• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Parizoda bilan yarashgan, konserti ketma-ket qoldirilgan, vazirning shogirdi Alisher Fayzning konsertidan reportaj (foto, video)

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Fayz “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Yurak so‘zi” deb nomlangan konsert dasturini taqdim etmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Konsert dasturida mehmon bo‘lgan “Daryo” muxbiri Feruz Muhammad konsertdan reportaj tayyorladi.

    Alisher Fayzning konsert dasturi pandemiya sababli bir necha marotaba qoldirilgan edi. Dastavval xonandaning konsert dasturi 2020-yilning 18—23-aprel kunlari bo‘lib o‘tishi kerak edi. Pandemiya sababli Alisher Fayzning konserti qoldirildi. Respublika maxsus komissiyasi tomonidan konsert dasturiga ruxsat berilgach, Alisher Fayz 2021-yilning 18—23-may kunlari konsert dasturi bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgan edi. Biroq karantin chora-tadbirlari kuchaytirilgach, xonandaning konsert dasturi ikkinchi marotaba qoldirildi.

    Foto: “Daryo”

    Alisher Fayzning ikki marotaba qoldirilgan konsert dasturi oradan yetti oy o‘tib, 2021-yilning, 14—19-dekabr kunlarida bo‘lib o‘tmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Alisher Fayzning prodyuseri, konsert tashkilotchisi Lutfulla Fathullayevichning ma’lumotiga qaraganda, konsert dasturi ikki marotaba qoldirilgan bo‘lsa-da, konsert dasturining birorta chiptasi, biletni sotib olgan muxlislar tomonidan qaytarib berilmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Alisher Fayzning prodyuseri, konsert tashkilotchisi Lutfulla Fathullayevich

    Alisher Fayzning muxlislari tomonidan uzoq kutilgan konsert dasturi bir-biridan go‘zal, unutilmas qo‘shiqlar, raqslar, sahna ko‘rinishlari bilan esda qoldi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Konsert dasturi uch bo‘limdan iborat bo‘ldi. Xonanda konsertning birinchi bo‘limida “Ko‘ylak”, “Yolg‘on ekan-ku”, “Rashk”, “Yarashibdi”, “Xizmat doirasidan tashqarida”, “Mashshoqlar”, “Pul-pul”, “Ketsa ketar”, “Toshkanli” kabi qo‘shiqlarini kuyladi.

    Foto: “Daryo”

    Birinchi bo‘limda kuylangan, Alisher Fayzning yangi qo‘shiqlari hisoblangan “Xizmat doirasidan tashqarida”, “Mashshoqlar”, “Pul-pul” qo‘shiqlari mavzuning originalligi, mahoratli ijro, sahna ko‘rishishlarining qiziqligi jihatidan katta ahamiyatga egadir.

    Insonlar o‘rtasida yo‘qolib ketayotgan oqibat haqida kuylangan “Xizmat doirasidan tashqarida” qo‘shig‘i bilan muxlislarni yig‘latgan Alisher Fayz “Pul-pul” deb nomlangan kosa ostidagi nimkosaga ega qo‘shig‘i bilan ularni kuldirdi.

    Alisher Fayz hamkasblarining internet olamidagi “otvet”lashishi, bo‘lar-bo‘lmas video murojaatlarini qoralab, “Mashshoqlar” deb nomlangan qo‘shig‘ida ularni keskin tanqid ostiga oldi. Zo‘r bo‘ldi.

    Foto: “Daryo”

    Alisher Fayz dasturining birinchi bo‘limida ustozi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovning “Ketsa-ketar” deb nomlangan qo‘shig‘ini ham kuyladi.

    Ikkinchi bo‘lim boshlandi. Bu bo‘limda “Qozoqcha”, “Rossiyada o‘tib ketdi umrim mening”, “Hay-hay”, “Falonchi”, “Jufti halolim”, “Onajon”, “Davralarda”, “Oilamizga” singari qo‘shiqlar kuylandi.

    “Rossiyada o‘tib ketdi umrim mening” deb nomlangan qo‘shiq kuylangan vaqtda zal muxlislarning qo‘l telefonlarining yoritkichi bilan mitti yulduzlarga to‘ldi. Qo‘shiqni kuylagan Alisher Fayzning ham, uni tinglagan muxlislarning ham ko‘zi yoshlandi. Ushbu qo‘shiq shoir va bastakor Xushnud Darvesh tomonidan tayyorlangan.

    Foto: “Daryo”

    Alisher Fayz ko‘p yillardan buyon ijodiy hamkorlik qilib kelgan raqqosa Parizoda bilan so‘nggi yillarda ijod qilmay qo‘ygan edi. Shov-shuvlarga o‘ch bo‘lmagan xonanda Parizoda bilan o‘rtasidagi kelishmovchilik haqida biror joyda gapirmagan.

    “Yurak so‘zi” dasturida esa xonanda va raqqosa yana bir sahnada chiqish qilishdi. Alisher Fayz ajoyib qo‘shiq bilan Parizodaga “Uzr salom” raqsini ijro ettirdi. Buni faqat ko‘rish kerak.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Uchinchi bo‘lim. Bu bo‘limda xonanda “Arziymanmi?”, “Importniy”, “Tojikcha”, “Rahmat”, “Toshkentdan Xorazmgacha”, “Noz-noz” qo‘shiqlarini kuyladi.

    Konsertda “Sabo”, “Shodiyona” raqs ansambllari, shuningdek, raqqosa Shodiyora Omonova hamda Parizodalar tomonidan bir-biridan go‘zal raqslar ijro etildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Alisher Fayz avvalgi konsert dasturlarida konsertga tashrif buyurgan muxlislari orasida maromiga yetkazib raqs tushib, Alisher Fayzning e’tiborini tortgan E’zoza Saydaliyeva bu yilgi konsert dasturida sahnada raqs tushdi.

    Foto: “Daryo”

    Alisher Fayzning konsert dasturlarida uch yoshidan buyon raqs tushib kelayotgan E’zoza Saydaliyeva ilk marotaba katta sahnaga chiqishi taassurotlari haqida gapirdi.

    Uch yoshimdan buyon Alisher akaning konsertlariga kelaman. Konsertda hamisha zalda raqsga tushardim. Alisher aka esa har safar sahnaga olib chiqib, raqs tushirardilar. Bundan ikki yil avval Alisher aka “o‘zingizga mos qo‘shiq yozib, sizni sahnaga olib chiqaman”, deb va’da bergandilar. Mana karantindan keyin sahnaga chiqib, raqs tushish nasib etadi.

    E’zoza Saydaliyeva, Alisher Fayzning muxlisasi

    Xonanda konsertga tashrif buyurgan muxlislari orasidan mana shunday iste’dodlarni kashf qilishni an’anaga aylantirishini ma’lum qildi.

    Alisher Fayzning yana bir katta yutug‘i, u doimiy izlanishdagi ijodkor. Shu sababli kimdirlar uchun oddiy tuyulgan voqealikdan ustalik va samimiyat bilan foydalana oladi. Yuqorida aytganimiz, raqqosa Parizoda bilan bo‘lgan voqea, balki boshqa bir xonandada bo‘lganida, bu holat katta janjal bilan tugashi mumkin edi. Alisher Fayz esa bu vaziyatni chiroyli ijodiy asar bilan yumshatdi va yaxshilik bilan tugatdi.

    Foto: “Daryo”

    Alisher Fayz ustozi, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Madaniyat vaziri lavozimida faoliyat yuritishini hamma yaxshi biladi. Alisher Fayz ushbu holatdan ham juda o‘rinli foydalandi. Xonanda “Falonchixon” deb nomlangan qo‘shig‘ida shunday misralar bor.

    Ko‘cha ko‘yda ko‘rganda,

    Sira parvo qilmasdi.

    Vazirni shogirdi unga

    Shaydoligin bilmasdi.

    Ushbu misralar muxlislarning kayfiyatiga yanada ko‘tarinkilik ulashdi. Alisher Fayzda bunday oddiy, samimiy, qayta-qayta tinglab to‘ymaydigan qo‘shiqlar bisyor bo‘ldi.

    Alisher Fayzning prodyuseri, konsert tashkilotchisi Lutfulla Fathullayevich, konsert badiiy rahbari Xushnud Darvesh, prodyuser yordamchisi Shavkat Yuldashev bo‘ldi.

    Konsertga kelgan mehmon san’atkorlar Alisher Fayzning “Yurak so‘zi”ni + 5 ga baholashdi. Haqiqatan ham konsert dasturi juda yuqori saviyada o‘tmoqda.

    19.12.2021, 18:19   Izoh (0)   99072
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zgalar dardi”, “Antiqa sovchilar”, “Kapalak tushi” va poytaxt teatrlaridagi eng ko‘p tomosha qilinayotgan boshqa spektakllar (foto)

    17.12.2021, 14:42

    “Otamdan qolgan dalalar”dagi Dehqonqul, “Lafz”dagi Tolib. Aktyor va chempion A’zam Shokirjonov hozir qayerda? (foto, video)

    16.12.2021, 12:23

    “Bugungi kechani uch yil kutdik”. Anqaradagi o‘zbekistonliklar uchun gala konsert tashkil etildi (foto)

    15.12.2021, 20:15

    “Voy alamjon” qo‘shig‘i bilan mashhurlikka erishgan xonanda Muhammadkarim Soipov 58 yoshida vafot etdi

    08.12.2021, 20:33

    Hamza Umarov, Zaynab Sadriyeva va boshqa kino darg‘alarining ota-onasidek mashhur bo‘la olmagan san’atkor farzandlari (foto)

    07.12.2021, 20:25

    Samarqand 2023-yilda Jahon turizm tashkilotining 25-assambleyasiga mezbonlik qiladi

    02.12.2021, 23:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.