Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha JCh—2021 ning beshinchi kungi bahslari 29-oktabr, juma kuni o‘tkazildi.

Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati

-71 kg vazn toifasida O‘zbekiston vakili Shahram G‘iyosov qozog‘istonlik Aslanbek Shimbergenovga qarshi ringga ko‘tarildi. Shahram qozog‘istonlik bokschiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqani tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shahobiddin ZoirovMadiyor SaidrahimovAbdumalik Halokov keyingi bosqichga yo‘l olgandi. 28-oktabr kuni Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev falastinlik raqibini mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, Mirazizbek Mizaxalilov amerikalik bokschiga mag‘lub bo‘lib, o‘z ishtirokini yakunladi, 27-oktabr kuni Shohjahon Abdullayev belgiyalik bokschiga qarshi jangda nokautga uchradi.

26-oktabr kungi bahslarda Saidjamshid Ja’farov slovakiyalik raqibi yengib, keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘lgan bo‘lsa, Hasanboy Do‘stmatov qozog‘istonlik raqibiga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi. Odiljon Aslonov esa jangsiz 1/16 finalga yo‘l oldi.