Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yakunlanayotgan yilda shou-biznes vakillarining ko‘pchiligi ota-ona bo‘lish baxtiga musharraf bo‘lishdi. 2022-yilda ona bo‘lishni rejalashtirayotgan san’at vakillari ham bisyor. Ularning ayrimlari bilan tanishtiramiz.

Asal Shodiyeva

Foto: Instagram / @asalshodieva

Foto: Instagram / @asalshodieva

2020-yilning sentabr oyida ilk bor ona bo‘lgan aktrisa Asal Shodiyeva yana homilador. Oilaning to‘ng‘ich farzandi Muhammadyusuf 2 yoshga to‘lgan. Aktrisa ayni damda turmush o‘rtog‘i Shohruhxon bilan Turkiyaga safar qilgan. Mish-mishlarga qaraganda, Asal Shodiyeva ikkinchi farzandini Istanbul shahridagi xususiy tug‘ruqxonada dunyoga keltirmoqchi.

Bahora Arslonova

Foto: Instagram / @bahora_arslonova

Foto: Instagram / @bahora_arslonova

Aktrisa ayni damda besh oylik homilador. U 2021-yilning yanvar oyida qizi Volidaxonni dunyoga keltirgandi. Rejalashtirilmagan homiladorlik aktrisa va uning oila a’zolarini quvontirgan. Aktrisaning aytishicha, ikkinchi farzandi aprel oyida dunyoga keladi.— Navbatdagi homilamni o‘g‘il deyishyapti. Ikkinchi homiladorligim u qadar qiyin kechmadi. Yoshiga to‘lmagan farzandim bilan qiynalaman, deb o‘ylagandim. Ko‘z tegmasin, hammasi oson kechyapti, — deydi aktrisa Bahora Arslonova.

Dilso‘z

Foto: Instagram / @dilsoz_singer_new

Foto: Instagram / @dilsoz_singer_new

Xonanda Dilso‘z to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U ilk farzandi Dilso‘zni (xonanda qiziga taxallusini ism sifatida qo‘ygan) 2015-yilning oktabr oyida dunyoga keltirgan. Undan keyin 2017-yilda yana qizlik, 2019-yilda esa o‘g‘il farzandli bo‘lgan.— Bolaligimdan serfarzand onalarga havas qilganman. Nasib qilsa, Yangi yilda to‘rtinchi bor onalik baxtiga erishaman. O‘ylaymanki, yaratgan o‘g‘limni ukacha bilan siylaydi, — deydi xonanda Dilso‘z.

Huvaydo Jumayeva

Foto: Huvaydo Jumayeva shaxsiy arxividan

Foto: Huvaydo Jumayeva shaxsiy arxividan

O‘zbekiston davlat Satira teatri aktrisasi Huvaydo Jumayeva to‘rtinchi farzandiga homilador. U ilk farzandi Mavlonbekni 2010-yilda, qizi Mohizarni 2015-yilda, Muhammadaminni esa 2020-yilda dunyoga keltirgandi.— Qizimni ikkita qilay, deb niyat qildim. U ukasi Muhammadamin tug‘ilganda singil olib kelmaganim uchun biroz ranjigandi. Nasib qilsa, bahorda farzandlarim soni yana bittaga ko‘payadi. Tug‘ruqdan keyin biroz dam olib, yana ijodga qaytaman, — deydi aktrisa.

Dilnoza Ismiyaminova

Foto: Instagram / @dilnoza.ismiyaminova

Foto: Instagram / @dilnoza.ismiyaminova

Eshitishimizcha, xonanda Dilnoza Ismiyaminova ham homilador, ammo u negadir buni inkor etdi. Uning hozircha Umidjon ismli o‘g‘li bor.

Foto: Instagram / @dilnoza.ismiyaminova

Foto: Instagram / @dilnoza.ismiyaminova

— Homilador bo‘lishni chin ko‘ngildan istayman. Qaniydi, o‘g‘limning shirin ukasi yoki singlisi bo‘lsa.  2022-yilda yana bir karra ona bo‘lish niyatidaman. Kelayotgan yildan umidlarim katta, — deydi xonanda Dilnoza Ismiyaminova.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi