Belgrad shahri mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha Jahon chempionatining yarim final bahslari 4-noyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
-60 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Abdumalik Halokov eronlik Daniyal Shohbaxshga qarshi ringga ko‘tarilishi kerak. Ammo jarohat sabab eronlik bokschi jangga chiqmadi va Abdumalik Halokov finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Abdumalik Halokov avvalgi bosqichlarda makedoniyalik Jasin Lyama, sloveniyalik Tadey Chernoga va rossiyalik Vsevolod Shumkov ustidan g‘alaba qozongandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasining 13 nafar ishtirokchisidan faqat ikki nafari yarim finalga qadar yetib keldi. Hasanboy Do‘stmatov, Shohjahon Abdullayev, Mirazizbek Mirzaxalilov, Shahram G‘iyosov, Shahobiddin Zoirov, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev, Odiljon Aslonov, Nodirjon Mirzahmedov, Saidjamshid Ja’farov, Lazizbek Mullajonov va Mujibillo Tursunov esa Jahon chempionatini erta tark etdi.
Izoh (0)