Yettita jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq ayblov qo‘yilgan “Manchester Siti” himoyachisi Benjamin Mendi ozodlikka chiqarildi.
RMC Sport’ning yozishicha, 27 yoshli fransiyalik futbolchi garov evaziga ozod qilingan.
Mendi 2021-yilning avgust oyidan buyon qamoqxonada saqlanayotgandi. 2022-yilning yanvar oyiga belgilangan sud jarayoni esa kechroq muddatga ko‘chirilgan.
Qayd etish kerak, sud bungacha Mendini uch marta garov evaziga qo‘yib yuborishdan bosh tortgandi, uning umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkinligi haqida xabarlar yangragandi.
Izoh (0)