AQShning Shimoliy Karolina shtatida joylashgan o‘g‘it ishlab chiqarish zavodida yuzaga kelgan katta yong‘in va portlash xavfi tufayli 2,5 ming xo‘jalikdagi 6,5 mingga yaqin aholi xavfsiz yerga evakuatsiya qilindi. Bu haqda Associated Press xabar bergan.
Xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida jarohatlanganlar yoki halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar mavjud emas, sababi zavod hududidagi yong‘in tunda ishchilar u yerda bo‘lmagan vaqtda sodir bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatni bartaraf etish maqsadida hodisa joyida kamida 90 nafar o‘t o‘chiruvchi, shu bilan birga, boshqa idoralarning favqulodda xizmatlari xodimlari ishlagan.
Izoh (0)