Daryo

Tailandda rahbaridan norozi ayol neft omborini yoqib yubordi

Ombordagi kimyoviy moddalar olov ta’sirida tezlik bilan atrofga tarqalgan va bino atrofida zaharli tutun hosil qilgan

1 daqiqa o‘qish42 422 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Chiang Rai Times

Tailandda o‘zi ishlagan neft hamda kimyoviy vositalar saqlanadigan omborga o‘t qo‘ygan 38 yoshli ayol hibsga olindi. Bu haqda Chiang Rai Times xabar bergan.

Foto: Chiang Rai Times

Kuzatuv kameralari omborga o‘t qo‘yilgan vaziyatni qayd etgan. Kompaniyaning omborga mas’ul bo‘linmasiga rahbarlik qilgan Enn Sriya aybiga iqror bo‘lib politsiyaga kelgan va ushbu harakat qasos olish uchun qilinganini aytgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra uning boshlig‘i doimiy ravishda unga tanbeh berib kelgan.

Ayol bir qavatli omborni yoqib yuborgan vaqtida ichkarida minglab gallon neft va kimyoviy moddalar bo‘lgan.

Ombordagi kimyoviy moddalar olov ta’sirida tezlik bilan atrofga tarqalgan va bino atrofida zaharli tutun hosil qilgan.

Yong‘in chiqqan joyda 40 nafar qutqaruv avtomobili ishlagan. Hodisa oqibatida jabrlangan kompaniyaga jami 40 million bat (taxminan 1,18 million AQSh dollari miqdorida) moddiy zarar yetkazilgan. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar