Chilida namoyishchilar poytaxt Santyagodagi Pedro de Valdiviya nomli universitetga o‘t qo‘ydi. Bu haqda 24 Horas xabar bermoqda.

Foto: 24 Horas

Bu aynan o‘t qo‘yish bo‘lgani aytilmoqda. Ko‘p ming kishilik norozilik namoyishi universitet yaqinida, Italiya maydonida bo‘lib o‘tayotgandi.

Shahar o‘t o‘chirish xizmati yong‘inni bartaraf etishga 20 dan ortiq brigada safarbar etilgani, hodisada bir nafar o‘t o‘chiruvchi yaralanganini ma’lum qildi.

Universitetning ayni paytdagi holati haqida ma’lum qilinmagan.