• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Rastamojka ochilishini, vatanga qaytishni, uyimizga gaz kelishini xohlaymiz”. O‘zbekistonliklar 2022-yildan nimalar kutyapti?

    Bir necha kun oldin “Daryo”ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida yurtdoshlarimizga “2021-yil siz uchun qanday o‘tdi? 2022-yildan nimalar kutyapsiz” degan mazmundagi savollar berib va eng yozilgan matnlar saytda chop etilishi haqida aytgandik. Bugunga qadar  yurtdoshlarimiz tomonidan yuzlab fikr-mulohazalar kelib tushdi. Va’daga muvofiq “Daryo” ularning eng saralarini bir joyga jamladi.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Madina Boltaxo‘jayeva, Toshkent viloyatidan

    Bu yil ota-ona bo‘lishimiz haqidagi xushxabarni eshitdim

    2021-yil turmush o‘rtog‘im ikkimizning sabrimizni sinagan, bir-birimizga bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamlagan yil bo‘ldi

    Oila qurganimizga bir yil to‘lar-to‘lmas yangi uyimda oilaviy mojarolar sababli turmush o‘rtog‘im bilan ijara uyga chiqishimizga to‘g‘ri keldi. Bir yil vaqt davomida kvartirada yashadik.

    Turmush o‘rtog‘im mashina tuzatuvchi, men esa bolalar o‘smirlar sport maktabida trener o‘qituvchi bo‘lib ishlayman.

    2021-yilda bo‘sh yer sotib olib, mo‘jazgina uy qurdik. Bu bizning birgalikda erishgan birinchi yutug‘imiz edi.

    Qolaversa, karyeramda ham anchagina o‘zgarishlar bo‘ldi. Biz asta-sekin niyatlarimizga erishib borardik, ammo bo‘yimda bo‘lavermadi. Ko‘p shifokorlarga borib davolanardim. Menga ham farzand ne’mati berilarmikin deb yig‘lardim. Turmush o‘rtog‘im hech yuzimga solmagan. “Sabr qil” deb meni ovutardi.

    Avgust oyining oxirlarida biz ota-ona bo‘lishimiz haqidagi xushxabarni eshitdik. Allohga shukr, noumid qo‘ymadi.

    Mana, 2021-yil ham ortda qolmoqda. Bu vaqt ichida hayotimizdan qancha baxtli, qancha dilxirali kunlar o‘tdi. Ammo biz hammasini chiroyli sabr bilan yengib o‘tdik.

    Xudo xohlasa, kelayotgan 2022-yilda biz yangi uyimizga ko‘chib o‘tamiz. Onalik baxtiga erishaman.

    Yangi yil arafasida barcha yosh oilalarga tilagim, insonlar bir-birini tushunish uchun ba’zida bir kun, ba’zida yillar kerak bo‘ladi. Bu muddat kelguncha muqaddas oilani parchalashga urinmang. Faqatgina chiroyli sabr qiling va bir-biringizni qadrlashda davom eting.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Jasurbek Davlatov, Andijon viloyatidan.

    2022-yilda “rastamojka” yo‘q bo‘ldi degan xabarlarni o‘qishni istayman

    2021-yil og‘ir o‘tdi. Lekin Allohga shukr, nolimayman. Yangi kelayotgan yildan esa kutadiganlarim juda ko‘p.

    2022-yilda menga o‘xshab chetda ishlab yurgan yoshlarga yaxshi ish o‘rinlari yaratilishini, ota-onam, oilam yonida mehnat qilib, pul topib yurishni niyat qilaman. Qolaversa, yangi yildan chetdan avtomobil olib kirishdagi bojlarni (rastamojka) yo‘q bo‘lishini, “rastamojka ochildi” degan yangiliklarni o‘qishni kutib qolaman.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Ismini oshkor qilmagan ayol, Surxondaryo viloyatidan

    Yangi uyimizda bolam bilan birga yashashni orzu qilaman

    Bir necha yildan beri turmush o‘rtog‘im ikkimiz Rossiyada ishlaymiz. Erim santexnik, men farroshlik qilaman. Uch yashar o‘g‘limiz bor. Uni O‘zbekistonga opamga tashlab kelganman. Uy olish maqsadida tinim bilmay ishlayapmiz. Musofir yurtlarda yashab, 2021-yil qanday o‘tganini sezmabman ham.

    Bu yerdagi hayotimdan nolimayman hammasi yaxshi. Ammo bolamning har kuni “qachon kelasiz” deb so‘rashlari yuragimni ezadi.

    Nafaqat 2022-yildan, balki bundan keyingi hayotimdan ham kutadiganlarim ko‘p. Eng asosiysi, kelasi yil sog‘-salomatlikda yangi uyimizda bayramni farzandim yonida kutib olish.

    Ochig‘ini aytsam, O‘zbekistonda qandaydir o‘zgarishlarni emas, Allohimdan faqat turmush o‘rtog‘imning umrlari uzoq bo‘lishini so‘rayman. Chunki xo‘jayinim ayol kishini qadriga yetadigan samimiy inson. Alloh ayirmasa bas. Yana biroz sabr qilsam, hayotimiz yanada yaxshi bo‘lishiga, o‘zimizning issiq uyimizda barchamiz birgalikda baxtli hayot kechirishimizga ishonaman.

    Shohista Abdurazzakova, Xorazm viloyatidan
    PhD dissertatsiyamni himoya qilib, tadbirkorlik faoliyatimni yo‘lga qo‘ymoqchiman

    2021-yil oilamiz uchun juda omadli keldi. Toshkent shahridan uy sotib oldik, va nihoyat ijarada yashash azobidan qutuldik. To‘g‘ri, qiyinchiliklar juda ko‘p bo‘ldi. Ammo hammasini yengib o‘tdik, alhamdulillah.

    2019-yildan beri xo‘jayinim bilan xar xil kvartiralarda yashadik. PhD’da o‘qishim bilan birgalikda qo‘shimcha dars olib ishladim. Turmush o‘rtog‘im oliy ma’lumoti bo‘lmagani uchun yaxshi ish topolmay kirakashlik qiladilar. Uni topgani ro‘zg‘orga, meni oyliklarim esa orzumiz uchun yig‘ilardi. Nihoyat bu yil eng katta niyatimizga yetishdik: bir xonali bo‘lsa ham o‘z uyimizga ega bo‘ldik.

    Hozir TDIUda tayanch doktorantman. PhD dissertatsiyamni himoya qilishga tayyorgarlik ko‘ryapman. Ishim tayyor, faqat professorlar oldida uni himoya qilishim qoldi.

    Yangi yildan rejalashtirgan maqsadlarim juda ko‘p. 2022-yildagi eng katta rejam ilmiy ishimni himoya qilib, o‘zimning shaxsiy tadbirkorligimni yo‘lga qo‘yish, ya’ni Bo‘stonliqda zorbing turizm maskanini ochish.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Ismini oshkor etishni istamagan ayol, Samarqand viloyatidan

    Kelinlar ham oilada odamdek ko‘rilishini istayman

    Bu yil har doimgidek zerikarli o‘tdi. Hech qaysi orzumga erisholmadim. Bu yil siqilish bo‘lib yodda qolmoqda.

    Men shu yil burutselloz kasalligiga chalindim. Bu kasallik asablarni yeb tugatarkan. Buni ustiga qari qaynona-qaynotam, nogiron qaynog‘amning xizmatini qilaman. Oyoqda yuraman, meni dardim qiziqtirmaydi. Ular faqat o‘ziga e’tibor xohlaydi. Kelin ham charchaydi. Ammo hech kim tushunishni istamaydi. Allohdan o‘zimga faqat insof so‘rayman. Bilmay, shu insonlarni ranjitib qo‘ymay deyman. Shu holatimdan kelib chiqib aytsam, yangi yildan nimaniyam kutishim mumkin? Orzu qilganim bilan biron nima o‘zgarib qolarmidi?

    Qaniydi, kelinlar ham oilada odam qatorida ko‘rilsa, e’zozlansa... Qoshki edi, bizning qishlog‘imizda ham gaz kelsa, bolalarim uchun boks to‘garaklari ochilsa, erim katta oylik olib, pulimiz ko‘p bo‘lsa... Bolalikdagi orzum amalga oshib, shaharga ko‘chib ketsak... Shahar markazidagi uyimizda oilam bilan hech nimaga zoriqmay yashasak... Qaniydi, ular 2022-yilda amalga oshsa...

    Dildora Risqulova, Samarqand viloyatidan
    Inson harakat qilsa, hamma orzusiga yetisharkan

    Universitetga kirolmaganimdan so‘ng, ota-onam meni turmushga uzatishgandi. Kelinligimdan to uch farzandning onasi bo‘lgunimcha o‘qimadim. Qaynota qaynonam, turmush o‘rtog‘imning xizmatida bo‘ldim. Biror kasbni egallashimga imkon bermadi deb ancha yil ota-onamdan xafa bo‘lib yurdim. Ammo keyinroq tibbiyot kollejiga kirdim. Ikki yil kontrakt asosida o‘qidim.

    Ayni karantin paytida bitirganim uchun ishlolmadim. Biroq kollejda olgan bilimdan, amaliyotda olgan tajribamdan foydalanib, farzandlarim qo‘ni-qo‘shnilarni qo‘limdan kelgancha ukollarini qila boshladim.

    2021-yil noyabr oyida tumanimizda ochilgan Samarqand chet tillar instituti filialiga hamshira bo‘lib ishga kirdim. Orzuni erta-kechi bo‘lmas ekan, chin dildan harakat qilsangiz, albatta, erishar ekansiz. Hozir talabalarga hamshiraman va kasbimdan faxrlanaman. Allohdan qo‘li yengil hamshira bo‘lishni so‘ragan edim, mana qo‘ldan kelganicha uddalayapman. 2021-yildagi hayotimdan minnatdorman.

    2022-yil yurtimiz hayotimiz bundan-da yaxshi kunlarga boy o‘tsin. Allohdan butun dunyoni qiynayotgan kovid kasalligi barham topib, barcha insonlar sog‘-salomat bo‘lishini so‘rayman.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Sohiba, Xorazm viloyatidan

    Meni ham kimdir ona deb chaqirishini juda ham xohlayman

    2021-yilni sarhisob qilish men uchun og‘ir bo‘ldi. Sababi turmush o‘rtog‘im bilan besh yillik turmushimizdan so‘ng, farzandsizligimiz tufayli ajrashdik.

    Alloh sabrimizni sinab, bermadi. Uyidagilar esa kutishni xohlashmadi.

    Mayli, hammasi o‘tdi. 2022-yilni juda intizorlik bilan kutyapman. Yangi yildan yangi hayot boshlamoqchiman. Jurnalistika yo‘nalishida o‘qishga kirmoqchiman. Ishlab pul topib, uy olmoqchiman, undan so‘ng bitta bo‘lsa ham farzand asrab olish niyatim bor. Meni ham kimdir ona deb chaqirishini juda ham xohlayman. Ishonaman, bu yil, albatta, ona bo‘laman.

    Marjona Jalilova, Navoiy viloyatidan
    Uy, mashina oldik, farzandimiz bog‘chaga bordi

    2021-yil oilamiz uchun quvonchli voqealarga boy bo‘ldi. Chunki bu yilda biz o‘z uyimizga, eskiroq bo‘lsa-da shaxsiy mashinamizga ega bo‘ldik. Farzandimiz ilk bor bog‘chaga bordi. Men esa maktabga psixolog bo‘lib ishga kirdim, o‘quvchilarning sevimli ustoziga aylandim.

    Kasbim tufayli hozir ko‘plab bolalarni to‘g‘ri yo‘lga boshlayapman. Eng muhimi, oilam tinch, boshpanamiz bor. Bu men uchun juda katta baxt. Kutganimdan-da ortiq orzularim amalga oshgani uchun 2021-yildan minnatdorman. Kelayotgan 2022-yilda vatanimiz tinch, barchamizning tani-jonimiz sog‘ bo‘lishini Allohdan so‘rayman.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Yorqinoy Yangiyeva, Buxoro viloyatidan

    Xotinini urib, haqorat qilganlarga hukumat katta jazolar berishini xohlayman

    2021-yilda juda katta qiyinchiliklarni boshdan kechirdim. Erim ikkinchi farzandim qizligi uchun tug‘ilishiga qattiq qarshilik qildi. Men esa uni dunyoga keltirishni istadim va ota uyimga ketishga majbur bo‘ldim.

    Chunki erimning munosabati borgan sari yomonlashib bordi. Oxirgi janjalda kaltak zarbidan hushimdan ketib qoldim. O‘zimga kelib, bir yarim yashar qizimni olib, uyimga ketdim. Qaytarmoqchi bo‘lishdi, lekin men rozi bo‘lmadim. Chunki bu uyda qolsam, homilamdan ajralishim aniq edi.

    Ota uyimda esa onam menga ko‘z ochirmay qo‘ydi, qo‘pol gapirar, erim o‘ldirsa ham o‘sha uyda yashashim kerakligini aytaverardi. Hatto bu yil hayotdan to‘yib, jonimga qasd qilmoqchi ham bo‘ldim. Biroq qizalog‘im va hali tug‘ilmagan farzandimni o‘ylab, fikrimdan qaytdim.

    Axir bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin edi-ku, deb o‘zimga o‘zim dalda berdim. Allohga shukrki, dadam men tomon edilar

    2021-yil 15-yanvar qizim tug‘ildi. Qizim tug‘ilganidagi holatni aytsam: tug‘ruqxonadan chiqishim kerak, lekin boradigan joyim yo‘q edi. Erim Rossiyaga ketgandi. Ammam o‘z uyiga olib ketdilar. Chaqalog‘im uch oylik bo‘lganida ota uyimga yana keldim.

    Bir-biridan qiyin kunlar sekin asta o‘tib boryapti.

    Nima bo‘lgan taqdirda ham o‘tayotgan yil men uchun yaxshi bo‘ldi, deb hisoblayman. Chunki farzandimning hayotini saqlab qoldim. O‘zim oilada yolg‘iz qiz farzandligim uchun ikkita qizim bo‘lishini niyat qilardim. Ollohim ham niyatga qarab ikki qiz berdi. Uni har bag‘rimga bosganimda bari og‘riqlarim unut bo‘ladi. Mayli, men uchun farzandlarim sog‘-salomat yursa bo‘ldi. Axir hayot bunda ham yomon bo‘lishi mumkin edi-ku?!

    Hozir erimni alimentga berganman. 2022-yilda uy olishni niyat qilganman. Nasib qilsa, keyingi yangi yilni o‘z uyimda kutib olaman.

    2022-yilda O‘zbekistonda erkaklar ayolini xo‘rlamasligini, xotinini urib, haqorat qilganlarga esa hukumat tomonidan katta jazolar berilishini istardim.

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illyustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Hikmatova Durdona, Buxoro viloyatidan

    IELTS’dan yuqori ball olishni niyat qilaman

    Buxoro davlat universitetida 3-bosqichda o‘qiyman. O‘qish bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotida metodist bo‘lib ishlayman.

    2021-yil davomida hayotimda bir-biridan yaxshi kunlar bo‘ldi: yil davomida bir necha tanlovlar g‘olibi bo‘ldim, xalqaro konferensiyalarda ishtirok etdim. Shuningdek, soham bo‘yicha xorijda malaka oshirdim.

    Ichki dunyoyim yanada rivojlandi, irodali, mas’uliyatli, kuchli, o‘ziga ishonchi yuksak bo‘lgan shaxs bo‘ldim. Hayotda har qanday musibat o‘tkinchi ekanligini, Allohning rahmati keng ekanligini yanada chuqurroq angladim....Bu hayotda nafsga qul bo‘lmasdan, Allohga ishonib, halol mehnat qilib, boriga qanoat qilinsa, inson hayoti kutganidan ham a’lo darajada bo‘lishini tushundim.

    Eng asosiysi, umrimning bir yilida g‘am-qayg‘u ko‘rmadim. Uyimizda onajonim bilan baxtiyor yashayapmiz

    Kelayotgan 2022-yilda ham orzularim serob, eng avvalo, oilaviy xotirjamligimiz bardavom bo‘lishini, ish faoliyatim va o‘qishimda yanada ko‘proq muvaffaqiyatga erishishni, shaxsiy hayotda ham solih inson bilan hayotimni bog‘lashni, IELTS’dan yuqori ball olishni niyat qilaman. Yangi yil barchaga omad, baxt va muvaffaqiyat olib kelsin!

    PS: Barcha o‘zbekistonliklarni kirib kelayotgan 2022-yil bilan muborakbod etamiz. Yilning har bir oyi yaxshi yangiliklarga, quvonchli kunlarga boy bo‘lsin. Oilangizdan qut-baraka arimasin. 

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi.

    31.12.2021, 17:08   Izoh (0)   45367
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.