• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    BMT: “Tolibon” 2021-yilning avgustidan beri sobiq hukumat va kuch tuzilmalarining 100 dan ortiq a’zosini qatl etgan

    2021-yilning avgust o‘rtalarida Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga “Tolibon” kelganidan beri mamlakat hukumatining sobiq a’zolari, xavfsizlik xizmati xodimlari va xorijliklar bilan ishlagan 100 nafardan ortiq fuqaro o‘ldirilgan. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi, deb xabar beradi Associated Press.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Guterrishning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” sobiq hukumat va koalitsiya kuchlariga bog‘liq insonlarga “umumiy amnistiya” e’lon qilganiga qaramay, qurbonlarning kamida “uchdan ikki qismi” toliblar yoki ularga bog‘liq odamlar tomonidan sudsiz qatl etilgan.

    Shu bilan birga, Guterrishning BMT Xavfsizlik Kengashidagi hisobotida keltirilishicha, tashkilotning Afg‘onistondagi siyosiy missiyasi IShIDga bog‘liq kamida 50 kishi sudsiz qatl etilgani to‘g‘risida “ishonchli da’volarni” qo‘lga kiritgan.

    Guterrishning qo‘shimcha qilishicha, BMT missiyasi, shuningdek, sobiq hukumat a’zolari va koalitsiya kuchlari bilan hamkorlik qilgan insonlarning “majburan yo‘qotilishi hamda yashash va jismoniy daxlsizlik kabi boshqa huquqlarining buzilishi” haqida ham ishonchli ma’lumotlarni olgan.

    Ta’kidlanishicha, mamlakatda inson huquqlari himoyachilari va OAV xodimlariga “hujum qilish, qo‘rqitish, ta’qib qilish, o‘zboshimchalik bilan hibsga olish, shafqatsiz munosabatda bo‘lish va o‘ldirish” davom etmoqda.

    Xabarda qayd etilishicha, fuqarolik jamiyatining sakkiz nafar faoli o‘ldirilgan — uch nafari “Tolibon”, uch nafari IShID ekstemistlari tomonidan. Shunindek, yana 10 nafari toliblar tomonidan hibsga olingan, kaltaklangan va tahdidlarga uchragan. Ikki nafar jurnalist o‘ldirilgan va yana ikki nafariga noma’lum qurollangan shaxslar tomonidan jarohat yetkazilgan.

    Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, BMT missiyasi vaqtinchalik hibsga olish, kaltaklash va tahdid qilish kabi 44 ta holatni qayd etgan bo‘lib, ularning 42 tasi toliblar ishtirokida sodir bo‘lgan.

    Avvalroq Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) 2021-yil avgustda Afg‘onistonda hukumat tepasiga “Tolibon” kelganidan so‘ng yarim milliondan ortiq odam ishsiz qolganini ma’lum qilgandi. Ta’kidlanishicha, ishsizlik darajasining bu qadar ortishiga ayollar bandligiga qo‘yilgan cheklovlar va ko‘plab davlat xizmatchilarining ishdan bo‘shatilishi, shuningdek, og‘ir iqtisodiy inqiroz sabab bo‘lmoqda.

    Mavzuga doir: 

    • “Tolibon” Afg‘onistonda talabalar uchun universitetlarni qayta ochishga ruxsat berdi
    • “Tolibon” o‘zining Vazirlar Mahkamasi tarkibiga Afg‘onistonning ag‘darilgan hukumati a’zolarini kiritmaydi
    Eslatib o‘tamiz, 2021-yil avgust oyida hokimiyatni egallagan “Tolibon” harakatining yuqori lavozimli a’zosi Vahidulla Hoshimiy Afg‘oniston demokratik davlatga aylanmasligi, unda shariat qonunlari amal qilishini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonda hokimiyat tuzilmasi “Tolibon” hukmronligining avvalgi davri: 1996—2001-yillardagi davlat tuzilishiga o‘xshash bo‘ladi.

    Sentabr o‘rtalarida “Tolibon” Ayollar masalalari bo‘yicha vazirlikni tugatib, uning o‘rniga Saxovatni targ‘ib qilish va illatlarni yo‘qotish vazirligini tuzgani, dekabr oyida Afg‘oniston milliy armiyasini shakllantirishga kirishgani haqida xabar berilgandi.

    01.02.2022, 16:27   Izoh (0)   14593
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh Davlat departamenti amerikalik diplomatlarning oilalarini Belarusdan olib chiqishni buyurdi

    01.02.2022, 15:46

    Janubiy Koreyada COVID-19 bilan kunlik kasallanishlar soni bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

    01.02.2022, 15:12

    Ekvador poytaxtidagi suv toshqini oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi

    01.02.2022, 13:26

    Ukrainaga AQShdan yana 84 tonna harbiy yordam yetkazib berildi

    01.02.2022, 12:57

    Kanada bosh vazirida koronavirus aniqlandi

    01.02.2022, 11:57

    Britaniya Ukraina tufayli Rossiyaga qarshi “eng og‘ir” sanksiyalarni e’lon qildi

    01.02.2022, 10:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Vinisiusning rejalari barbod bo‘ldi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24

    Estoniya Rossiya bilan chegarada xavfsizlikni kuchaytirdi

    Dunyo | 3 avgust, 16:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.