Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda tuxum eksportiga taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqalgandi. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, bloger Bahodir Ahmedov Telegram’dagi kanalida “Tuxumga taqiq: bosh vazir yig‘ilish bayonnomasi, asl taklif berganlar ma’lum” sarlavhali post joylashtirgan. Unda bir qator vazirliklar bojxonadan 1-aprelgacha tuxum o‘tkazmaslik taklifi bilan chiqqani, buning boshida Veterinariya qo‘mitasi turgani aytilayotgani keltirilgan.
Qo‘mita bunga javoban quyidagilarni ma’lum qilgan:
“Tuxum eksporti bo‘yicha tadbirkorlarga og‘zaki yoki yozma taqiq qo‘yilmagan. Shuningdek, tadbirkorlar tuxum import qiluvchi mamlakatlarning me’yor va tartiblariga muvofiq eksport qilishlari uchun qo‘mita tomonidan cheklov o‘rnatilmagan”.
Izoh (0)