• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti bilan Qozog‘istondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi

    Shavkat Mirziyoyev 6-yanvar kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

    Ma’lum qilinishicha, suhbat davomida ikki mamlakat rahbarlari O‘zbekiston bilan Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining hozirgi holati va istiqbollarini, hamkorlikni yanada faollashtirish masalalarini muhokama qilgan. Shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat, xususan, Qozog‘istonda vujudga kelayotgan holat yuzasidan fikr almashgan.

    Davlat rahbarlari Qozog‘istonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan barcha choralarni ko‘rish zarurligi to‘g‘risida umumiy fikr bildirgan. Shu bilan birga, prezidentlar vujudga kelgan holatni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirib, zo‘ravonlik va vaziyat keskinlashuviga yo‘l qo‘ymaslik muhimligini ta’kidlab o‘tgan.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istondagi vaziyat bo‘yicha Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qilib, holatni muhokama qildi.

    Nimalar bo‘lyapti?

    Qozog‘istondagi norozilik namoyishlari avtomobillar uchun yonilg‘i hisoblanuvchi neftdan olinadigan gaz narxining ko‘tarilgani oqibatida 2-yanvarda boshlandi. Narxlar 1 litr uchun 50-60 tengedan birdaniga 120 tengega ko‘tarildi. Hukumat buni 1-yanvardan boshlab gaz narxini belgilash erkin bozor shartlari asosida amalga oshirilishi va talab hamda taklif munosabatlariga asoslanishi bilan izohladi.

    Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ham narxlar pasayishi haqida Twitter’da tvit qoldirdi. Aqto‘be ma’muriyati ham narx 50 tengega tushganini bildirdi. To‘qayev “noxolis shaxslarning da’vatlariga uchmaslikka” chaqirdi. U ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega talablar alohida o‘rganilishi haqida ijtimoiy tarmoqda yozdi.

    Keyinchalik Qosim-Jo‘mart To‘qayev namoyishchilarga yana bir marta murojaat qildi. Qozog‘iston prezidenti namoyish o‘tkazayotganlardan provokatsiyaga uchmaslikni so‘ragan, miting o‘tkazishning ham o‘z qonun-qoidalari borligini, ayniqsa hissiyotga beriladigan yoshlar qaltis va qonunga zid harakatlar bilan o‘z kelajagiga salbiy ta’sir ko‘rsatib qo‘yishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Olmaota shahri va Mang‘istov viloyatida 19-yanvarga qadar favqulodda holat tartibi joriy qilindi.

    Ammo baribir vaziyat keskinlashishda davom etdi va Qozog‘iston prezidenti hukumat iste’fosini qabul qildi. 5-yanvarning ikkinchi yarmida To‘qayev Qozog‘iston xalqiga yana videomurojaat yo‘lladi va Xavfsizlik kengashi raisining vakolatlarini ham qabul qilib olgani, mamlakatdagi namoyishlar ortida moliyaviy qo‘llab-quvvatlanayotgan fitnachilar turganini ma’lum qildi.

    Qozog‘istondagi voqealar yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bayonot bilan chiqib, ushbu mamlakatda kechayotgan so‘nggi voqealar O‘zbekistonda xavotir bilan qabul qilingani, vaziyat rivoji diqqat bilan kuzatib borilayotganini bildirdi. Shuningdek, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari vatandoshlar bilan doimiy aloqada ekanligi, zarur holatlarda O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatilayotgani  ma’lum qilindi.

    06.01.2022, 20:11   Izoh (0)   24869
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda tuxum eksportiga taqiq qo‘yilgani haqidagi xabarga raddiya berildi

    06.01.2022, 19:13

    O‘zbekiston xalqaro ochlik reytingida 21-o‘rinni egalladi

    06.01.2022, 18:54

    Uzbekistan Airways 13-yanvargacha Olmaota, Aqto‘be va Aqtauga rejalashtirilgan parvozlarni bekor qildi

    06.01.2022, 18:39

    Sirdaryoda Yangi yil kuni “ognetushitel” portlatgan yigit 15 sutkaga qamaldi (video)

    06.01.2022, 18:10

    Xorazm viloyati IIB tizimida yangi lavozim tayinlovlari amalga oshirildi

    06.01.2022, 17:26

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pastlashda davom etmoqda

    06.01.2022, 17:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yarim yilda yoqilg‘i-energetika sohasiga yetkazilgan 758 mlrd so‘m zarar undirildi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 23 iyul, 00:00

    “Obama, Klinton va Baydenni jinoiy javobgarlik kutmoqda” — Tramp

    Dunyo | 22 iyul, 23:50

    “So‘nggi kunlardagi issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy taʼsir qilmoqda” — iqlimshunos

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:35

    O‘zbekiston DXX raisi Kobulda “Tolibon” mudofaa vaziri bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:19

    Afg‘oniston janubida bolalar o‘yinchoqlarini sotish taqiqlandi

    Dunyo | 22 iyul, 22:50

    Namanganda 82 marta qoida buzgan haydovchining mashinasi jarima maydoniga joylashtirildi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.