• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    2021-yilda vafot etgan O‘zbekiston madaniyati va san’ati vakillari (foto)

    Hademay yangi 2022-yil ham kirib keladi. Yakunlanayotgan yil quvonchli, unutilmas voqealarga boy bo‘ldi. Afsuski, bu yil ham boshqalari singari ko‘plab insonlarni  yorug‘ dunyodan olib ketdi. Yo‘qotilgan insonlar orasida san’at va madaniyat sohasida sermahsul ijod qilgan insonlar ham bisyor. Yil so‘ngida ularni yodga olamiz.

    Rahmatjon Qurbonov

    Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rahmatjon Qurbonov shu yilning 17-yanvarida 62 yoshida vafot etdi. Uning o‘limiga hech qanday kasallik sabab bo‘lmagan. Xonanda 1959-yil 20-sentabrda Xiva shahrida san’atkor oilasida tavallud topgan.

    U Xivadagi Matyoqub Xarratov nomidagi musiqa bilim yurti hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasining vokal va maqom bo‘limida o‘qigan. Buyuk san’at darg‘alari — Nasim Hoshimov, Halima Nosirova, Saodat Qobulovalarning sevimli shogirdlari qatoridan joy olgan.

    Uzoq yillar Toshkent shahrida samarali faoliyat yuritib, “Lazgi” ansambliga rahbarlik qilgan. Bir necha risolalar, kitoblar, o‘quv qo‘llanmalar muallifi sifatida ham tanilgan. Rahmatjon Qurbonov o‘limiga qadar O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati bo‘linmasi direktori vazifasida faoliyat yuritayotgan edi.

    Mahkam Muhammedov

    Foto: “Kun.uz”

    Foto: “Kun.uz”

    O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi Mahkam Muhammedov shu yilning 4-fevral kuni 86 yoshida vafot etdi.

    O‘zbekiston san’at arbobi Mahkam Muhammedov mamlakatdagi atoqli rejissorlardan biri sifatida “Azizaxon” nomli televizion film, “Ko‘ngil ko‘chalari”, “Mehrobdan chayon” singari ko‘plab ilk teleseriallarni tomoshabinlar e’tiboriga havola etgan.

    Shuningdek, u Chingiz Aytmatovning “Oq kema”, xalq yozuvchisi Rahmat Fayziyning “Hazrati inson” nomli asarlarini ham sahnalashtirgan.

    Mahkam Muhammedov Alisher Navoiyning “Layli va Majnun”, Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush”, Hamzaning “Maysaraning ishi”, Nozim Hikmatning “Ajal shamshiri”, Parda Tursunning “O‘qituvchi”, Lev Tolstoyning “Kavkaz asiri”, Chingiz Aytmatovning “Birinchi o‘qituvchi” asarlari asosida televizion spektakllarni ham sahnalashtirgan.

    Bahrom Yoqubov

    Foto: “O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati

    Foto: “O‘zbekkino” milliy agentligi axborot xizmati

    Taniqli o‘zbek kinorejissori Bahrom Yoqubov 11-mart kuni 60 yoshida olamdan o‘tdi.

    Bahrom Yoqubov ijodiy faoliyatini 1989-yilda “Yosh yozuvchining kundaligi” nomli qisqa metrajli filmni tasvirga olishdan boshlagan. U o‘tgan yillar mobaynida “Sarvinoz”, “Baxt uchun million”, “Tashlandiq”, “Yondiradi, kuydiradi”, “Fotima va Zuhra”, “Sug‘diyona”, “Jodugar”, “Qochqin”, “Boyvachcha kuyov”, “Majruh”, “Ichkuyov”, “Superkelinchak”, “Zirapcha”, “O Maryam, Maryam” kabi ko‘plab filmlarni suratga olgan.

    Rejissor 2020-yilda “Antiqa ajrashish” nomli filmni suratga olgan edi.

    Mirza Azizov

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 16-aprel kuni 58 yoshida vafot etdi.

    U 1963-yil 22-mayda Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. 2016-yildan bugungi kunga qadar Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri

    direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 1999-yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2013-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonlariga sazovor bo‘lgan.

    2019-yil adabiyot va san’at yo‘nalishi bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasida ta’sis etilgan Xalqaro Chingiz Aytmatov nomidagi “Oltin medal” mukofotiga loyiq ko‘rilgan. 2017-yildan beri Qirg‘iziston teatr arboblari uyushmasining teatr san’ati badiiy akademiyasining akademigi etib ham saylangan edi. U rejissor sifatida “Jaydari kelin”, “Dildagi dog‘”, “Sarvqomat dilbarim” kabi o‘nlab spektakllarni sahnalashtirgan.

    Mirza Azizov o‘zbek tomoshabinlariga “Tubanlik”, “Gumrohlar”, “Na malakman, na farishta”, “Alpomishning qaytishi”, “Shohnoma” kabi ko‘plab film hamda spektakllardagi rollari orqali tanilgan edi.

    Bahodir Yo‘ldoshev

    Foto: Kinematografiya agentligi axborot xizmati

    Foto: Kinematografiya agentligi axborot xizmati

    Taniqli rejissor Bahodir Yo‘ldoshev shu yilning 16-may kuni 76 yoshida bu yorug‘ olamni tark etdi.

    U 1945-yilda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. 1970-yilda Toshkent teatr va rassomlik institutini tugatgan. 1971–1974-yillarda Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatrida rejissor, 1974–1984-yillarda bosh rejissor bo‘lib ishlagan.

    Ko‘plab spektakllarga rejissorlik qilgan Bahodir Yo‘ldoshev aktyor sifatida Olchinbek (“Olovli yo‘llar”), Muxtorov (“Tog‘dagi uchrashuv”), Sherzod (“Olmos kamar”), Sobirov (“Oshpaz”) kabi obrazlarni yaratgan.

    Bahodir Yo‘ldoshev O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1979), O‘zbekiston xalq artisti (1995) unvonlari bilan taqdirlangan.

    Muhammad Rafiqov

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, “Do‘stlik” ordeni sohibi Muhammad Rafiqov 81 yoshida pnevmoniya kasalligi bilan vafot etdi.Muhammad Rafiqov “Bobur” telefilmida Shayboniyxon, “Amir Muzaffarxon”da Muzaffarxon, “Hakim va ajal” videofilmida Ibn Sino, “Imom al-Buxoriy” serialida Buxoriy, “Sohibqiron” serialida Amir Temur, “Shaytanat” serialida Abdurahmon tabib, “Qo‘qon shamoli” filmida shayx ul-islom kabi rollarni mahorat bilan ijro etgan.O‘lmas Rasulov

    Foto: <ex>Instagram</ex>

    Foto: Instagram

    O‘zbekiston xalq artisti O‘lmas Rasulov shu yilning 13-sentabr kuni 70 yoshida vafot etdi.U 1951 yilda Surxondaryo viloyatida tavallud topgan. 1976 yilda Toshkent konservatoriyasini tamomlagan. U faoliyati davomida oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida pedagoglik faoliyatini amalga oshirib, ko‘plab shogirdlar yetishtirdi. Umrining so‘nggi yillarida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi dotsenti, 2021-yildan esa professor vazifasida faoliyat yuritdi.

    Sozanda sifatida uning repertuaridan “Shashmaqom”, Farg‘ona-Toshkent yo‘llariga oid mumtoz va an’anaviy kuylar o‘rin olgan. Xonanda sifatida esa “Sodirxon ushshog‘i”, Mashrab g‘azali bilan “Sig‘madim”, “Or yig‘laydi” kabi ashulalar, Buxoro yo‘llaridan “Zaboniy”, “Javoniy”, “Gul rezi” kabi asarlarning mahoratli ijrosi bilan xalq qalbiga kirib borgan. U “Bobur”, “Kecha va kunduz”, “Imom Buxoriy” kabi video va badiiy filmlarga musiqa bastalagan.

    Shuhrat Ergashev

    Foto: “Yandeks Dzen”

    Foto: “Yandeks Dzen”

    O‘zbekiston xalq artisti, aktyor Shuhrat Ergashev 18-sentabr kuni 76 yoshida vafot etdi.

    Shuhrat Ibrohimovich Ergashev 1945-yilda Toshkentda tug‘ilgan. U Toshkent teatr va rassomchilik institutining aktyorlik fakultetini tamomlagan (1968). O‘qishni tugatgach, Toshkent davlat akademik rus drama teatrida aktyor sifatida bir qator obrazlarni yaratgan.

    1970-yildan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida ish boshlagan, kinoaktyor sifatida Elyor Ishmuhammedovning “Noziklik” (1966) filmida debyut qilgan.

    Faoliyati davomida o‘ttizdan ortiq filmda rol o‘ynagan: “Dilorom” (Moni), “Qo‘mondonning qaytishi” (Mauzer), “U yolg‘iz emasdi” (Akbarov), “Qora konsulning o‘limi” (Jamol Ubaydulla), “Semurg‘” (Sherzod), “Bu yaxshi yigit” (Timur), “Men senga shahar beraman” (haydovchi), “Uchrashuvlar va ajralishlar” (Shuhrat), “Shum bola” (kinochi), “Ilk yo‘lovchilar” (Akbarov) va shular jumlasidan.

    Baxtiyor Ixtiyorov

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    O‘zbekiston xalq artisti Baxtiyor Ixtiyorov 21-noyabr kuni 81 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

    Baxtiyor Ixtiyorov 1940 yil 28 martida Buxoroda tug‘ilgan. 1963 yilda Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) musiqali drama fakultetini tamomlagan.

    1956 yildan Buxoro musiqali teatrida ishlagan, 1959-1976-yillarda Muqimiy nomidagi musiqali teatrida aktyor va rejissorlik qilgan, 1980-1988-yillarda teatr bosh rejissori bo‘lgan.

    1976-1980-yillarda “Yosh gvardiya” teatri (hozirgi Abror Hidoyatov nomidagi teatr)da ishlagan, 1988-1991-yillarda Abdulla Qahhor nomidagi Satira teatrida bosh rejissor bo‘lgan, 1991-yildan shu teatrda aktyor va rejissor sifatida ishlagan.

    Baxtiyor Ixtiyorov sermahsul ijodi davomida “Yor-yor”, “Ajoyib xayolparast”, “O‘tgan kunlar”, “Nodirabegim”, “Yettinchi jin”, “Abu Rayhon Beruniy”, “Yettinchi o‘q”, “Shum bola” kabi juda ko‘plab filmlarda rollar ijro etish bilan bir qatorda o‘zbek teatr san’ati rivojiga ham munosib hissa qo‘shgan.

    Sanjar Sa’dullayev

    Foto: <ex>Instagram</ex>

    Foto: Instagram

    O‘zbek dublyaj sohasida sermahsul ijod qilgan Sanjar Sa’dullayev 4-dekabr kuni kasalxonada vafot etdi. U 67 yoshni qarshilagandi.

    U 1954-yilning 10-iyul sanasida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat teatr va san’at institutining drama va kino aktyorligi bo‘limida tahsil olgan.

    Sanjar Sa’dullayev o‘zbek dublyaj san’atining eng taniqli va eng reytingi baland aktyorlaridan hisoblanardi. Uni muxlislar “sirli aktyor” deya ta’riflashgan. Chunki u ba’zi san’at sohasi vakillaridan farqli o‘laroq, o‘zini ommadan uzoq tutishga harakat qilgan, kameralar qarshisiga chiqmagan va intervyu bermagan.

    Sanjar Sa’dullayev faoliyati davomida 1000 dan ortiq filmga ovoz bergan. Jumladan “Qashqirlar makoni” (Po‘lat Alamdar), “Qish sonatasi” (Junsang), “Ichkarida” (Komissar Yusuf, Sarp, Hasan qizil yonoq), “Sevgi iztirobi” (Kamol), “So‘yla, Qora dengiz” (Vedad) kabi yuzlab seriallar va badiiy filmlardagi bosh qahramonlar obrazini gavdalantirgan. Qolaversa, u hind filmlarida Bollivud qiroli aktyor Shohruh Xonga doimiy ravishda ovoz berib kelgan.

    Muhammadkarim Soipov

    Foto: <ex>YouTube</ex>

    Foto: YouTube

    “Voy alamjon” qo‘shig‘i bilan tanilgan xonanda Muhammadkarim Soipov 8-dekabr kuni 58 yoshida vafot etdi. U 1963-yil Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tavallud topgan. Xonanda “Voy alamjon”, “Oq bo‘yra”, “Qaydadur”, “Dutorim”, “Tashna hislar” singari qo‘shiqlari bilan muxlislar qalbidan joy olgan.

    Shermat Yormatov

    Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Madaniyat vazirligi matbuot xizmati

    O‘zbekiston xalq artisti, taniqli kompozitor Shermat Yormatov 23-dekabr kuni 82 yoshida vafot etdi.

    Shermat Yormatov 1939-yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1967-yilda Toshkent davlat konservatoriyasini xor dirijyorligi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 1962—1982-yillar davomida Toshkent shahridagi 99-o‘rta maktabda musiqa o‘qituvchisi va “Boychechak” xor studiyasining rahbari bo‘lgan.

    Shuningdek, u “O‘zteleradio”da xor jamoasi dirijyori (1967—1970-yillar), “Bulbulcha” bolalar xorining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1971-yil) sifatida ishlagan.

    U o‘zbek bolalar xorining eng faol targ‘ibotchisi, “Qo‘shig‘im, jon qo‘shig‘im”, “Birgalikda kuylaymiz”, “Do, re, mi, fa, sol”, “San’at g‘unchalari” kabi qator ko‘rsatuvlar orqali butun respublika bolalariga musiqadan tahsil bergan muallim sifatida tanilgan.

    Mavzuga doir: 2020-yilda vafot etgan madaniyat va san’at sohasi vakillari (foto)

    31.12.2021, 13:54   Izoh (0)   68791
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mukofotni olganda yig‘lagan grimyor, olti nominatsiya g‘olibi “Ilhaq”, zalni turg‘izgan rolik. “Oltin humo” taqdirlash marosimidagi esda qolarli holatlar (foto va

    30.12.2021, 17:41

    Rossiyada 3 yil ishlagan, sobiq kosib va santexnik, bugun esa yulduz. Qirqlar qishlog‘idan chiqqan xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev haqida (video)

    28.12.2021, 19:43

    O‘zbekiston xalq artisti, taniqli kompozitor Shermat Yormatov 82 yoshida vafot etdi

    23.12.2021, 09:25

    Parizoda bilan yarashgan, konserti ketma-ket qoldirilgan, vazirning shogirdi Alisher Fayzning konsertidan reportaj (foto, video)

    19.12.2021, 18:19

    “O‘zgalar dardi”, “Antiqa sovchilar”, “Kapalak tushi” va poytaxt teatrlaridagi eng ko‘p tomosha qilinayotgan boshqa spektakllar (foto)

    17.12.2021, 14:42

    “Otamdan qolgan dalalar”dagi Dehqonqul, “Lafz”dagi Tolib. Aktyor va chempion A’zam Shokirjonov hozir qayerda? (foto, video)

    16.12.2021, 12:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil Tashqi ishlar vazirligi Makronni Isroilga qarshi siyosat yuritishda aybladi

    Dunyo | 30 may, 22:20

    “Bobom bag‘rimizga qaytganlaridan xursandmiz!”

    O‘zbekiston | 30 may, 22:10

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:58

    “Real” klublar o‘rtasidagi JCH g‘olib bo‘lsa, futbolchilar 1 mln yevrodan bonus oladi

    Sport | 30 may, 21:58

    Turkiyada kurortdagi yong‘in ishi bo‘yicha ayblanuvchilar 22 yildan 1998 yilgacha qamalishi mumkin

    Dunyo | 30 may, 21:55

    Xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklar jasadini olib kelish uchun soxta pul yig‘ish aksiyalari o‘tkazilmoqda

    O‘zbekiston | 30 may, 21:40

    Erdo‘g‘on islom davlatlarini iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi

    Dunyo | 30 may, 21:30

    Qirg‘izistonda erkak “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri sabab xotinini otib o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.