• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Kelinlar qo‘zg‘aloni”dagi Abbos — tug‘ruqxonadagi uchrashuv sabab kinoga qadam qo‘ygani hamda bolaligidagi rollari uchun kattalarnikidek gonorar olgani haqida

    “Kelinlar qo‘zg‘aloni” filmidagi Abbos rolini ijro etgan aktyor Muhammadjon Rahimov yodingizdami? U yosh bo‘la turib, ko‘plab tomoshabinlarning ko‘nglidan joy olgandi. Mashhurlikda ulg‘aygan bolakay kim sabab kino olamiga kirib kelgan va bugungi kunda nimalar bilan band? Keling, bu savollarga aktyorning o‘zidan javob olsak.

    “Aktyor bo‘lishimga tug‘ruqxona sabab bo‘lgan”

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    — Kutilmagan tasodif sabab, kino olamiga kirib kelganman. Ukam Murodjon Sergelidagi tug‘ruqxonada dunyoga kelgan. Otam ikkimiz onamni ko‘rish uchun tug‘ruqxonaga borganimizda, xonadagi ayollardan biri meni zimdan kuzatgan ekan. Uning turmush o‘rtog‘i Jashlig‘ aka ikkinchi rejissor bo‘lib faoliyat yuritar ekan. Xullas, onam u ayol bilan yaqin dugona bo‘lib qolgan. Ayol meni shirin va uddaburon deb turmush o‘rtog‘iga maqtagach, ikki yildan so‘ng Jashlig‘ aka meni filmga taklif etgan. Qo‘lim singani uchun kino syomkaga bormayman, deb rosa xarxasha qilganman. Ota-onam qarshiligimga qaramay Elyor Eshmuhammedovning “Dahoning yoshligi” filmida epizod rolni ijro etishimga ko‘ndirishgan. Xullas, tug‘ruqxonadagi uchrashuv sabab kino olamiga qadam qo‘yganman.

    “Orziqib kutilgan farzandman!”

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    — Onam bolaligida aktrisa bo‘lishni orzu qilgan ekan. Bobom bilan buvim zamonasining dindor insonlari bo‘lishgani uchun qizlarining orzulariga qarshi bo‘lishgan. Shu bois, onam aktyor bo‘lishimni mendan ham ko‘ra ko‘proq istagan.Oilada 11 ta farzand bo‘lganmiz. Uch qizdan keyin tug‘ilgan o‘g‘il bo‘lganim uchun bolalikdan menga bo‘lgan e’tibor boshqacha edi. Ota-onam erinmay kinostudiyalarga olib borishar, ssenariyni yodlashimga ko‘maklashishardi. Boshqa farzandlarda ham san’atkor bo‘lish imkoniyati bor edi. Ammo ular bu sohani egallashni istashmadi.

    “Rus tilini bilmasligim pand berardi!”

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    — Ilk rolimni sakkiz yoshimda ijro etganman. U paytlarda filmlarning suratga olinishi bugungidan ancha murakkab edi. Filmlar kinotasmada olingani uchun qayta-qayta dubl qilish qimmatga tushardi. Shu bois, jiddiy tayyorgarlik ishlaridan so‘ng kamera motorlari bosilardi. Eng yomoni, u paytlarda filmlar asosan rus tilida tasvirga olinardi. Men esa bu tilni yaxshi bilmasdim. Shunday bo‘lsa-da, rejissordan tanbeh eshitmaslik uchun rus tilidagi matnni yodlardim.Ilgari filmlarning deyarli bari 3-4 oylab chekka qishloqlarda suratga olinardi. Toshkent shahrida kamdan kam filmlar suratga olingan. Yosh bola uchun uzoq vaqt uyidan, ota-ona mehridan ayro yashash oson emas. Shuning uchun har doim aktyor bo‘lmayman, rol o‘ynamayman, deb injiqlik qilardim. Ammo bora-bora bunday muhitga ham moslashib ketdim. Aktyorlar yaqinlarimdek bo‘lib ketishgandi. Ijodiy jamoaning erkatoyi bo‘lganman, desam xato bo‘lmaydi.

    “Bolalik gashtini his qilmadim!

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    — Bolalik gashtini his qilmaganman, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki 8 yoshimda kinoga kirib kelgan bo‘lsam, 16 yoshimga qadar yiliga kamida 2 ta filmda suratga tushardim. Bola bo‘lib istirohat bog‘iga borganimni yoki yozni dam olish oromgohida o‘tkazganimni eslolmayman. Ammo minglab bolalar ichidan aktyor bo‘lish baxti menga nasib etganidan xursand bo‘laman. Chunki bunday omad hammaga ham kulib boqmaydi.

    “Kelinlar qo‘zg‘aloni”dagi Abbos

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    — “Kelinlar qo‘zg‘aloni” filmidagi Abbos roli uchun kasting o‘tkazilgan. Unda 325-ishtirokchi bo‘lib qatnashganman. Filmning suratga olinishi juda qiziq kechgan. O‘zbekiston xalq artistlari Tursunxon Ja’farova va Nabi Rahimov kabi ustozlar bilan bir filmda suratga tushganimdan baxtiyorman.Odamlar “Kelinlar qo‘zg‘aloni” beriladigan kun televizor qarshisidan jilishmasdi. Ammo otam rahmatli kibrlanib, yulduzlik kasaliga chalinishimga yo‘l qo‘ymagan. Biror marta suratga tushgan filmimni maqtaganini ham eslolmayman. “O‘g‘il bola har ishni bilishi kerak”, deb eng qiyin ishlarni menga buyurardi. Ko‘cha-kuyda odamlar havas qiladigan aktyor bolacha bo‘lsam-da, uyda hamma qatori edim. Syomkalardan qaytgach, ukam bilan hovli ishlarini qilardik. G‘isht quyib, o‘ra qazigan kunlarimiz ham bo‘lgan.

    “Kino bugun bor, ertaga yo‘q”

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    — Maktabni tamomlagan yilim bir guruh yosh aktyorlarni Moskvaga jo‘natadigan bo‘lishdi. Javohir Zokirov, Tolib Mo‘minov, Fahriddin Shamsimatov kabi tengdosh ijodkorlar bilan Moskvaga o‘qishga borganman. O‘qishni tamomlaganimizdan keyin Moskvada ishlab qolishni taklif qilishgan. Ammo onam 7 ta yosh bola bilan qiynalib qolganliklarini aytib, Toshkentga qaytishimni so‘radilar. Turgan gapki, onamga yo‘q deyolmay qaytib keldim. Mana shu voqeadan so‘ng qaysidir ma’nodagi kinodagi faoliyatim to‘xtadi.Kinodagi faoliyat hech qachon muqobil bo‘lmaydi. Ish birda bor, birda yo‘q. Ammo ro‘zg‘or hamisha qaynashi kerak. Oldimda uch yo‘l bor edi: Moskvaga qaytib borish, kinoda ishlash yoki televedeniyedan kelayotgan taklifni qabul qilish. Men vaziyatni inobatga olgan holda, uchinchi yo‘lni tanladim. Har holda, televideniyeda har doim ish bor va shunga yarasha maosh beriladi.

    — Shu kunga qadar davlat telekanalarida turli lavozimlarda faoliyat yuritdim. Ikkinchi rejissor, rejissor, muharrir, marketing bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishladim. Lekin biror marta filmlarga taklif etishsa, birdan rad javobini bermaganman. Chunki kinoga bo‘lgan mehrim bo‘lakcha. Agar film ssenariysi va menga atalgan qahramon xarakteri ma’qul kelsa, hamkorlik qilishga tayyorman. Ammo ochig‘ini aytay, katta rejissorlar maktabini ko‘rgach, boshqalar bilan ishlash qiyin kechar ekan.

    “Yosh bolaga katta gonorar to‘lashgan”

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    — Shuncha filmlarda suratga tushgansiz, yaxshigina gonorar olgandirsiz, deb ko‘p so‘rashadi. Haqiqatan ham yaxshigina gonorar olganman. Ammo aniq summasi haqida bilmayman. Chunki gonorarni ota-onam olishgan, menga qancha pul topishimni aytishmagan. Balki buni ko‘p pul olar ekanman, deb havolanib ketmasligim uchun shunday qilishgandir.U paytlarda voyaga yetmagan bolani 4 soatdan ortiq ishlatish taqiqlangan ekan. “O‘zbekfilm” men bilan uzoq vaqtga shartnoma tuzardi. Shu bois, katta aktyorlarga qanday haq to‘lashsa, menga ham shunchadan berishgan ekan.

    “Bugungi kino professional emas”

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    — Avvalgi rejissorlar  professional edi. Son uchun emas, sifat uchun intilishardi. Aktyorlar ham rolni shunchaki ijro etmasdi, unda yashardi. Hozir ham yaxshi ijodkorlar bor, ammo ularga nisbatan noprofessionallar ko‘p.Meni ajablantirgan narsa, hozirgi aktyorlarning ko‘pchiligi suflyorga zarurat sezadi. Agar aktyor suflyorning gapini takrorlab tursa, yurakdan chiqmaydi. Shuning uchun aktyor, albatta, ssenariyni avvaldan o‘qishi, roliga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Shunda rol ham bir-biriga o‘xshash bo‘lib qolmaydi.

    “Farzandlarim san’atkor bo‘lmaganidan xursandman”

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    Foto: Muhammadjon Rahimov arxividan

    — Orzularim juda ko‘p. Odam necha yoshga to‘lishidan qat’i nazar orzu qilishdan to‘xtamas ekan. Otam rahmatli meni to‘yimni ko‘rmay, erta olamdan o‘tganlar. Shu bois, farzandlarim tug‘ilgan kundan boshlab ularning to‘ylarini ko‘rishni orzu qilaman. To‘ng‘ich qizimni ikki yil avval turmushga berdim. O‘g‘lim ingliz tilini o‘rganib, logistika sohasida ishlayapti. Kenja qizim esa oliygohga kirishga tayyorgarlik ko‘ryapti. Farzandlarimning hech biri san’at sohasini egallamaganiga afsuslanmayman.Kelajakda aktyorlar fondini ochishni rejalashtirayapman. Viloyatda ijod qilayotgan va ba’zi sabablarga ko‘ra unitilayotgan aktyorlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berishni niyat qilaganman.

    Mavzuga doir:

    • “Masxaraboz” filmidagi aktyor Ergash Mo‘minov nega ekranlarda ko‘rinmay qoldi? (foto)
    • “Parvona” spektaklida Yulduzxon obrazini yaratgan aktrisa Shukurjon Safayeva hozir qayerda?
    • “Kichkina tabib”dagi Nigora, “Chol va nabira”dagi G‘anisher: bolaligidanoq tomoshabinlar e’tiborini qozongan aktyorlar hozir qanday ko‘rinishda? (foto)
    • “Muhabbat sinovlari”dagi Ruxshona, “Opa-singillar”dagi Nasiba va kinoda “yarq etib”, keyin ko‘rinmay qolgan boshqa qahramonlar hozir qayerda? (foto)
     

    26.01.2022, 18:54   Izoh (0)   54425
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mashhur insonlar ustalik bilan “yashirilgan” fimlar (foto)

    25.01.2022, 19:56

    Kinolarda mukammal ko‘rinadigan holatlar real hayotga mos kelmasligini isbotlovchi kadrlar (foto)

    24.01.2022, 19:42

    Birgina omadsiz roli tufayli tomoshabinlar nazaridan qolgan Gollivud aktyorlari (foto)

    24.01.2022, 11:48

    Filmdagi bir xil obrazni mahorat bilan gavdalantirgan, biroq rol uchun turlicha gonorar olgan aktyorlar (foto)

    21.01.2022, 17:57

    O‘zbekistondagi eng “qimmat” aktyorlar: ularning bir kunlik gonorari qancha?

    21.01.2022, 15:46

    2021-yilning kattalarga va bolalarga birdek yoqadigan eng yaxshi multfilmlari

    21.01.2022, 11:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.