Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi va havo haroratining me’yoriy qiymatlargacha pasayishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, 10-dekabr, juma kuni respublika hududida havo harorati 16-18 daraja iliq, janubiy tumanlarda 20-21 daraja atrofida iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu me’yordan 9-11 darajaga yuqoridir.
11-dekabr, shanba kuni Kaspiy dengizidan nam havo massalari kirib kelishi sabab Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida, kechga tomon Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 2-7 daraja iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 10-15 darajagacha iliq bo‘ladi.
12-dekabr, yakshanba kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida (Farg‘ona vodiysi viloyatlaridan tashqari) ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, shimoliy tumanlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.
Kunduzi havo harorati pasayishda davom etadi va 4-9 daraja iliqdan yuqori bo‘lmaydi. Bunday harorat ushbu kun uchun o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqindir.
Izoh (0)