• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Berdimuhamedov “Turkmankimyo” rahbari va bosh prokurorga faoliyatidagi sustkashliklar uchun qattiq tanbeh berdi

    Turkmanistonda 5-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi o‘n oylik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi. Unda Turkmaniston bosh vaziri o‘rinbosari, qurilish-sanoat va energetika kompleksi faoliyatiga rahbarlik qiluvchi Chorimurat Purchekov, sanoat va qurilish ishlab chiqarish vaziri Boymurat Annamammedov, “Turkmankimyo” davlat konserni raisi Niyazli Niyazliyev va boshqalar ma’ruza qildi. “Xronika Turkmenistana” gazetasining Turkmaniston davlat axborot agentligiga tayanib, yozishicha, mutasaddilar o‘ziga qarashli sohalar faoliyati bo‘yicha ijobiy hisobotlarni taqdim etgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qurilish majmuasining ko‘rsatkichlari umuman olganda yomon emasligini, biroq qattiq ishlashda davom etish kerakligini ta’kidlab, 2022-yil uchun yaxshi investitsiya dasturini tayyorlash bo‘yicha topshiriq berdi.

    “Qurilish majmuasi talablarini to‘liq qondirish uchun profil sanoatini rivojlantirishni davom ettirish, yangi sex va korxonalar qurish, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish muhim ahamiyatga ega”, – dedi Turkmaniston rahbari.

    Turar joy binolari, ijtimoiy obyektlar, ayniqsa, Axal viloyati ma’muriy markazi qurilishini jadallashtirish uchun ushbu viloyatga mas’ul bo‘lgan bosh vazirning savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Chori Gilijov bilan yaqindan hamkorlik qilish topshirildi.

    8-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida Berdimuhamedov yana bir bor bosh vazir o‘rinbosari Chorimurat Purchekovga “turar joy binolari, aholi punktlari, ayniqsa, Axal viloyati ma’muriy markazi qurilishini jadallashtirish” topshirig‘ini bergandi. Prezident oxirgi marta uning qurilishini 21-oktabr kuni ko‘zdan kechirgan.

    So‘ng Turkmaniston prezidenti o‘z xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmagani va ishdagi kamchiliklari uchun “Turkmankimyo” rahbari Niyazli Niyazliyev va qurilish sanoati vaziri Boymurat Annamammedovga tanbeh berdi. Ularga mavjud vaziyatni sinchiklab tahlil qilish, mavjud kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rish topshirildi.

    2018-yilda agrosanoat majmuasi uchun mineral o‘g‘itlar yetarli darajada ishlab chiqarilmagani uchun “Turkmankimyo” rahbariga uchta, jumladan, oxirgi ogohlantirish bilan qattiq tanbeh berilgandi. 2020-yil mart oyida ham u oxirgi ogohlantirish bilan qattiq tanbeh, so‘ng 2021-yil fevralida yana bir qattiq tanbeh olgan.

    Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida, shuningdek, bosh vazirning neft-gaz sanoatiga rahbarlik qiluvchi o‘rinbosari Shahim Abdurahmonov sohaning 10 oylik faoliyati bo‘yicha ijobiy hisobotini taqdim etdi.

    Gurbanguli Berdimuhamedov bosh vazir o‘rinbosarining hisoboti chog‘ida “Turkmangaz” davlat konserni raisi Botir Amanov, “Turkmenneft” raisi Guychgeldi Baygeldiyev, “Turkmangeologiya” raisi Merdan Ro‘zyev va bosh prokuror Botir Atdayevni chaqirdi.

    Turkmaniston rahbari mutasaddilarga yoqilg‘i-energetika kompleksining barcha sanoat tuzilmalarining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirish, neft va gaz qazib olish hajmini oshirish, shuningdek, uglevodorodlardan tayyorlanadigan mahsulotlar turini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

    Shundan so‘ng Berdimuhamedov bosh vazir o‘rinbosari Abdurahmonovga tanbeh berdi, “Turkmangaz” rahbari Amanov hamda bosh prokuror Atdayevga esa so‘nggi ogohlantirish bilan ikkita qattiq tanbeh berdi.

    Abdurahmonov va Amanov xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmagani, o‘ziga qarashli tarmoq va muassasalar faoliyati ustidan nazoratni susaytirgani, Atdayev neft-gaz kompleksi tuzilmalari faoliyati ustidan prokurorlik nazoratini susaytirgani uchun jazolandi.

    Neft va gaz sohasidagi mutasaddilarining hisobotlari nima maqsadda bosh prokuror bilan bog‘langani va “Turkmangaz” korxonalarida korrupsiya yoki o‘g‘irlash holatlari aniqlanganmi yoki yo‘qligiga, Turkmaniston davlat axborot agentligi aniqlik kiritmagan.

    Shahim Abdurahmonov 2021-yil fevral oyida bosh vazirning yoqilg‘i-energetika kompleksi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi. “Turkmangaz” rahbari Botir Amanov fevral oyida ham qattiq tanbeh olgan. Bosh prokuror Botir Atdayevga esa avvalgi tanbeh 2019-yilda berilgan.

    Mavzuga doir:

    • Berdimuhamedov yangi ofisida agrosanoat masalalari bo‘yicha videokonferensiya o‘tkazdi
    • Gurbanguli Berdimuhamedov ichki ishlar vaziriga tanbeh berib, uning o‘rinbosarini ishdan bo‘shatdi
    • Turkmaniston prezidenti mamlakatdagi kredit qarzlarining o‘sishi va valyuta bilan bog‘liq muammolardan g‘azablanib, amaldorlarga tanbeh berdi

    07.11.2021, 17:09   Izoh (0)   27763
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “G‘arb vijdoni”. O‘z san’atidan tashqarida yashay olmagan buyuk yozuvchi Alber Kamyu taqdiri

    07.11.2021, 15:49

    FQB Baydenning qiziga tegishli kundaliklarning nashr etilishi yuzasidan tergov boshladi — NYT

    07.11.2021, 15:07

    Gurbanguli Berdimuhamedov o‘g‘liga budjet daromadlarini ko‘paytirishni buyurdi, moliya vaziriga esa hayfsan berdi

    07.11.2021, 14:06

    Mexiko yaqinida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi

    07.11.2021, 13:47

    Iroqda bosh vazirga dron yordamida suiqasd uyushtirildi

    07.11.2021, 12:04

    Syerra-Leoneda benzovoz portlashi oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi (video)

    07.11.2021, 11:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.