Animatsion seriallar ishlab chiqarila boshlaganiga 100 yildan oshdi. O‘tgan vaqt mobaynida multfilmlar bolalar uchun ajoyib sherikka aylanib ulgurdi. Bolalar multfilm orqali dunyo haqidagi yangi ma’lumotlarni, qanday qilib to‘g‘ri qaror qabul qilishni, qanday do‘st tanlash va xatolardan qo‘rqmaslikni o‘rganadi. Shuningdek, ilgari multfilmlar faqat bolalar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, hozirda kattalar ham ularni zavq bilan tomosha qiladi. Bu orqali butun oila birlashadi va kamida ikki soat dunyo tashvishlaridan xalos bo‘ladi.

“Raya va so‘nggi ajdaho”

Foto: AdMe

Multfilmdagi voqealar Kumandra nomli xayoliy mamlakatda bo‘lib o‘tadi. Urush olib borayotgan 5 qabiladan birining yetakchisining qizi Raya ham so‘nggi ajdarni izlashga kirishadi. Ammo ajdahoning kuchi insonlarga yordam berish uchun kamlik qiladi. Odamlar qachonki bir-birlari bilan birlashgandagina sehrli toshni faollashtirishni va o‘z yerlarini saqlab qolishlari mumkin bo‘ladi. Multfilmda, asosan, tarqoqlik mavzusi ko‘tarilgan. Qahramon hayotda nafaqat jasorat, balki odamlarga ishonish qobiliyati ham qadrli ekanini tushunadi va umumiy manfaat shaxsiy maqsadlardan ustun ekanligi ochib beriladi.

“Aynbo. Amazoniyaning yuragi”

Foto: AdMe

Yosh ovchi Aynbo Amazonka o‘rmonida o‘sgan va u yerga sehrli ravishda bog‘langan. Ammo bir kuni u yerga o‘zga yerliklar bostirib keladi. Natijada Aynbo bilgan har bir odam xavf ostida qoladi. O‘zining sujeti bilan multfilm atrof-muhit muammolari va o‘rmonlarni kesishning salbiy oqibatlariga e’tibor qaratgan. Aynbo bunday vaziyatda yanada ulg‘ayadi va o‘zining zaif tomonlarini tan olishni va ularni bartaraf etishni o‘rganadi.

“Ganzel, Gretel va sehrgarlar agentligi”

Foto: AdMe

Gretel — maxfiy sehrli xavfsizlik bo‘limining tajribali agenti. Unga jiddiy masala — g‘oyib bo‘lgan qirolni topish ishonib topshirilgan. Qizning sherigi o‘zining ochiq ko‘ngilligi bilan mashhur bo‘lgan akasi Ganzelga aylanadi. Ular birgalikda qirolning yo‘qolib qolish sirini oshkor qilishi va sehr ishlatadigan kuchli dushman bilan kurashishi kerak. Multfilmda oilaviy munosabatlar qadrlanadi. Xarakter jihatidan farq qiluvchi aka-singil oxir-oqibat bir-birining kamchiligini tan oladi va birgalikda harakat qiladi.

“Qalb”

Foto: AdMe

Pixar’ning navbatdagi durdona asari. 2021-yilda “Eng yaxshi animatsion film” nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar”ga da’vogarlardan biri bo‘lgan multfilm jazni hammadan ham ko‘ra ko‘proq yaxshi ko‘radigan musiqa o‘qituvchisi Jo Gardner haqida hikoya qiladi. Multfilmda umumbashariy muammolar ko‘tarilgan bo‘lib, unda inson uchun maqsadga erishish qanchalar muhim, muntazam nima shug‘ullanish va pul topish bir umrlik orzu bo‘lishi kerakmi, degan savollarga javob topish mumkin.

“Bo‘rilar haqida afsona”

Foto: AdMe

“Oskar” mukofotiga yana bir da’vogar Tomm Murning mutfilmi. Voqealarga ko‘ra, Robin ismli qiz ovchi otasi bilan Angliyadan Irlandiyaga ko‘chib o‘tadi. Unga atrofdagi bo‘rilarni yo‘q qilish vazifasi topshirilgan. Ogohlantirishlarga qaramay, Robin shahar tashqarisiga chiqib, bo‘ri-qiz Meb bilan tanishadi. Ushbu asar orqali Robin va uning otasi o‘zlariga o‘xshamaydigan mavjudotlarni tushunishni o‘rganadi.

“Ko‘z yoshlarim bilan mushukka aylanaman”

Foto: AdMe

Yaponiya maktabida ta’lim oladigan Miyo notanish odamdan niqob oladi. Sehrli niqobni taqishi bilan mushukka aylanib qoladi. U mushuk qiyofasida o‘zining sevgan insoni oldida vaqt o‘tkazadi. Ammo o‘z holiga qaytishi bilan o‘zini yolg‘iz his qila boshlaydi. So‘ngra u abadiy mushuk bo‘lib qolishni xohlaydi, chunki hamma mushuklarni yaxshi ko‘rar edi. Ushbu hikoya qanday qilib inson o‘zida kuch topishi va samimiy bo‘lib qolishni o‘rgatadi.

“Olg‘a”

Foto: AdMe

Ikki elf birodar — Ien va Barli sehr va zamonaviy texnologiyaga boy dunyoda yashaydi. Ien 16 yoshga to‘lgan kunida onasidan sehrli tayoqni oladi. Buni unga otasi meros qilib qoldirgan edi. Aynan ushbu sehrli tayoq tufayli elflar ota-onasini unutishdan qaytishga muvaffaq bo‘ladi.

“Oyga sayohat”

Foto: AdMe

Fey-fey ismli qiz Yerning sun’iy yo‘ldoshiga borish va u yerda Oy ma’budasi mavjudligini isbotlash uchun raketa yasaydi. Qahramon bunda onasining xotiralaridan ilhom oladi. Fey-Fey otasini ikkinchi marta turmush qurishga qaror qilgani uchun kechira olmaydi va unga abadiy sevgi borligini isbotlashga urinadi. Sujet davomida Fey-Fey o‘tmish bilan yashamaslikni tushunadi. Oy ma’budasi bilan uchrashgach, abadiy muhabbat ham abadiy qayg‘u ekanligini anglaydi. Shuning uchun hayotda yangi odamlar kirib kelishiga imkon yaratish kerakligini bilib oladi.

“Krudslar oilasi: yangi makon”

Foto: AdMe

Mutfilmda tosh asriga oid voqealar yoritilgan. Krudslar oilasi yashash uchun yangi va xavfsiz joy izlaydi. Mazkur kartina 8 yil avval chiqarilgan “Krudslar oilasi” multfilmining davomi. U tomoshabinlarga har kimga haqli ravishda tegishli bo‘lgan tabiiy boyliklarni hech kimning yakka o‘zi tasarruf etishiga yo‘l qo‘yilmasligini eslatadi.

“Everest” 

Foto: AdMe

Lu ismli maktab o‘quvchisi qor odami bilan tanishadi. U yovuz olimlar tomonidan joylashtirilgan Shanxay laboratoriyasidan qochgan. Qiz qanday bo‘lmasin yangi do‘stining Everestga qaytishiga yordam beradi. Animatsion serial davomida inson oilasi va do‘stlarini qo‘llab-quvvatlashi kerakligini eslatib turadi.

“Uzilgan zanjir”

Foto: AdMe

Tabiatshunos Layonel odamlarga turli xil afsonaviy mavjudotlar haqida ma’lumot berishni yaxshi ko‘radi. Shimoliy Amerikaning o‘rmonlarida Link ismli shunday mavjudot haqida eshitadi. Linkka yordam berish maqsadida Layonel bir qator do‘stlari bilan Himolayga sayohat qiladi.

“Kelajakdan Miray”

Foto: AdMe

4 yoshli Kun ota-onasini yangi tug‘ilgan chaqaloq Miraydan rashk qiladi. Sababi hammaning e’tibori yangi tug‘ilgan bolada edi. O‘zini yolg‘iz his qilayotgan Kun hovlisida o‘sayotgan sehrli daraxtga yashirinishni boshlaydi. Daraxt shoxlari ostida kelajakni ko‘radi va u yerda ulg‘aygan singlisini uchratadi. Kartina oilada har kimning o‘z o‘rni bor ekanligi va farzandlar hamisha ota-ona uchun qadrli ekanini namoyish etadi.