• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Kattaqo‘rg‘onda soliqchining o‘limida aybdor deb topilgan YPX inspektorlariga tayinlangan hukm o‘zgarishsiz qoldirildi

    Kattaqo‘rg‘onda soliqchining o‘limida aybdor deb topilgan YPX inspektorlari ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar berilgandi. 31-yanvar kuni hukm yuzasidan keltirilgan apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqildi.

    Ma’lumot uchun, 2021-yil 3-dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tuman sudining sudlanuvchilar Mehriddin Kuchkarov (1987-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Kattaqo‘rg‘on tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan) va Shahboz Rahimberdiyev (1990-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, Samarqand viloyati IIB YHXB YPXB 4-otryad katta inspektori lavozimida ishlagan)ga oid jinoyat ishi yuzasidan hukmi e’lon qilinib, ularga nisbatan 2 yil 10 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangandi.

    Ma’lum qilinishicha, 2022-yil 31-yanvar kuni Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida ushbu jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchi Mehriddin Kuchkarov va uning himoyachisi – advokat Sh.Mahammadiyev hamda jabrlanuvchi I.Jamolov tomonidan keltirilgan apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetib, apellyatsiya instansiyasining ajrimi qabul qilindi.

    Unga ko‘ra Mehriddin Kuchkarov va Shahboz Rahimberdiyev o‘z mansab vakolatlaridan chetga chiqishi va belgilanmagan tartibda harakat qilishlari natijasida ehtiyotsizlikdan A.Ahmedovning o‘limiga sababchi bo‘lgani holati sudlov hay’ati majlisida so‘ralgan sud-tibbiy eksperti va guvohlarning ko‘rsatuvlari hamda jinoyat ishida mavjud sud-tibbiy ekspertiza xulosasi, murdani, avtomashinani va hodisa joyini ko‘zdan kechirish bayonnomasi, bodikamerasi yordamida yozib olingan videoyozuvlar va ularning stenogrammasi, xizmat tekshiruvi xulosalari, tushuntirish xatlari va boshqa inkor qilib bo‘lmaydigan dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgani sababli jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shrabot tuman sudining 2021-yil 3-dekabrdagi sudining hukmi o‘zgarishsiz, keltirilgan apellyatsiya shikoyatlari qanoatlantirilmasdan qoldirildi.

    Mazkur ajrimdan norozi taraflar qonunchilikda belgilangan tartib va muddatda Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga kassatsiya shikoyati (protest) keltirishga haqli ekani ma’lum qilingan.

    Voqea tafsiloti

    Sudlanuvchi Mehriddin Kuchkarov 2021-yilning 9-iyun kunidan 10-iyun kuniga o‘tar kechasi qo‘l ostida ishlovchi va xizmat yuzasidan o‘ziga bo‘ysunuvchi Kattaqo‘rg‘on tuman IIB YHXB xodimlari Shahboz Rahimberdiyev,  N.Ismoilov, va Sh.Xoliqulov bilan birgalikda xizmatni o‘tashlari davomida N.Ismoilovga tegishli bo‘lgan Spark rusumli avtomashinada Kattaqo‘rg‘on tumani Payshanba shaharchasi Alisher Navoiy va Mustaqillik ko‘chasi kesishmasidagi chorrahaga kelishgan.

    Soat 00:20 larda chorrahaning qarama-qarshi yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelgan fuqaro Azizbek Ahmedov o‘zining boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinasini chorrahadagi svetoforning harakatni taqiqlovchi qizil chirog‘idan harakatni davom ettirib ketganligini ko‘rgan. Ushbu avtomashina haydovchisini to‘xtatish maqsadida uning orqasidan harakatni davom ettirib, unga yetib olishgach, o‘zlarining boshqaruvidagi Spark rusumli avtomashina bilan Azizbek Ahmedov boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinaning old tomoniga o‘tib, uning harakatlanishini cheklab to‘xtatgan.

    Keyinchalik Cobalt rusumli avtomashina haydovchisi Azizbek Ahmedovning nutqi va harakatlaridan uning mast holatdaligini bilishgach, Kattaqo‘rg‘on tuman IIB YHXB bo‘linmasi boshlig‘i Mehriddin Kuchkarov haydovchi Azizbek Ahmedovga tibbiy ko‘rikdan o‘tishni taklif qilgan.

    Shunda u tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgach, Mehriddin Kuchkarov va Shahboz Rahimberdiyev Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabrdagi 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l-patrul xizmati xodimlarining yo‘l harakati qatnashchilari bilan o‘zaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 14-bandi, 7-xatboshisida nazarda tutilgan “haydovchi mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazilishidan bo‘yin tovlagan taqdirda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 136-moddasida (transport vositalari haydovchilarining va yo‘l harakati boshqa ishtirokchilarining mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlashi) nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirish choralarini ko‘rmasdan, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunning 22-moddasi talablariga zid ravishda, mansabdor shaxs sifatida o‘ziga berilgan vakolatlar doirasidan chetga chiqqan.

    Ular harakatlari bilan o‘ziga va atrofdagilarga ziyon yetkazishga harakat qilmagan bo‘lsa-da, haydovchi Azizbek Ahmedovga asossiz hamda maqsadga muvofiq bo‘lmagan tarzda kuch ishlatib, uni o‘zlari minib kelgan Spark rusumli avtomashinaning orqa o‘rindig‘iga majburlab joylashtirishga harakat qilgan.

    Ushbu jarayonda Azizbek Ahmedov o‘ziga nisbatan kuch ishlatmaslikni va unga nisbatan qilinayotgan zo‘ravonlikdan azob chekayotganligini bildirib, buni to‘xtatishni bir necha marta so‘ragan bo‘lishiga qaramasdan, Mehriddin Kuchkarov va Shahboz Rahimberdiyev ushbu holatda Azizbek Ahmedov o‘zida og‘riq va azob his qilayotganligini anglagan bo‘lsa-da, shunga ko‘ra uning og‘ir holatlarga tushib qolishi, shu jumladan, vafot etishi mumkinligiga jinoiy beparvolik bilan e’tibor qilmasdan, o‘zlarining noqonuniy harakatlarini davom ettirgan.

    Mehriddin Kuchkarov haydovchi Azizbek Ahmedovni qo‘llarini qayirgan holda, Shahboz Rahimberdiyevning yordami bilan tanasini egib, bosib turishini davom ettirishlari natijasida Azizbek Ahmedovda bo‘lgan yurak ishemik kasalligi kuchli hayajonlanish negizida xuruj qilib, voqea joyida vafot etgan.

    Ichki ishlar vazirligining 11-iyundagi bayonotida Ahmedov YPX xodimlari tomonidan ushlanib, “o‘ta mast holatda bo‘lgani gumon qilinib, tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun taklif qilinganida fuqaro ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan, faol qarshilik ko‘rsata boshlagani, shu vaqt oralig‘ida tibbiy ko‘rikka olib borish uchun transport vositasiga o‘tqazilgan fuqaroning sog‘lig‘i yomonlashib, voqea joyiga tez tibbiy yordam xizmati chaqirtirilgani, biroq ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay, fuqaro Azizbek Ahmedov vafot etgani” ta’kidlanadi.

    IIV bayonot bilan birga, holatning bodikamerada olingan videosini ham e’lon qilgandi.

    IIV ikki nafar YPX xodimining bodikamerasi orqali yozib olingan videoni ulab (montaj qilib), e’lon qilgan. Videoda xodimlar tuman DSI boshlig‘ini ushlab, Spark mashinasining orqa o‘rindig‘iga o‘tqizishga urinayotganini ko‘rish mumkin.

    Ikki xodim Azizbek Ahmedovni old va orqa tomonidan mashinaga kuch bilan o‘tqizishga harakat qilgan, Azizbek Ahmedov esa ularga qarshilik qilgan. Videoning aynan shu joyida kichik uzilish bo‘lgan hamda katta serjantning o‘rniga kichik serjantning bodikamerasi orqali yozib olingan video qo‘yilishni boshlagan. Ikki nafar xodim esa hushini yo‘qotgan Azizbek Ahmedovni mashinadan tushirib, yerga yotqizgan. YPX xodimlari tez yordam chaqirgan, ular o‘zaro suhbatda Azizbek Ahmedov nafas olayotganini bir-biriga aytgan. IIV Azizbek Ahmedovni old tomondan tortib, mashinaga o‘tqizishga uringan YPX xodimining bodikamerasidagi yozuvlarni e’lon qilmagan.

    Mavzuga doir: “Maqsad nimanidir ko‘rsatmaslik emas, shunchaki rolikni qisqartirish bo‘lgan” — Shohrux G‘iyosov Kattaqo‘rg‘onda soliqchi o‘limi aks etgan videoning kesib tashlanishi haqida

    31.01.2022, 22:23   Izoh (0)   28210
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev 44 nafar mahbusni muddatidan avval ozod etdi

    31.01.2022, 21:22

    Onasi ayiq qafasiga tashlab yuborgan qizcha va uning akasiga Toshkent hayvonot bog‘iga bir umr bepul kirish imkoniyati berildi

    31.01.2022, 20:58

    Samarqanddan uchgan samolyotda texnik nosozlik aniqlandi

    31.01.2022, 20:42

    O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoq va messenjerlardan foydalanuvchilarning soni ma’lum bo‘ldi

    31.01.2022, 20:36

    Samarqandda “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ishga kiritib qo‘yish uchun 3 ming dollar pora olgan temiryo‘lchi ushlandi

    31.01.2022, 20:05

    Toshkentdagi binolarning yoshini aniqlash imkonini beruvchi Age Tashkent loyihasi ishga tushdi

    31.01.2022, 19:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda ayol plastik operatsiya uchun 2,4 mln dollar o‘g‘irladi

    Dunyo | 21 iyul, 00:10

    G‘azo talabalari urush boshlangandan buyon ilk bor imtihon topshiradi

    Dunyo | 20 iyul, 23:46

    Rossiya Shahed dronlarini ishlab chiqaradigan zavod namoyish qilindi (video)

    Dunyo | 20 iyul, 23:30

    Eron Isroil hujumlarida shikastlangan havo mudofaa tizimlarini yangiladi

    Dunyo | 20 iyul, 23:05

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    O‘zbekiston | 20 iyul, 22:41

    Ilon Mask bolalar uchun Baby Grok ilovasini ishga tushiradi

    Dunyo | 20 iyul, 22:30

    Avtoritar tizim o‘zgarmaguncha Gruziya Yevropa Ittifoqiga qo‘shila olmaydi — YI parlamenti

    Dunyo | 20 iyul, 22:10

    Yaponiyada qutqaruv ishlari uchun 3 metrli robot yaratiladi

    Dunyo | 20 iyul, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.