Toshkent shahrida Nexia-3 beton ustunga urildi, deya xabar bermoqda shahar IIBB axborot xizmati.
Qayd etilishicha, Olmazor tumanida 31-yanvar kuni soat 03:45 da 102 tizimidan tushgan xabarga ko‘ra, shu kuni soat 02:20 larda Muxbir ko‘chasida haydovchi U.F. (1998-yilda tug‘ilgan) Nexia-3 avtoulovini boshqarib ketayotib, yo‘l chetidagi beton ustunga urilgan.
Oqibatda avtomobil haydovchisi U.F. olingan tan jarohatlari natijasida TTA-2 klinikasiga olib borilganida vafot etgan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transportdan foydalanish qoidalari xavfsizligini buzish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)