• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qo‘yliq” bozorini ko‘chirish to‘g‘risidagi qaror 2017-yilda qabul qilingan. Bozor ko‘chirilishi bilan bog‘liq yangi tafsilotlar ma’lum qilindi

    Toshkent shahar hokimligi “Qo‘yliq” dehqon bozori yo‘l kengaytirilishi sabab boshqa joyga ko‘chirilishini ma’lum qilgandi. Bunday qaror hukumat tomonidan 2017-yildayoq qabul qilingan, deb xabar bermoqda Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan tanishib chiqqan “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Poytaxtning eng yirik bozorlaridan biri ko‘chirilishi haqidagi xabarlar tarqalganiga bir necha kun bo‘ldi (ko‘chirish to‘g‘risidagi xabarlar bir necha yil avval ham tilga olingan). Shahar hokimligi bunday qaror Toshkent halqa yo‘lini kengaytirish va uning ustidan o‘tadigan chorrahalarni keng ko‘lamli rekonstruksiya qilish rejalari bilan bog‘liqligini ma’lum qilib, tez fursatlarda loyiha haqida batafsil ma’lumot berishni bildirdi.

    “Qo‘yliq” bozori qayerga ko‘chiriladi?

    Foto: Food City

    Foto: Food City
    9-dekabr kuni bozor Qo‘yliqdan 6,5 kilometr uzoqlikda, Toshkent viloyatida joylashgan Food City savdo majmuasiga ko‘chirilishi haqida xabarlar tarqaldi. U mamlakatdagi birinchi qishloq xo‘jaligi klasteri va zamonaviy savdo maydonchasi hisoblanadi.

    Food City vakilining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, xalqaro tajriba o‘rganilgach, bozorni poytaxt tashqarisiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan.

    “Agar xalqaro tajribaga qaraydigan bo‘lsak, unda barcha bozorlar shahar tashqarisida joylashganini ko‘rishimiz mumkin. ‘Qo‘yliq’ — bu oziq-ovqat mahsulotlarini Toshkent bo‘ylab taqsimlovchi markaz. Ko‘plab kichik do‘konlar bu yerda mahsulot xarid qiladi va ularni uylar oldidagi do‘konlarda sotadi. Transport oqimining ko‘pligi esa yo‘llarda tirbandliklar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi”, — deb ta’kidlagan kompaniya vakili.

    U, shuningdek, “Qo‘yliq” bozorida ishlaydiganlar yangi bozorda joy ajratishda ustuvorlikka egaligini, ularga poytaxt hokimligi tomonidan savdo joyi uchun o‘rnatiladigan ijara pulidan 80 foizlik chegirma taqdim etilishini bildirgan.

    “Kun.uz”ning yozishicha, savdo markazidagi do‘konlar iyul oyidan boshlab ijara sifatida taklif etila boshlangan. Ijara puli 50 milliondan 100 million so‘mgachani tashkil qilgan. Majmua vakili esa bu boshlang‘ich narx ekanligini, 100 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ garov sifatida talab etilishi, oylik ijara puli esa 3,5 million so‘mni tashkil etishini aytgan.

    Food City vakilining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, yangi bozordan uzoqroqda istiqomat qiluvchi iste’molchilar, shu jumladan, eng yaqin metro bekatlaridan bepul avtobus yo‘nalishlarini joriy etish rejalashtirilgan. Hozirda harakatlanish sxemasi ishlab chiqilmoqda va zarur avtobuslar soni aniqlashtirilmoqda.

    Food City ma’lumotlariga ko‘ra, 20 ming kvadrat metr maydonni egallagan savdo bozori haftasiga 7 kun, 24 soat davomida ishlaydi.

    Hukumat farmoyishida nimalar qayd etilgan?

    “Gazeta.uz” o‘rganib chiqqan Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi farmoyishida “Bektemir Nur agro” va “Tursunov Ulug‘bek agro” fermer xo‘jaliklariga qarashli bo‘lgan 55 gektar maydonni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash korxonasi, dehqon (oziq-ovqat) bozori, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji savdosi majmuasi, yirik savdo majmuasi (gipermarket), shuningdek, avtomobil to‘xtash joyi va avtobus bekati qurilishi uchun ajratish nazarda tutilgan.

    Majmuani qurish taklifi Toshkent viloyati hokimligi, Davlat soliq qo‘mitasi va “Toshkentvino” kombinati tomonidan bildirilgan.

    Qurilish maqsadlari sifatida “Toshkent shahri aholisini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, zamonaviy talablarga javob beradigan qulayliklar yaratish va xizmatlar ko‘rsatish, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini respublikaning boshqa hududlaridan tez va arzon yetkazib berish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va eksport qilish hajmini oshirish” ko‘rsatilgan.

    Yangi majmuaning ochilishi 2019-yilga mo‘ljallangan edi. Qurilish buyurtmachisi sifatida “Toshkentvino” kombinati tanlangan, bosh pudratchi esa — “O‘zagrosanoatloyiha” hisoblanadi. Loyiha prezidentga ham taqdim etilgan.

    Farmoyishda qayd etilishicha, qurilish ishlari yakunlangach, savdo bilan shug‘ullanuvchi va “Qo‘yliq” dehqon bozori hududida xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar (fermer va dehqon xo‘jaliklari) yangi kompleksga ko‘chiriladi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ochiq ma’lumotlariga ko‘ra, Food City’ga 2017-yil 5-dekabrda Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida tashkil etilgan Food City Tashkent egalik qiladi. Asosiy faoliyat turi — noturar joylar boshqaruvi va ijarasi hisoblanadi.

    Uning ta’sischilari qatoridan Procab (60,7 foiz), “Trastbank” kompaniyasi Trast Leasing (26 foiz) va “Toshkentvino” (13,3 foiz) o‘rin olgan. Rahbari esa Dilshod Xabibullayevich Samigov.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Procab kabel va sim mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyaning 47,8 foiz ulushi Inter Alltech Limited Kompaniyasi‘ga tegishli (Google orqali qidiruvlar “Alltek” Rossiya kompaniyalar guruhiga qarashli ekanini ko‘rsatmoqda). 26,1 foiz ulushga Dilmurodjon Batirovich Parpiyev egalik qilsa (otasining ismi va familiyasi DSQning sobiq rahbari Botir Parpiyevning ism va familiyasi bilan bir xil), qolgan 26,1 foiz ulush Toxir Miraximovich Sharipovga qarashli.

    Dilmurod Parpiyev va Tozir Sharipov shuningdek, Inco-Construction (Inco kompaniyalar guruhi), Alutex, Inco Invest, Furnir va Presystem Universal kompaniyalarida teng (50 foiz) ulushlarga ega.

    “Toshkentvino”ning eng yirik aksiyadorlari qatoridan — 31,4 foiz ulush bilan Buyuk Britaniyaning Virjiniya orollaridagi Fruit Industrials S.A. kompaniyasi o‘rin olgan.

    Sotuvchilar noroziligi

    Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘yliqdagi dehqon bozori va ulgurji bozor yaqinidagi avtomobil yo‘lini odamlar “jonli devor” hosil qilib to‘sishga urinayotgani aks etgan videoyozuvlar tarqaldi. Videoga olayotgan shaxsning izohiga ko‘ra, odamlar “Qo‘yliq” bozori yo‘l kengaytirilishi va yo‘l o‘tkazgich qurilishi munosabati bilan buzilishga tushgani va bozor hududiga kirish yopib qo‘yilganidan norozilik bildirib, yo‘lni to‘sishga chiqqan.

    “Daryo” vaziyat yuzasidan izoh olish maqsadida Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi hamda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatlariga murojaat qildi. Hokimlik matbuot xizmati so‘rovlarga javob bermagan bo‘lsa, huquq-tartibot organlari vakillari “vaziyat bo‘yicha ish olib borilayotgani”ni, yaqin vaqt ichida rasmiy izoh berilishini ma’lum qildi.

    10.12.2021, 15:56   Izoh (0)   34689
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

    10.12.2021, 14:10

    Toshkentda Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasi muhokama qilindi

    10.12.2021, 13:53

    Samarqandda DXX choyxonada qimor o‘ynayotgan 17 kishini qo‘lga oldi. O‘yinni 63 yoshli erkak tashkil qilgan

    10.12.2021, 13:02

    “O‘zgidromet” dam olish kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

    10.12.2021, 12:28

    O‘zbekistonga 2021-yilning 11 oyida xorijdan yuborilgan pul o‘tkazmalari hajmi ma’lum qilindi

    10.12.2021, 12:01

    O‘zbekistonning ayrim hududlarida 11-dekabr kuni yomg‘ir yog‘adi

    10.12.2021, 11:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.