‘q. Shu kungacha taklif etilgan birorta kaskadyorlik ishini rad etmaganman. Epizod o‘ta murakkab va xavfli bo‘lsa-da, rozilik beraman. Tan olish kerak, O‘zbekistonda kaskadyorlik u qadar rivojlanmagan, bu sohada ishlatiladigan maxsus buyumlar ham yo‘q. Masalan, Gollivud filmlarida shakarli oynalar bo‘ladi va u singanida odamga hech qanday jarohat yetkazmaydi. Afsuski, bizda bunday oynalar yo‘q. Shu bois oddiy oynalardan foydalanamiz. Bundan tashqari, yonish sahnalarida suratga olishdan avval surtiladigan maxsus surtmalar yo‘q. Undan yong‘in vaqtida tanaga jiddiy shikast yetmasligi uchun foydalaniladi. Afsuski, bularning birortasi O‘zbekistonda yo‘q.

    “Shu kungacha yetti marta yondim”

    Foto: Baxtiyor Poyonov arxividan

    Foto: Baxtiyor Poyonov arxividan

    — 2020-yili rejissor Zulfiqor Musoqovning “Hayrat” filmida suratga tushdim. Ssenariyga ko‘ra, daryo yonishi va bir to‘da otlar olov qurshovida qolishi kerak edi. Murakkab epizod yakunida ot ustidagi chavandoz yonishi kerak edi. Xullas, avvaliga ustimdan bir litr benzin quyishdi. Epizod bitta dublda olinsin, deb shogirdlarimga yana benzin sepishlarini aytdim. “Nima qilyapsiz, bir litr yetadi”, deyishdi. Ammo epizod ishonchi chiqishi uchun yana ikki litr benzin septirdim. Xullas, ustimga o‘t chaqishib, epizodni suratga olishdi. Ammo olovni o‘chirishga ulgurisholmadi. Mana shu syomkadan so‘ng davolanishimga to‘g‘ri keldi. Ammo o‘zbek ijodkorlari orasida shov-shuv bo‘lganidek, jonlantirish bo‘limiga tushganim yo‘q. To‘qqiz kunlik davolanishdan keyin Hilol Nasimovning “Meros” filmining syomkasida ishtirok etdim. Unda qahramon ot ustida kelayotganda dushmani boshiga urishi oqibatida otdan yiqilish sahnasi bor edi. Jarohatim bo‘lsa-da, rolni rad etmadim. Shu kungacha yettita filmda “yonishim”ga to‘g‘ri keldi. Faqat “Hayrat” filmida yuzim va tanamning bir nechta qismi kuydi. Odatda bir marta olov changalida qolgan insonda fobiya paydo bo‘ladi, deyishadi. Hatto “Hayrat” filmidan keyin ko‘pchilik yonish sahnalarini rad etasizmi, deb so‘rashdi. Yo‘q, hozircha qo‘rquv yo‘q, o‘tgan yili Hilol Nasimovning “Chegara” filmida ham portlash va yonish sahnalarida suratga tushdim.

    “Kaskadyorlik tanlanmaydi”

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Kaskadyorlik o‘qitilmaydi yoki tanlanadigan soha emas. Menimcha, inson ona qornidan kaskadyor bo‘lib tug‘ilsagina, bu sohada ishlay oladi. O‘zbekistonda kaskadyor yo‘q, degan gapni ko‘p eshitaman. Ammo professional kaskadyorlar bor. Masalan, Yigitali Mamajonov, Abdurahmon Mo‘minov, Mirkomil Qoraboyev kabi mahoratli aktyor-kaskadyorlar bor. Bundan tashqari, sohani egallashga harakat qilayotgan shogird ukalarim ham bor. Inson sport bilan shug‘ullangani bilan, kaskadyor bo‘lib qolmaydi, bu sohani egallash uchun “katta” yurak kerak. Inson abjir bo‘lgani bilan, xavfdan qo‘rqsa, o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Shu bois kaskadyor tavakkalchi ham bo‘lishi kerak. Ammo tryukni bajarishdan avval, xavfdan himoyalanish choralarini ham ko‘rib qo‘yishi shart. Yashirmayman, syomkaga borishdan avval vaziyatni o‘rganaman. Xayolan tryukni bir necha bor bajarib ko‘raman.

    “Kamsitishlari yoqmaydi”

    — Sohamizda muammolar ko‘p. Ba’zi kinoijodkorlar kaskadyorga eng oxirgi inson deb qarashadi. Yoki bo‘lmasa, inson hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan vazifaga sovuqqonlik bilan qarashadi. “Falon artistning vaqti tig‘iz. Teatrga borishi kerak”, deb bizning navbatimiz kelganida ularni syomka qilishadi. Bu kabi e’tiborsizlik yoki kamsitish sabab syomkadan ketgim keladi. Ammo ko‘ngil bo‘sh bo‘lsa ham qiyin ekan. Bundan tashqari, suratga olish jarayonlarini boshlashdan avval kaskadyorlik tryuklarini aniq reja qilishmaydi. Avariya sahnasida aktyor yengi kalta ko‘ylakda suratga tushadi, shundan keyin biz ham shunday kiyinishimizga to‘g‘ri keladi. Ammo qo‘lga maxsus himoya vositasini taqmay avtohalokat sahnasida suratga tushish qiyin-ku. Tarixiy filmlarda esa libos ustalari kiyim o‘lchamini to‘g‘irlash uchun kiyimlarga katta to‘g‘nog‘ichlar sanchib qo‘yishadi. Aktyorlarga bilinmas, ammo bunday holatda ishlash bizga qiyinchilik tug‘diradi. Otdan yiqilish yoki jarlikka sakrash paytida to‘g‘nog‘ichlar bir necha marta kirib, tryuklarni erkin bajarishimizga to‘sqinlik qiladi. Xullas, aytsak gap ko‘p.

    “Syomkadan avval da’voyim yo‘qligi haqida tilxat yozaman”

    — Xorijda kaskadyorning hayoti va salomatligi sug‘urtalanadi. Afsuski, bu tizim hali bizda yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. Ammo filmda suratga tushishdan avval “Tryukni o‘z ixtiyorim bilan bajardim, hech kimdan da’voyim yo‘q”, degan mazmunda tilxat yozib, qo‘l qo‘yamiz. Gonorar u qadar yuqori emas. Ammo nolimayman, shu ishim sabab qozonimiz qaynayapti. Muhimi, avvalgiga qaraganda, hozir kaskadyorga zarurat tug‘iladigan filmlar ko‘proq yaratilyapti.

    Suhbatni to‘liq holda “Daryo”ning YouTube’dagi kanalida tomosha qilishingiz mumkin.

    27.01.2022, 16:41   Izoh (0)   46242
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Kelinlar qo‘zg‘aloni”dagi Abbos — tug‘ruqxonadagi uchrashuv sabab kinoga qadam qo‘ygani hamda bolaligidagi rollari uchun kattalarnikidek gonorar olgani haqida

    26.01.2022, 18:54

    Mashhur insonlar ustalik bilan “yashirilgan” fimlar (foto)

    25.01.2022, 19:56

    Kinolarda mukammal ko‘rinadigan holatlar real hayotga mos kelmasligini isbotlovchi kadrlar (foto)

    24.01.2022, 19:42

    Birgina omadsiz roli tufayli tomoshabinlar nazaridan qolgan Gollivud aktyorlari (foto)

    24.01.2022, 11:48

    Filmdagi bir xil obrazni mahorat bilan gavdalantirgan, biroq rol uchun turlicha gonorar olgan aktyorlar (foto)

    21.01.2022, 17:57

    O‘zbekistondagi eng “qimmat” aktyorlar: ularning bir kunlik gonorari qancha?

    21.01.2022, 15:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.