Daryo

Toshkentda ikkita yo‘lovchi avtobusi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi

Yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagan haydovchilar ishdan bo‘shatilgan

1 daqiqa o‘qish44 386 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent shahrida 28-yanvar kuni ikki yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketdi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, YTH shu kuni soat 16:10 atrofida shaharning Cho‘ponota ko‘chasida sodir bo‘lgan. 12-avtobus saroyi filialiga biriktirilgan 75A-avtobus yo‘nalishi haydovchisi A.Y. Isuzu avtobusini boshqarish jarayonida “Rayhon” kafesi qarshisida o‘zidan oldinda harakatlanayotgan mazkur yo‘nalishdagi haydovchi S.M. boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobusni orqa qismiga borib urilgan.

Hodisa oqibatida hech kimga tan jarohati yetmagan.

“Toshshahartransxizmat” mutasaddi xodimlari tomonidan olib borilgan xizmat surishtiruvi davomida har ikki haydovchi yo‘l harakati qoidalariga, yo‘nalish intizomiga hamda lavozim majburiyatlariga rioya qilmagani sababli ular bilan korxona o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilingan.

“Avtobuslarga yetkazilgan moddiy zarar belgilangan tartibda ishdan bo‘shatilgan haydovchilardan undiriladi”, — deyiladi xabarda. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar