• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Facebook’dagi “Samarqandni qutqaraylik” guruhi faoli tasdiqlanmagan xabarni tarqatgani uchun hibsga olindi

    Samarqandlik jamoat faoli Ruslan Xairnurov tasdiqlanmagan ma’lumotni tarqatgani uchun hibsga olindi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz” nashri “Samarkandskiy vestnik” bosh muharriri o‘rinbosari Anastasiya Pavlenkoga tayanib.

    Foto: “Ezgulik” inson huquqlarini himoya qilish jamiyati

    Foto: “Ezgulik” inson huquqlarini himoya qilish jamiyati

    Jurnalistning nashrga ma’lum qilishicha, gap “Samarkandskiy vestnik” guruhidagi postni “O‘zbekiston ovozi” guruhiga ulashilgani haqida ketmoqda. Postda “Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Davronbek Jumaniyozov bosh shifokor lavozimi uchun 80 ming dollar olgani sabab jinoiy ish qo‘zg‘atilgan”, deb yozilgan edi.

    19-dekabr kuni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasini omma oldida obro‘sizlantirish, soha rahbariyatiga haqoratomuz fikrlarni tarqatish maqsadida asossiz, noo‘rin va tuhmat ma’lumotlar tarqatilganini” ma’lum qildi.

    “Shu sababli, biz ma’lumotlar mualliflaridan tarqatilgan xabar va mulohazalarni asoslab berishlarini so‘raymiz. Aks holda, Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlarini yolg‘on ma’lumotlar tarqatgani va qasddan obro‘sizlantirgani uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishimiz kerakligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi xabarda.

    Anastasiya Pavlenkoning so‘zlariga ko‘ra, post bir kundan kamroq vaqtdan so‘ng o‘chirib tashlangan.

    Uning fikricha, Ruslan Xairnurov ijtimoiy faolligi uchun hibsga olingan.

    “Samarqandda fuqarolik jamiyatini istamasliklarini anglab yetdik. Samarqandda keraksiz va noqulay savollarni so‘ramaydigan, dumlarini sodiqlik bilan likillatib, rahbarlarning qonunlarni qo‘pol tarzda buzishiga, xalqning puli, mulki va erkinligini o‘g‘irlashiga yo‘l qo‘yadigan, shu bilan birga, bu noqonuniy xatti-harakatlarni og‘izini ko‘pirtirib maqtaydigan viloyat hokimiyatiga sodiq odamlar kerak”, – deb yozdi u Facebook’da 28-dekabr kuni.

    Jurnalistning aytishicha, “Samarqandni asraymiz” (“Soxranim Samarkand”) guruhining faol a’zolaridan biri Ruslan Xairnurov bilan birgalikda bir qator o‘ta muhim mavzular, jumladan, shaharsozlik, ekologiya, kommunal xizmatlar, qonunchilikni amalga oshirish masalalari bo‘yicha davlat idoralariga ko‘plab murojaatlar qilgan.

    “Ammo, ko‘ryapsizki, Samarqandga bunday faol fuqarolik pozitsiyasi kerak emas, shuning uchun ham huquq-tartibot idoralari u yoqda tursin prokurorlar va sudyalar qo‘pol qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ymoqda. Ruslan Xairnurov kecha tasdiqlanmagan ma’lumotlarni repost qilgani uchun hibsga olingan. Post mualliflari jazolanmadi, repost qilganlar esa ta’qibga uchradi. Bu amaldagi qonunchilikka zid!” – dedi Anastasiya Pavlenko.

    “Ezgulik” inson huquqlarini himoya qilish jamiyati 17-dekabr kuni Ruslan Xairnurov va boshqa shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berdi.

    Huquqni himoya qilish tashkilotining xabar berishicha, Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasi tezkor xodimlari faolni jinoyat ishlari bo‘yicha shahar sudi sudyasi Ilhom Ergashevning 24-dekabr kuni soat 22:40 da sirtdan, ayblanuvchining ishtirokisiz bo‘lgan sudda qabul qilgan ajrimiga asosan hibsga olgan.

    “Sud hujjatiga ko‘ra, Samarqand shahar prokurori Dilmurod Saidqulov tergovdan bo‘yin tovlagani uchun Xairnurov Ruslan Ravilyevichni hibsga olish to‘g‘risida iltimosnoma bergan, qidiruvga berilgan, biroq u tergovga kelmagan. Shu bilan birga, prokurorning o‘zi qayd etishicha, Xairnurovning sodir etgan (tergov ma’lumotlariga ko‘ra) jinoiy harakati ijtimoiy xavflilik darajasi past bo‘lgan qilmishga tegishli”, – deyiladi xabarda.

    “Ezgulik”da esa faolning uyida yaqinlari bilan doimiy yashab kelgani, mobil telefoni doim yoniq bo‘lganini aytishdi.

    Tashkilot, shuningdek, Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismida BHMning 300 dan 500 baravarigacha jarima yoki 360 soatdan 400 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash tarzidagi jazo nazarda tutilganiga e’tibor qaratdi. “Ezgulik” faolni hibsdan ozod qilishni talab qildi.

    “Bo‘lgan voqea Ruslan Xairnurov unga nisbatan qamoq jazosi nazarda tutilmagan qilmishi uchun oldindan ozodlikdan mahrum etilganini anglatadi”, — deyiladi xabarda.

    Anastasiya Pavlenkoning “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, davlat advokati Ruslan Xairnurov avvaliga ehtiyot chorasini o‘zgartirish bo‘yicha apellyatsiya berishni istamagan, lekin oxir-oqibat huquq himoyachilari aralashuvidan keyin buni amalga oshirgan. Murojaatni ko‘rib chiqish bo‘yicha birinchi sud majlisi “Ruslan Xairnurov sud zaliga olib kelinmagani” sabab o‘tkazilmadi. Uchrashuv 31-dekabrga ko‘chirildi.

    Tuhmat qilish ehtimoli bo‘yicha jinoiy ish Yangi yildan keyin ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan. “Gazeta.uz”ning ma’lum qilishicha, nashr holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligidan izoh ololmagan.

    Mavzuga doir:

    • Davlat statistika qo‘mitasi “orginfo.uz” sayti asoschisi ustidan ariza berdi. Keyinroq qo‘mita ushbu sayt yopilishi tarafdori emasligini bildirdi
    • Qashqadaryolik blogerga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi. U yolg‘on xabar berishda ayblanmoqda

    31.12.2021, 19:52   Izoh (0)   24719
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada dronlar qayd etgan qoidabuzarliklar bo‘yicha jarimalar qo‘llash amaliyoti yana yo‘lga qo‘yildi

    31.12.2021, 18:51

    “Rastamojka ochilishini, vatanga qaytishni, uyimizga gaz kelishini xohlaymiz”. O‘zbekistonliklar 2022-yildan nimalar kutyapti?

    31.12.2021, 17:08

    O‘zbekiston TIV sobiq rahbari Vladimir Norov Abdulaziz Komilovga o‘rinbosar etib tayinlandi

    31.12.2021, 16:49

    “Pul uchun ishlamayman”. 70 yoshida ham jismoniy tarbiyadan dars berayotgan ayol hikoyasi

    31.12.2021, 16:28

    Yangi yil munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va Chimyon dam olish zonasi yaqinidagi yo‘llarda ayrim cheklovlar joriy etildi.

    31.12.2021, 16:07

    Marg‘ilondagi ko‘p qavatli uylardan birida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida bir fuqaro halok bo‘ldi

    31.12.2021, 14:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.