• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Pul uchun ishlamayman”. 70 yoshida ham jismoniy tarbiyadan dars berayotgan ayol hikoyasi

    Eslatma: Ushbu material birinchi marta 2021-yil 26-mart kuni chop etilgan va e’tiborga molik materiallardan biri sifatida takroran e’lon qilinmoqda
    Odatda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi deganda ko‘z oldimizda zabardast, baquvvat erkak kishi  gavdalanadi. Lekin bugungi suhbatdoshimiz chekka hududda tug‘ilib, o‘sganiga qaramay, “ayol kishi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lmaydi” degan stereotiplarni yengib, ustozlik kasbini egallagan. Hamda qariyb 30 yil davomida shu sohada faoliyat yuritgan. Qahramonimiz 70 yoshni qarshilagan bo‘lsa-da, hozir ham maktabda bolalarga jismoniy tarbiya fanidan dars berib kelmoqda.

    Nurxon Mo‘minova Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan. Farg‘ona davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetini tamomlagan. Hozir 70 yoshda.  Ayni paytda Toshkent shahridagi 89-umumta’lim maktabida jismoniy tarbiya fanidan dars berib kelmoqda. 

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Otam boshida bu yo‘nalishni tanlaganimdan xafa bo‘lgan

    Adashmasam, o‘shanda 7-sinfda o‘qir edim. Bir kuni jismoniy tarbiya darsimizga trenerlar kelib, epchil o‘quvchilarni sport maktabiga tanlab olishgan. Ularning safida men ham bor edim. Sport maktabida yengil atletika sport turi bilan shug‘ullanganmiz. Ko‘plab musobaqalarda qatnashganmiz. Shu bilan hayotim jismoniy tarbiya bilan bog‘langan.

    Maktabni bitirgach, ustozlarim maslahatlari bilan Farg‘ona davlat universitetining jismoniy tarbiya fakultetiga o‘qishga kirdim.

    Boshida dadam mendan xafa bo‘lib, “Voy, qizim, hozir jismoniyda o‘qib, yoshingiz katta bo‘lganda qanday ishlaysiz?”, degandilar. Men esa “dadajon, mayli ishlayveraman”, degandim. Eng qizig‘i, mendan keyin ikki ukam va singlim ham shu yo‘nalishni tanlagan.

    Mana hozir undan-da katta yoshdaman. 70 ga kirsam ham, ishlab yuribman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hayotimda maktabning o‘rni boshqa

    Universitetni bitirib, maktabga borganimda jamoa meni juda yaxshi qabul qilgan. Shu sabab ko‘p yillar maktabda ishladim. Sovet ittifoqi davrida shahar va viloyat komsomol qo‘mitasida, partiyada va bir muddat Mehribonlik uyida ham faoliyat yuritdim.

    Komsomol tashkiloti tugatilganidan so‘ng, yana Marg‘ilondagi 8-maktabga ishga bordim.

    Bilasizmi, bolalar bilan ishlashni yaxshi ko‘raman. Hayotim ham shu bolalar bilan o‘tgan. O‘quv yilida maktabda, yozda esa oromgohda tarbiyachi bo‘lib ishlardim. Kuz kelib, yana maktabga ishga qaytardim. Hech ham dam olmasdim. Maktabda uzoq yillar ishlab, pensiyaga chiqdim.

    Doim sport bilan shug‘ullanganim uchun tetikman

    Jismoniy tarbiya darsida 8, 9, 10, 11-sinf o‘quvchilari  ikki guruhga bo‘linadi. Qizlar alohida. Agar xohlasam, qizlarga men dars o‘taman. 10-12 ta qizga yayrab dars o‘tasiz. Qiyinchiligi yo‘q.

    Bolalar bilan ishlasangiz, bolalarga o‘xshab qolasiz. Ular bilan birga mashq qilaman, shug‘ullanaman. Shuning uchun ham tetik yursam kerak.

    Qaysi yo‘nalishda bo‘lmasin, agar faningizni yaxshi bilsangiz, bolalarni yaxshi ko‘rsangiz va shunga yarasha ularga dars bera olsangiz, hech qanday qiyinchilik sezmaysiz. 45 daqiqa qanday o‘tdi, bilmay qolasiz.

    Hozir boshlang‘ichlarga 1-sinfidan boshlab dars o‘tyapman. Bolalar jismoniy tarbiyani juda yaxshi ko‘radilar. Bir zumda “zvonok” chalindimi, deb xafa bo‘lib qoladilar.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘quvchilarga jismoniy tarbiya fani kerakmi?

    Bu yil juda xafa bo‘ldim. Shu paytgacha boshlang‘ich sinflarga jismoniy tarbiyadan haftada ikki soat dars qo‘yilgan. Bu yildan 1 soat bo‘libdi.

    Axir bolalarning eng sevimli fani bo‘lsa, nega qisqartirishadi? O‘zi jismoniy tarbiyaga oid har yili Prezidentimizning farmonlari chiqayotgan bo‘lsa ... Kim bunday tavsiya bergan, hayronman.

    Jismoniy tarbiya o‘quvchilarga juda ham kerak. Bu fan orqali o‘quvchilarga saflanishni, gavdani tik tutishni, to‘g‘ri yurishni va barcha jismoniy mashqlarni o‘rgatamiz. Bolalar sog‘lom bo‘lib ulg‘aysa, kelajagi ham yaxshi bo‘ladi.

    Yaqinda yuqori tashkilotlarga murojaat bilan chiqilgan ekan. Aytishlaricha, sentabrdan yana darslar haftasiga ikki soatdan qo‘yilar ekan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘quvchini urishga o‘qituvchining haqqi yo‘q

    Avvallari bolalar odobli bo‘lmasa-da, hech qachon ularni urmaganmiz. Faqat nasihat qilardik, xolos.

    Bolalarning psixologiyasi har xil. Ko‘riboq, darrov tushunasiz. Har bir bolaga alohida e’tibor va muomala qilish lozim. Agar bola to‘polonchi bo‘lsa, “kel, sen menga yordamchi bo‘lasan, sen esa sudya bo‘lasan” deyman. Bola o‘zgaradi. Nazarimda, o‘qituvchilar ozgina pastga tushib, bolaga do‘st bo‘lib muomala qilishi kerak. Agar shunda ham o‘zgarmaydigan bo‘lsa, ota-onasini chaqirib gaplashamiz.

    Bilasizmi, ayrim maktabda bo‘layotgan voqealarni eshitib, hayron qolaman. Bizning paytimizda telefon, kompyuterlar yo‘q edi. Hamma kitob o‘qirdi. Sumkamizda doim kitob olib yurardik. Nazarimda bolalar band bo‘lsa, bunday ko‘ngilsiz holatlar bo‘lmasdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    67 yoshimda yana ishga kirdim

    Uch yil oldin Toshkentga, o‘g‘limning uyiga ko‘chib keldim.

    Bir kuni bozordan qaytayotib, bir maktabni ko‘rib qoldim. Ayniqsa, bolalarning ovozini eshitib, ko‘nglim jiz etdi. Shu maktabda ishlagim keldi.

    Avgust oyi edi. Maktabning oldida turgan bir guruh ayollardan “Qizlar, sizlarga jismoniy tarbiya o‘qituvchisi kerakmi?”, deb so‘radim. Ular direktorga kirib gaplashib ko‘ring, deb, rahbar bandligini, ertasi kuni kelishimni aytishdi. Ertasiga yana maktabga kelib, direktorning oldiga kirdim. Diplom bilan mehnat shartnomasini ko‘rsatdim va “Faqat men pensionerman, ishga olaverasizlarmi?”, deb so‘radim. Direktor “Nima qilibdi, men ham pensionerman”, dedi va bir og‘iz so‘zim bilan meni ishga oldi.

    Agar o‘shanda direktor sizni ololmaymiz, deganda, men qaytib hech qayerga ish so‘rab bormasdim. Lekin menga ishonch bildirib, qabul qilishdi. Uyga kelib, o‘g‘limga maktabga ishga kirganimni, yana o‘qituvchilik qilmoqchiligimni aytdim. Boshida o‘g‘lim qarshilik qildi. Kelinim “Onangiz ishlasin, bo‘lmasa, uyda kasal bo‘lib qoladi”, deganidan so‘ng rozi bo‘ldi.

    5-sentabrdan ish boshladim. Hozir boshlang‘ich sinfga jismoniy tarbiyadan dars beryapman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Maktabga yosh o‘qituvchilar kelmayapti

    Oxirgi paytlarda maktabga jismoniy tarbiya bo‘yicha o‘qituvchilar kelmayapti. Jismoniy tarbiya fakultetini bitirib, diplom olib, shuncha yoshlar qayoqqa ketyapti, bilmayman.

    Marg‘ilonda ham ko‘p yillar ishladim. Yosh kadr kelsa, unga o‘rgatib, ketaman degandim. Lekin hech kim kelmagan. Mana, hozir bu yerda ham rahbariyatga agar yosh kadr kelsa, aytinglar, men xafa bo‘lmayman, joyni bo‘shataman, deyman. Lekin hali ham kelmayapti.

    Bir nechta yoshlar bilan gaplashdim. Yo‘q, maktabda ishlamayman, undan ko‘ra sport maktabiga boraman deydi. Chunki maktabda o‘rtacha 30 ta bolaga dars bersangiz, sport maktabida esa guruhda 8-10 nafar bola bo‘ladi. Oyligi ham baland.

    Pensiya bilan birga oylik ham olyapman. Oyligim qo‘lga tegishi 1,5 million so‘m. Menga yetadi. Ochig‘i, men bu yerda mablag‘ uchun ishlamayman. Lekin yoshlar ko‘proq oylik olishni istaydi. Prezidentimiz o‘qituvchilarning oyligini 1000 dollargacha oshiramiz deb va’da bergandilar. Yoshlar hozir qachon osharkan deb kutib turibdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Agar yosh bo‘lganimda yanada ko‘proq ishlardim

    Agar ayol istasa, hammasini eplaydi. Karyerani ham, oilani ham.

    Bir o‘g‘il farzandim bor. Turmush o‘rtog‘im 20 yil oldin vafot etgan. Qaytib oila qurmadim. Bor hayotimni o‘g‘limga bag‘ishladim. Uni tarbiyaladim, o‘qitdim. Hozir esa rohatini ko‘rib yashayapman. Oilam tinch, bitta nevaram bor.

    Ertalab turib, ishga ketaman, yana kechga uyga qaytaman. Hayotimdan juda mamnunman. Agar yana biroz yosh bo‘lganimda, bundan-da ko‘proq ishlardim.

    Maktabni yaxshi ko‘raman. Kuchim yetganicha umrim boricha shu bolalar bilan ishlash niyatidaman. Mahalladagilarga agar yordam kerak bo‘lsa, aytinglar, so‘ranglar, deyman. Jamiyatga kerak bo‘lishni, odamlarga yordam berishni istayman.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi

    31.12.2021, 16:28   Izoh (0)   13145
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Millatlar Ligasi. Ronalduning goli Portugaliyani finalga olib chiqdi (video)

    Sport | 5 iyun, 07:16

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.