• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    SSV tibbiyot muassasalaridagi ortiqcha qog‘ozbozlikni qisqartirish choralarini ko‘rmoqda

    Sog‘liqni saqlash vazirligida Toshkent shahridagi bir guruh tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda amaliyot uchun foydali bo‘lmagan, ortiqcha ovoragarchiliklarni keltirib chiqarayotgan hujjat va hisobot shakllarini qayta ko‘rib chiqish hamda qisqartirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Tibbiyot muassasalarida hali-hanuz ortiqcha ovoragarchiliklar barham topgani yo‘q. Shifokorlar qabuliga kirish uchun bemorlar ba’zan soatlab navbat kutishiga to‘g‘ri kelmoqda. Chunki soha xodimlari zimmasidagi yuklamalar ko‘p. Ularning aksariyati qog‘ozbozlik bilan bog‘liq”, — deyiladi xabarda.

    Ma’lum bo‘lishicha, tibbiyot muassasalari shifokor va hamshiralari hozir 26 turdagi jurnallar, 33 turdagi hisobot shakllari hamda bemorlarga beriladigan o‘nlab turdagi blankalarni to‘ldirishga majbur bo‘lmoqda.

    Masalan, “Tibbiyot xodimlarining jarohat holatlarini qayd qilish jurnali”ga noxush vaziyatlar yuz bermasa, oylab, hatto yillab ehtiyoj bo‘lmasligi mumkin. Lekin hamshira ana shu hujjat turiga har kuni “Bugun ko‘ngilsiz holatlar sodir bo‘lmadi” degan mazmundagi qaydlarni kiritib borishi shart.

    “Vaholanki, shifokorning eng asosiy vazifasi odamlarga shifo ulashishdan iborat. U buning uchun har bir bemorga o‘rtacha 15 daqiqa vaqt ajratishi kerak. Biroq amalda shundan ma’lum qismi hujjat to‘ldirishga sarflanmoqda”, — deya qayd etiladi xabarda.

    Birlamchi bo‘g‘in xodimlari “Ambulator-poliklinika muassasasiga kelganlarni qayd etish jurnali” ham ortiqcha, degan fikrda. Negaki, aholi juda ko‘p murojaat qilgan pallalarda qabul bo‘limi hamshirasining mazkur jurnalni to‘ldirib o‘tirishi uzundan uzoq navbatlarni yuzaga keltiradi. Bu esa odamlarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.

    Qolaversa, bemorlar qabul bo‘limidan ro‘yxatdan o‘tgach, shifokor huzuriga kirish uchun yana ro‘yxatga yozilishi zarur. Ushbu holatlarni bartaraf etish uchun ayni paytda Sog‘liqni saqlash vazirligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

    Ta’kidlanishicha, jarayon yakunlangach, chiqariladigan xulosalar nafaqat tibbiyot xodimlari, balki aholi uchun ham foydali bo‘ladi. “Shunda shifokor va hamshiralar asosiy vaqtini hisobot-u hujjatlar to‘ldirishga emas, balki bemorlarni davolashga yo‘naltirish imkoniga ega bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.

    Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xojiboyev lavozimidan ozod etilgani, shu kunning o‘zida O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shundan so‘ng, SSV ishchi guruhi tibbiyot tizimida yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklarni o‘rganib, zudlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rishga kirishdi. Xususan, Behzod Musayev SSV tizimidagi talabga javob bermaydigan barcha sanitariya-gigiyena xonalarini ta’mirdan chiqarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

    Mavzuga doir:

    • “To‘g‘ri tanqid qilingan”. Buxoro SSB “ahvoli qo‘rqinchli” shifoxona to‘g‘risidagi maqolaga munosabat bildirdi
    • SSV: O‘RVIga chalingan bolalar uchun 5 mingdan ortiq qo‘shimcha o‘rin-joy tashkil qilindi

    30.11.2021, 15:50   Izoh (0)   13820
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zgidromet” 1—2-dekabr kunlari ayrim hududlarda chang bo‘roni kuzatilishidan ogohlantirdi

    30.11.2021, 15:05

    Qashqadaryodagi korxonalardan birining omborxonasida yong‘in chiqdi (video)

    30.11.2021, 14:52

    Adliya vazirligi deputat Rasul Kusherbayev dollarni “qora bozor”dan almashtirganini qoraladi

    30.11.2021, 14:09

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi “Gazmprobank”ning Aleksey Matveyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan muhokamalar o‘tkazdi

    30.11.2021, 13:30

    Toshkentdagi barcha “marshrutka”lar transport kartalaridan foydalanishga o‘tadi

    30.11.2021, 13:25

    Qashqadaryoda bolalar hojatxonaga qamab qo‘yilgan bog‘cha rahbariyatiga jinoyat ishi ochildi

    30.11.2021, 13:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Saudiyada oilaviy zo‘ravonlikka uchragan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 22:45

    Tramp Putin bilan muzokaralarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi — FT

    Dunyo | 13 avgust, 22:35

    Jahon banki prognozi: O‘zbekiston yuqori daromadli davlatlarga yetib olishiga kamida 100 yil ketadi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 22:20

    AQSH qariyb 50 yildan keyin ilk bor orbitaga navigatsiya sun’iy yo‘ldoshini chiqardi

    Dunyo | 13 avgust, 22:15

    Superliga. “Buxoro” “Xorazm” bilan murosa yo‘lini tanladi. “Surxon” esa “Bunyodkor”ga hech qanday imkon qoldirmadi

    Sport | 13 avgust, 22:07

    Toshkentda 44 nafar ishchiga 5,1 mlrd so‘m maoshlari undirib berildi

    O‘zbekiston | 13 avgust, 22:00

    Hammaga yoqadi: qayta-qayta ko‘rishga arziydigan turk filmlari

    Kino | 13 avgust, 21:45

    AQSH Suriyaga mamlakatni tiklash bo‘yicha yordam evaziga yon berishni taklif qildi

    Dunyo | 13 avgust, 21:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.