• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Chili tarixidagi eng yosh prezident. Mamlakatda o‘tkazilgan saylovlarning ikkinchi turida g‘olib chiqqan Gabriel Borich haqida

    Chilida 19-dekabr kuni prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi o‘tkazildi, unda 35 yoshli deputat Gabriel Borich g‘alaba qozondi, u siyosatda talabalar harakatidan kirib kelgan. “TASS” Borichning prezidentlikka saylanishi va Chilida davlat rahbari sifatida u amalga oshirishi lozim bo‘lgan ishlar, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy muammolar haqida ma’lumotlarni taqdim etgan. Daryo ularning tarjimasini e’tiboringizga havola qiladi.

    Chilining saylangan prezidenti Gabriel Borich

    Chilining saylangan prezidenti Gabriel Borich
    Foto: AP Photo

    Chili saylov xizmati ovozlar hisob-kitobi davomida qariyb 100 foiz saylovchi “Qadr-qimmatni ma’qullayman” so‘l-koalitsiyasining nomzodini qo‘llab-quvvatlagan, birinchi turdan keyin so‘llar va markaziy partiyalar tarafdorlari saylovchilarning 55,87 foizi ovoz bergan. Uning raqibi, o‘nglar partiyasi koalitsiyasidan tashqari o‘ng markaz alyansi bo‘lgan “Olg‘a Chili” ko‘mak bergan Xose Antonio Kast 44,19 foiz ovoz olgan.

    Chili tarixidagi eng yosh prezidentBorichni mamlakatning amaldagi davlat rahbari Sebastyan Pinyera ham saylovlardagi g‘alabasi bilan tabriklagan. U Borichga respublikani boshqarishda oqillik va mulohazakorlik tilagan. Shuningdek, yosh prezident Lotin Amerikasidagi boshqa davlatlarning rahbarlari ham g‘alaba bilan muborakbod etishgan. Yangi davlat rahbarining inauguratsiyasi 2022-yil 11-mart kuni o‘tkaziladi. Borich Chili tarixida 36 yoshida davlat rahbari lavozimiga kirishgan eng yosh prezident bo‘ladi.

    2011-yilda Borich mamlakatda amalda bo‘lgan pulli oliy ta’lim tizimiga qarshi talabalar norozilik namoyishlarining yetakchilaridan biri edi. 2013-yilda u mustaqil nomzod sifatida deputatlar palatasiga saylandi. Borichga ovoz berganlarning asosiy qismini 30 yoshgacha bo‘lgan aholi ya’ni yoshlar tashkil qiladi.

    U nomzod sifatida saylovoldi dasturidagi asosiy yo‘nalish sifatida ijtimoiy tengsizlikka qarshi kurashishni va’da qilgan. Saylovoldi kampaniyasi davomida tog‘-kon sanoatidan olinadigan yig‘imlarni oshirish (Chili dunyo bo‘yicha mis yetkazib beruvchi eng katta eksportyor hisoblanadi), hashamat uchun soliq joriy etish va xususiy nafaqa jamg‘armalari tizimidan voz kechishni taklif qilgan. Shuningdek, u mamlakat miqyosida bepub ta’lim tizimiga o‘tish va abortlarni qonuniylashtirish uchun ham kurashgan.

    Muzokara va kelishuvlarga tayyorlik“Qadr-qimmatni ma’qullayman” bu – kuchli so‘l va so‘llarga xos fikrlash koalitsiyasi hisoblanadi va uning tarkibiga Kommunistik partiya ham kiradi. Borichning o‘zini ham ko‘plab kuzatuvchilar ashaddiy so‘l siyosatchi deyishgan, u 21-noyabrda o‘tgan saylovlarning birinchi turida bir nechta savolga javob berganidan keyin shunday e’tirofga erishdi. Nomzod iqtisodiyot va xavfsizlik borasida o‘z fikrlari, pozitsiyasini bayon qilib o‘ziga biroz ishonqiramay qarayotgan saylovlchilarning e’tiborini jalb qilgan.

    Chilining saylangan prezidenti sifatida qilgan birinchi chiqishida u Kastga minnatdorlik bildirdi va turli qarama-qarshiliklarga qaramay uning mamlakatni rivojlantirish yuzasidan takliflarini ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.

    “Muvozanatga ega Kongress qilamiz (ikki palatali parlament), bu muloqot uchun sharoit yaratiladi degani, bu ishni qilishimiz shart”, – degan Borich.

    Yuqori palatada “Qadr-qimmatni ma’qullayman” koalitsiyasi 42 o‘rindan 5 tasi, quyi palatada esa 155 o‘rinning 37 tasini egallaydi.

    Shuningdek, Borich atrof-muhitga zarar keltiradigan loyihalar, xususan “Dominga” konining qurilishiga qarshi keskin kurash olib borishini aytgan. Loyiha bir necha yildan beri kelishuv bosqichida qolgan, ekologlar konning qurilishini tanqid qilgan. Avgust oyida atrof-muhitni himoya qilish bo‘yicha mintaqaviy komissiya qurilishni boshlashni ma’qullagan.

    “Hukumatimiz oldida turgan asosiy maqsad va yo‘nalish sayyoramizning vayron bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, taraqqiyotga erishish hamda atrof-muhit, tabiat muhofazasini ta’minlash”, – deya ta’kidlagan Borich.

    Nutqini Chili hududidagi tub aholi mapuche tilida boshlagan Borich mamlakatda millatlararo munosabatlarda ayirmakashlikka, irqchilikka yo‘l qo‘ymasligi haqida va’da berdi.

    Ijtimoiy inqiroz va mapuche hindulari bilan nizolarChilidagi saylovlar COVID-19 koronavirus pandemiyasi tufayli boshlangan inqiroz, ijtimoiy keskinlik darajasi oshgan, 2019-yil oktabr oyida boshlangan noroziliklar va tartibsizliklar asoratlari hali butkul tark etmagan vaziyatda o‘tkazildi. Mintaqada eng barqaror va iqtisodiy jihatdan muvaffqiyatli bo‘lgan mamlakatda vandalizm, jinoyatchilik avjiga chiqqan. Chili hukumati Osiyo – Tinch okeani iqtisodiy ittifoqi sammitini o‘tkazishni bekor qildi va komendantlik soati joriy etishga majbur bo‘ldi.

    Bundan tashqari Chilida hukumat hamda radikal kayfiyatdagi mapuche hindulari o‘rtasidagi nizo ham keskinlashdi, mapuchelar ajdodlariga tegishli bo‘lgan yerlarni qaytarishni talab qildi. Pinyeraga Araukania va Bio-Bio provinsiyalari hududlarida uyushtirilgan bir nechta olovli hujumlardan keyin u favqulodda holat e’lon qildi va tartibni saqlash uchun harbiylarni safarbar etishga majbur bo‘ldi.

    Borich mazkur nizoni tub aholi vakillari bilan muloqot qilish orqali hal etish, mamlakatdagi to‘qnashuvlarni oldini olish va huquq-tartibot organlari faoliyatida islohotlar o‘tkazishni taklif qilmoqda. Araukaniya yosh siyosatchi saylovlarda eng yomon natija qayd etgan hududlardan biri hisoblanadi. U yerdagi saylovchilarning 60 foizdan ko‘pi Kast uchun ovoz bergan, u huquq-tartibot organlarining vakolatlari kengayishini yoqlab chiqqan.

    23.12.2021, 06:00   Izoh (0)   16923
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Angliyada qushsimon yirtqich dinozavrlarning yangi turi topildi

    22.12.2021, 22:36

    Fransiyada bir sutkada 73 mingdan ortiq kishida koronavirus aniqlandi — bu yangi antirekord

    22.12.2021, 20:27

    Turkiyada 61 kishi qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi

    22.12.2021, 19:26

    Putin politsiyachilarning vakolatini kengaytiruvchi qonunni imzoladi. Ularga fuqarolarning avtomobillarini tintuv qilishga ruxsat berildi

    22.12.2021, 18:55

    Rossiya Ukrainaga bostirib kiradigan bo‘lsa, AQSh Rossiyaga telefon eksportini taqiqlashi mumkin

    22.12.2021, 17:54

    “Omikron” shtammidan tashvishga tushgan Turkmaniston prezidenti chegaradan olib kirilayotgan mahsulotlarni kuzatish bo‘yicha topshiriq berdi

    22.12.2021, 17:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.