“Real” hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar madridliklar jamoasini tark etmoqchi.
RMC Sport jurnalisti Sasha Tavolyeri belgiyalik futbolchining bunday qarorga kelishiga sal oldin jamoada sodir bo‘lgan voqea sabab bo‘lgani haqida yozdi.
Gap shundaki, Madrid jamoasi shifokorlari Azarga yana bir bor jarrohlik amaliyotini amalga oshirishni maslahat bergan, ammo “Real” prezidentni Florentino Peres operatsiya shart emasligini aytgan. Peres belgiyalik futbolchining ko‘proq o‘ynashini, bu orqali esa uni sotishga imkon paydo bo‘lishini xohlagan.
Joriy mavsumda 31 yoshli futbolchi “qaymoqranglilar”ning barcha musobaqalardagi 16 ta o‘yinida ishtirok etib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.
“Real” Azarni 2019-yilning yozida “Chelsi”dan sotib olgandi. Madridliklar ushbu transferga 100 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)