Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ichki ishlar organlari xodimlari so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali bir-birini haqorat qilib kelayotgan o‘zbek shou-biznes vakillari Ahad Qayum va Aziz Rametov bilan profilaktik suhbat o‘tkazdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Kadr: Telegram

Ijtimoiy tarmoqlarda Aziz Rametov va Ahad Qayum o‘rtasidagi tortishuvlar videosi keng tarqalmoqda. Unda shou-biznesning ikki vakili bir-birini qandaydir sabablar bilan haqorat, shuningdek, bir-birining “oyoq-qo‘lini sindirib, nogironlik aravachasiga mixlab qo‘yish” bilan tahdid qilganini ko‘rish mumkin.

IIVning ma’lum qilishicha, ularning bu kabi harakatlari fuqarolarning e’tiroziga sabab bo‘lgan. Shu sababli ikkala aktyor bilan ham profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

“Meni ismimni olib, bir joyda gapirgani uchun men ham ularga nisbatan ehtirosga berilib, gapirgan gaplarimdan juda ham qattiq afsusdaman. Aziz Rametovga qilgan murojaatim yoki ba’zi bir noto‘g‘ri xatti-harakatarimiz uchun ming bor uzr so‘rayman”, — deydi Ahad Qayum.

O‘z navbatida, Aziz Rametov ham o‘zining bu kabi xatti-harakatlari uchun uzr so‘ragan. “Qizishib, gapirgan gaplarim uchun uzr so‘rayman. Kuzatuvchi sifatida dili ranjigan yurtdoshlarimiz, vatandoshlarimizdan uzr so‘rayman”, — deydi aktyor.

Profilaktik suhbat jarayonida ushbu shaxslar kelgusida yana fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan kamsitish, OAV va internet tarmoqlari orqali tahqirlash, jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish kabi harakatlarni sodir etsa, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida rasman ogohlantirilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?