O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 24-oktabrdagi 1198-f sonli farmoyishiga ko‘ra, Toshkent shahridagi “Qo‘yliq dehqon bozori” AJ hududida savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolar (fermer, dehqon xo‘jaliklari) savdo kompleksi qurilishi yakunlanganidan so‘ng, belgilangan tartibda yangi savdo kompleksiga ko‘chirilishi belgilangan.

Hozirgi kunda ushbu zamonaviy savdo kompleksining qurilish ishlari 99 foiz yakunlangan va farmoyishga muvofiq ko‘chirish ishlari amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu yangi bozor O‘zbekistondagi birinchi qishloq xo‘jaligi klasteri va eng zamonaviy savdo maydonchasi sifatida Food City ko‘rinishida ish faoliyatini olib boradi. Shuningdek, ushbu bozorda O‘zbekistonda birinchi Cross-docking logistika operatsion tizimi qo‘llanildi. Bu tizim tovarlarni omborda saqlash bosqichini istisno qiladi, aniqroq qilib aytganda siz mahsulotni yig‘ilgan joyidan sotib olasiz, ko‘pgina omborlar va sotuvchilarni chetlab o‘tasiz, shu bilan siz to‘g‘ridan to‘g‘ri joyidan yangi mahsulotni olasiz.

Ushbu yangi Food City quyidagilarni o‘z ichiga olgan:

  • bozor oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilishga mo‘ljallangan;
  • ish vaqti — 24/7;
  • savdo bozori 20 000 kvadrat metr maydonni egallaydi;
  • bozorda zamonaviy sovutish tizimi mavjud bo‘lib, yil davomida mahsulotlarni bir xil haroratda saqlash imkoniyatini beradi;
  • 2500 ta savdo do‘konlari va vitrinalar mavjud;
  • 36000 kvadrat metr maydonni egallagan cross-docking;
  • 3 000 ta yengil avtomobil sig‘imiga mo‘ljallangan zamonaviy avtomobil to‘xtash joyi;
  • 400 ta yuk mashinasi sig‘imiga mo‘ljallangan zamonaviy avtomobil to‘xtash joyi;
  • 250 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy mehmonxona kompleksi;
  • quruq ombor 6000 kvadrat metr maydonni egallaydi;
  • sovutgich ombor 6000 kvadrat metr maydonni egallaydi;
  • muzlatkich ombor 10 000 kvadrat metr maydonni egallaydi;
  • biznes markaz;
  • xizmat ko‘rsatuvchi bank — “Trastbank”;
  • shahar ichi va shahar tashqarisiga qatnovchi 36 ta avtobusga mo‘ljallangan avtobus to‘xtash bekati;
  • yo‘nalish taksilari uchun to‘xtash bekati;
  • yengil va yuk avtomobillari diagnostikasi va ta’mirlash avtoservisi.

Food City xizmatlarining ba’zilariga alohida to‘xtalib o‘tamiz.

Yopiq bozor

Yopiq bozor hududida savdo qiluvchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

  • Ayollar va erkaklar uchun namoz o‘qish uchun ajratilgan xonalar;
  • Fud-kort (oshxona);
  • Oziq-ovqat aravachasi;
  • Trassadan asosiy 2 kirish joyi mavjud bo‘lib, bittasi yuk avtomobillari uchun, ikkinchisi yengil avtomobillar uchun 24/7 xizmat ko‘rsatuvchi avto parking;
  • 2500 savdo do‘konlari va savdo pavilyonlari;
  • Ulgurji, chakana narxlar;
  • Dorixona;
  • Bankomatlar;
  • Ximchistka;
  • Mayda ta’mirlash joyi;
  • Aloqa salonlari;
  • Sartaroshxonalar;
  • Avia va temir yo‘l chiptalari;
  • Yuridik va konsalting xizmatlari;
  • Bojxona rasmiylashtirish va logistika;
  • Mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berish xizmati;

Kross-dok

Yangi Food City’da 5 ta kross-dok xizmat ko‘rsatadi, unda bir paytning o‘zida 400 furaga xizmat ko‘rsatish imkoniyati mavjud.

Qulayliklar:

  • kross-dok hududida doimiy qo‘riqlash xizmati mavjud;
  • iqlim nazorati, yil davomidagi havo harorati +13 C;
  • tovarni tushurish va ortish hududi 6 kvadrat metr;
  • bir kunda bir necha marotabalik mahsulotlar narxini monitoring qilish.

Zamonaviy mehmonxona kompleksi

Zamonaviy mehmonxona kompleksi 250 o‘ringa mo‘ljallangan va quyidagi qulayliklarga ega:

  • ish vaqti 24/7;
  • avtomobil to‘xtash joyi;
  • tekin Wi-Fi;
  • lift xizmati;
  • kir yuvish xizmati;
  • mehmonxona nomerlari 3 darajali: hostel, standart va premium;
  • narxlar qulay va hamyonbop.

Ombor xizmati

Yangi Food City’da 3 turdagi ombor xizmati mavjud:

1. Quruq ombor 6000 kvadrat metr maydonni egallaydi. Bu omborda asosan ma’lum darajadagi haroratda saqlanishi talab etilmaydigan mahsulotlar saqlanadi. Mazkur omborda mahsulotlarni ishonchli saqlanishini kafolatlash maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan va ular 24 soat ishlaydi. Yuklarga zarar bermay joylashtirish maqsadida, zamonaviy yuk tashkuvchi texnikadan foydalaniladi.

2. Sovutgich ombor 6000 kvadrat metr maydonni egallaydi. Mazkur omborda ma’lum bir haroratda saqlanishi lozim bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadi. Ushbu mahsulotlarni ishonchli saqlanishini kafolatlash maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan va ular 24 soat ishlaydi.

3. Muzlatkich ombor 10 000 kvadrat metr maydonni egallaydi. Ushbu omborda sovuq haroratda saqlanishi lozim bo‘lgan va tez aynishga mo‘ljallangan mahsulotlar saqlanadi. Ushbu mahsulotlarni ishonchli saqlanishini kafolatlash maqsadida videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan va ular 24 soat ishlaydi.

Biznes markaz

Savdo kompleksida zamonaviy 4 qavatli biznes markazi mavjud. Ushbu markazda moliyaviy ishlar va iqtisodiy ish faoliyatini olib borish uchun kerakli infrastruktura, zamonaviy texnika va jihozlar bilan ta’minlangan. Barcha xonalar internet bilan jihozlangan.

“Yangi Qo‘yliq dehqon bozori”ning manzili:

Toshkent viloyati, O‘rta Chirchiq tumani

Telefon: +99855 500 00 04

Sayt: foodcitytashkent.uz

Bozor haqida ko‘proq ma’lumot olishni, fotosuratlar va videolarni ko‘rishni xohlasangiz, shu tugmani bosing foodcitytashkent.uz.

Reklama huquqi asosida.