• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi boshchiligida Ustyurt, Qashqadaryo, Buxoro regionidagi geologiya-qidiruv ishlari holati o‘rganildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021-yil 25-dekabr kuni Uzbekistan GTL zavodiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligida Qashqadaryodagi “Sho‘rtan” koni shtabida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

    Tadbirda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2021-yilda bajarilgan geologiya-qidiruv ishlari, ularning natijalari hamda 2022-yilda geologik tadbirlarni amalga oshirishni jadallashtirish, zaxiralarni o‘stirish, yangi maydonlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, ularning kelgusi istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha ishlar muhokama qilindi.

    Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Sho‘rtan” koni shtabida o‘tkazilgan yig‘ilishda “O‘zLitineftgaz” AJ, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zbekgeofizika” AJ, “Igirnigm” DM kabi korxonalarning rahbarlari, mas’ul mutaxassislari, ilmiy xodimlari, shuningdek, hududlarda geofizik tadqiqotlarni olib borish, quduqlarni burg‘ilash va tabiiy gaz qazib chiqarish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, muhandislar, geolog va geofiziklar ishtirok etishdi.

    Dastavval “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 2021-yilning yanvar—avgust oylarida bajarilgan ishlar, erishilgan natijalar, mavjud muammoli masalalar hamda ularning yechimlariga doir takliflarning muhokamasi o‘tkazildi.

    2021-yilda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 1410 kvadrat kilometr 3D seysmik ishlar bajarildi, 22 ta yangi maydonlar burg‘ilashga kiritildi, 139 ming metrdan ortiq burg‘ilash ishlari bajarildi. 5 ta, ya’ni “Ijobat”, “G‘arbiy Quyi Surgil” va “Razzoqbobo”, “Quyi Sharqiy Berdax” va “Chetqum” yangi gaz konlari ochildi, 42 million tonna shartli yoqilg‘i miqdorida uglevodorod zaxiralari ko‘paytirildi.

    Shu bilan birga, ishlab chiqarish jarayonlarida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqilib, tegishli rahbar va xodimlarga ularni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda barcha tadbirlarning samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

    Shuningdek, 2022-yilda Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan 20 ta yangi maydonlarda geologiya-qidiruv ishlarini qisqa muddatlarda tashkillashtirish masalasi ko‘rib chiqildi. Barcha tadbirlarni zarur material-texnik resurslar bilan o‘z vaqtida ta’minlash hamda ularni maqsadli tashkil etish orqali burg‘ilashni sifatli amalga oshirish lozimligi qayd etildi.

    Tegishli rahbar va mutaxassislarga “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha 2022-yilda 35 milliard kub metrdan ortiq tabiiy gaz va 1,0 million tonna suyuq uglevodorod zaxiralarini o‘stirish yo‘lida barcha zarur choralarni ko‘rish hamda mavjud resurslarni to‘liq safarbar etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

    Shu bilan bir qatorda, 2022-yilda amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlarining asosiy istiqbolli yo‘nalishlari aniqlab olinib, bu borada ishlab chiqilgan tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etish masalalari muhokama etildi. Bu borada Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan yana 20 ta yangi istiqbolli strukturalarni tayyorlash orqali istiqbolli maydonlar defitsitini yechish masalasi alohida ko‘rib chiqildi.

    Bundan tashqari 2022—2026-yillarda “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan 10 ming 200 kvadrat kilometrdan ortiq 3D seysmik ishlarni bajarish, 100 dan ortiq yangi maydonlarni burg‘ilashga kiritish, 965 ming metr burg‘ilash ishlarini bajarish, 310 ta quduqlarni qurilish bilan tugatish reja qilib olindi.

    Ushbu tadbirlar natijasida 177,6 milliard kub metrdan ortiq tabiiy gaz hamda 6,5 million tonna suyuq uglevodorod zaxiralarini o‘stirishni ta’minlash belgilandi.

    Yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish jarayonida “O‘zbekneftgaz” AJ, Davlat geologiya qo‘mitasi, “O‘zLitineftgaz”AJ, “O‘zbekgeofizika” AJ mutaxassislari va “Igirnigm” DM o‘rtasida yaqin hamkorlik qilish belgilab olindi.

    O‘z navbatida sohada faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlarning malakasini oshirish maqsadida tarmoq o‘qishlarini tashkil etish, tajriba almashish amaliyotini takomillashtirish, zarur hollarda esa ushbu tadbirlarga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etish lozimligi ta’kidlandi.

    Sohani rivojlantirishga eng ilg‘or, zamonaviy va innovatsion yechimlarini tadbiq etish, tarmoqni raqamlashtirish hamda barcha jarayonlarni kompleks modellashtirish ishlarini jadallashtirish ko‘rsatib o‘tildi.

    Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan respublikaning Ustyurt, Qashqadaryo va Buxoro mintaqalarida yangi maydonlarni o‘zlashtirish, yangi zaxiralarni aniqlash hamda uglevodorodlarni qazib chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettirilmoqda.

    “O‘zbekneftgaz” AJ matbuot xizmati

    14.01.2022, 10:30   Izoh (0)   22805
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 824 kishida koronavirus tasdiqlandi, uch bemor vafot etdi

    14.01.2022, 10:21

    “O‘zgidromet” dam olish kunlari ayrim hududlarda kuchli shamol bo‘lishidan ogohlantirdi

    14.01.2022, 10:08

    Hindistonga davolanishga borgan surxondaryolik erkakni vatandoshi chuv tushirdi

    14.01.2022, 09:37

    Milliy gvardiya “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi yaqinida yonib ketgan harbiy texnika yuzasidan izoh berdi

    14.01.2022, 09:05

    Farg‘ona shahri ko‘chalari bo‘ylab 1100 kvadrat metr bo‘lgan bayroq olib o‘tildi (foto)

    14.01.2022, 08:13

    Toshkentdagi “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi yaqinida harbiy texnika yonib ketgani aks etgan video tarqaldi

    14.01.2022, 00:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinning butun Donbassni egallash talabini qo‘llab-quvvatladi — OAV

    Dunyo | 17 avgust, 18:40

    Putin Shavkat Mirziyoyevga Alyaskadagi sammit haqida ma‘lumot berdi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 18:08

    Isroil falastinliklarni G‘azo janubiga majburan ko‘chirishga tayyorgarlik boshladi

    Dunyo | 17 avgust, 17:40

    Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga ta’ziya yo‘lladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 17:10

    Navbatdagi “derbi” va ko‘p yillik tanaffusdan keyingi g‘alaba: “Navbahor” va “Neftchi” o‘yinidan fotogalereya

    Futbol | 17 avgust, 17:05

    Uchta “respublikachi shtat” poytaxt Vashingtonga qo‘shin yuboradi

    Dunyo | 17 avgust, 16:55

    Hindiston Fransiyadan yana 114 ta Rafale samolyotini sotib oladi

    Dunyo | 17 avgust, 16:25

    Kameralardan yiroqda: oddiy hayot kechirish uchun kinoni tark etgan 5 aktyor

    Kino | 17 avgust, 15:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.