• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Adliya vazirligi deputat Rasul Kusherbayev dollarni “qora bozor”dan almashtirganini qoraladi

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Facebook’da jonli efirga chiqib, o‘zi istiqomat qiladigan Yangiyo‘l shahrida 27-noyabr, shanba kuni bir soat davomida valyuta ayirboshlash shoxobchasini izlagani, biroq ularning barchasi yopiqligi sabab 50 dollarni “qora bozorda” almashtirishga majbur bo‘lganini yozib, Markaziy bankni tanqid qilgandi. Holatga Adliya vazirligi munosabat bildirib, uning bu harakatini qoraladi.

    Foto: Telegram / Rasul Kusherbayev

    Foto: Telegram / Rasul Kusherbayev

    Unda ta’kidlanishicha, deputat bu harakati bilan O‘zbekiston qonun va tartiblarini buzganini hamda o‘z harakati uchun javobgar bo‘lishga tayyor ekanini namoyishkorona ma’lum qildi. Vazirlik xabarda ko‘tarilgan muammo hayotda uchrayotganini inkor etmagan holda, uning aynan huquqiy tomoniga alohida e’tibor qaratdi.

    “Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan yuqoridagi qoidalar va qonun talablari kimgadir qulayligi yoki qulay emasligi, yoqishi yoki yoqmasligi, uning fikridan, qarashlaridan va ijtimoiy maqomidan yoxud haftaning qaysi kuni ekanidan qat’iy nazar bajarilishi majburiydir.

    O‘zbekistonda huquqiy ong va madaniyat, qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqiy davlat qurish bo‘yicha jamiyat birlashib, shu maqsadlar sari intilib yashab kelmoqda.

    Albatta mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlashda hali qator muammolar mavjud va bu borada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Buni har kungi hayotimizda, jamiyat vakillari fikrlarida, xalqaro kuzatuvchilar va tashkilotlar reytinglarida ham ko‘rib turibmiz. Shunday ekan, ushbu muammolarni yechish va qonuniylikni ta’minlash ustida bosh qotirish kerakmi yoki teskarisini targ‘ib qilish kerakmi, degan haqli savol tug‘iladi.

    Ikkinchidan, jamiyatni qiynayotgan, o‘z yechimini kutayotgan muammo va kamchiliklar ochiq va shaffof barcha darajada muhokama qilinib, yechimlar o‘rtaga tashlanmoqda. Bunda aholining barcha qatlamlari, deputatlar, senatorlar va mutaxassislar o‘z fikrlarini erkin bayon etmoqda.

    Lekin deputat Rasul Kusherbayev tomonidan qonun bilan javobgarlik belgilab qo‘yilgan huquqbuzarlikni bila turib sodir etib, bu xatti-harakatini keng ommaga namoyishkorona ma’lum qilinishi jamiyatni qonun ustuvorligi tomon emas, teskari tomonga chorladi, noqulay paytda qonunlarni buzish mumkin, yoqmaydigan talablarga ko‘z yumsa bo‘ladi, javobgarlikdan qo‘rqmayman degan eng noto‘g‘ri va asossiz signalni jamiyatimizga yubordi.

    Ayniqsa, bu harakatlar, qonun qabul qiladigan eng oliy organ vakili tomonidan, o‘zi qabul qiladigan qonunlarga rioya etilishini targ‘ib qilishi kerak bo‘lgan mas’ul inson tomonidan sodir etilgani eng achinarli holatdir.

    Kelajakda hurmatli deputat qonun ustuvorligini boshqalardan talab qilganda, o‘zining ushbu harakatlarini jamiyat a’zolari unga eslatishlari aniq.

    Uchinchidan, Qonunchilik palatasi deputati sifatida Rasul Kusherbayev o‘z vakolatlari doirasida masalani tizimli hal qilish maqsadida tegishli so‘rov bilan mutasaddi idoralarga murojaat etishi, qonunlarga o‘zgartirish bo‘yicha tashabbus bilan chiqishi ham mumkin edi (valyuta sohasidagi qonunlarga).

    Afsuski, Rasul Kusherbayevning shaxsiy o‘rnak sifatida qonunlarni buzish orqali muammoni hal etish va bunday huquqbuzarlikni ma’nan yoqlash usulini tanlagani, shu orqali huquqiy nigilizmni targ‘ib qilishga olib kelayotganini oqlab bo‘lmaydi.

    To‘rtinchidan, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasiga asosan deputat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, ...qonunlariga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi. Mazkur qonunning 11-moddasiga asosan deputat odob qoidalariga qat’iy rioya etishi lozimligi, deputatning o‘z maqomidan jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazadigan tarzda foydalanishiga yo‘l qo‘yilmasligi nazarda tutilgan”, — deyiladi vazirlik munosabatida.

    Rasul Kusherbayevning yuqoridagi xatti-harakatiga uning deputatlik maqomini e’tiborga olib, faqat tegishli vakolatli organ huquqiy baho berishga haqli ekani va bu jarayon amalga oshmaguncha hech kim uni qonunbuzar deb e’tirof etish mumkin emas emasligi ham bildirib o‘tilgan.

    Shuningdek, “Hamkorbank” ATB Yangiyo‘l filiali tomonidan bildirilgan munosabatga tayanib, bank binosida joylashgan valyuta ayirboshlash shoxobchasi shanba kunlari xorijiy valyutani sotib olish xizmatini ko‘rsatishi qo‘shimcha qilingan.

    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2019-yil avgust oyida ko‘p yillardan beri birinchi marta chet el valyutasini naqd ko‘rinishda sotib olishga ruxsat berildi. Bunga qadar odamlar dollarni faqat xalqaro bank plastik kartalari orqali (Visa, MasterCard va boshqalar) sotib olishlari mumkin edi.

    Valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazganlik uchun esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 170-moddasida javobgarlik belgilangan.

    30.11.2021, 14:09   Izoh (0)   44378
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekneftgaz”: Boshqaruv raisi “Gazmprobank”ning Aleksey Matveyev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan muhokamalar o‘tkazdi

    30.11.2021, 13:30

    Toshkentdagi barcha “marshrutka”lar transport kartalaridan foydalanishga o‘tadi

    30.11.2021, 13:25

    Qashqadaryoda bolalar hojatxonaga qamab qo‘yilgan bog‘cha rahbariyatiga jinoyat ishi ochildi

    30.11.2021, 13:10

    O‘zbekistonda ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni ko‘rib chiqish vakolati Milliy gvardiyaga ham berilishi mumkin

    30.11.2021, 12:57

    O‘zbekistonda qishning birinchi kuni 23 darajagacha iliq bo‘ladi

    30.11.2021, 12:11

    Qamchiq dovonida “baliq yomg‘iri kuzatilgani” haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    30.11.2021, 11:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 11:10

    Jahon chempionati qur’asi qachon va qayerda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 avgust, 11:00

    Tramp Putinni futbol bo‘yicha jahon chempionatiga kelishi mumkinligini ma’lum qildi

    Dunyo | 23 avgust, 10:45

    Rossiyaga isiriq olib kirmoqchi bo‘lgan ayol 8 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 10:25

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.