• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Qo‘yliq”dan “Oloy”gacha. O‘zbekistondagi 60 dan ortiq bozor va savdo komplekslari xususiylashtirilishi mumkin

    Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Bozor va savdo komplekslari boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda ulardagi davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hujjatda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bozor va savdo komplekslari ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari)ni bosqichma-bosqich sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berish nazarda tutilgan.

    Bundan tashqari, ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari birinchi bosqichda eksperiment tariqasida zamonaviy ko‘rinishga keltirish, jumladan, ular negizida “hammasi bir joyda” tamoyili asosida savdo majmualarini tashkil etish sharti bilan belgilangan tartibda sotiladigan bozor va savdo komplekslari ro‘yxati tasdiqlash rejalashtirilgan.

    Shuningdek, hujjat bilan 12 ta bozor va majmualarni yopish taklif etilgan.

    Bundan tashqari, loyihaga ko‘ra, bozorlar faoliyatini, ulardagi mulkiy masalalar bilan bog‘liq muammolarni o‘rganish bo‘yicha hududiy komissiyalar tashkil etilishi kutilmoqda. Ularga hokimlar boshchilik qiladi.

    Ular o‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan “yo‘l xarita”larini ishlab chiqadi. Bundan tashqari, komissiya bozor va savdo komplekslari bo‘yicha davlat ulushlarini sotish sharti sifatida ularni zamonaviy ko‘rinishga keltirish, zarur infratuzilmani shakllantirish, ularda ko‘rsatiladigan xizmatlarni raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, dehqon, fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlarga qulayliklar yaratish yuzasidan talablarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

    Qaror bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga xususiylashtirish jarayonlarini sifatli tashkil etishni ta’minlash maqsadida bozor va savdo komplekslarining ijro organi faoliyati natijadorligiga baho berish va ularni faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqish vazifasi yuklanadi. Bunda bozor va savdo komplekslaridagi davlat ulushlarini sotishda zaruratga ko‘ra, konsalting va auditorlik kompaniyalari jalb etiladi.

    Bozor va savdo komplekslarining ustav kapitalidagi davlat muassasalari va davlat ulushi ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalarning ulushlarini belgilangan tartibda muassis yoki boshqaruv organlari qarorlari asosida balans qiymatida ularning ustav fondidagi davlat ulushini kamaytirish hisobiga mahalliy davlat hokimiyati organlariga o‘tkazish choralari ko‘riladi.

    Loyihada xususiylashtirish rejalashtirilayotgan bozorlar va savdo komplekslarining ro‘yxati keltirilgan. Ro‘yxatdagi 61 ta obyektning 20 tasi Toshkentda joylashgan. Loyiha muhokamasi 16-noyabrga qadar davom etadi.

    Iqtisodchi Otabek Bakirov loyihaning “xom”ligini ta’kidlab, bir nechta savollarni o‘rtaga tashlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, “eksperiment tariqasida zamonaviy ko‘rinishga keltirish, jumladan, ular negizida ‘hammasi bir joyda’ tamoyili asosida savdo majmualarini tashkil etish” iborasini istalgancha talqin qilish mumkin. Xususan, bu bozorlar va savdo qatorlarining rekonstruksiyaga olib kelishi, rastalarning egalari ijara huquqini qayta solib olishga majbur bo‘lishi mumkin.

    Bundan tashqari, u davlat muassasalari va korxonalari ulushini hokimliklarga berish to‘g‘risidagi qarorni tanqid qilgan. “Nega? Hokimlar yaxshiroq boshqaruvchi, samaraliroq menejermi? Keyingi besh yilda ular faqat bozor buzish va yangi bozor qurib, joy sotishdan bo‘lak yana nimalar nimalar mashg‘ul bo‘ldi? Nega bozorlarning ulushlari agentlik ixtiyoriga o‘tkazilmayapti? Axir davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha professionallarning, mutaxassislarning aksari agentlikda yig‘ilgan-ku”, — deb yozadi u.

    Shuningdek, Otabek Bakirov hokimlarning hududiy komissiya raislari etib tayinlanishini tanqid qilgan.

    “Bozorlarning sotish muddatlari, usullari belgilanmagan. Agar shu tarzda qabul qilinsa, keyinchalik tender komissiyasining yopiq protokollari bilan bozorlar hokim va ularning yugurdak shotirlari qo‘liga arzimagan summaga o‘tib ketishi ehtimoli juda yuqori bo‘ladi. Maqsad o‘zi qanday? Samarali mulkdorlarni yaratishmi? Yoki bozorlarni mahalliy feodallar - sadoqatli va loyal hokimto‘ralarga topshirishmi?”, — degan savolni o‘rtaga tashlagan u.

    Uning fikricha, loyihada xususiylashtirishdan asosiy vazifa — bozorlarni qimmat, juda qimmat narxda sotish, bozorlarni barcha toifadagi investorlarga hech qanday shartlar va to‘siqlar qo‘ymay ochiq va shaffof auksionlarda sotish nazarda tutilmagan.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev farmoniga asosan davlat korxonalarini transformatsiya qilish va davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha choralar belgilandi

    02.11.2021, 17:24   Izoh (0)   17729
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonga qariyb 156 kilo giyohvandlik vositalarini olib kirishga uringan yuk mashinasi aniqlandi

    02.11.2021, 17:08

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

    02.11.2021, 16:38

    Navoiyda rudalarni qazib olishda ishlatiladigan portlovchi moddalar savdosi bilan shug‘ullangan to‘rt fuqaroga hukm o‘qildi

    02.11.2021, 15:54

    Rossiya O‘zbekistonga qiruvchi samolyotlar, zamonaviy vertolyotlar, dronlar, va zirhli texnikalarni yetkazib bergani ma’lum bo‘ldi

    02.11.2021, 14:47

    “O‘zbekneftgaz” raisi o‘rinbosarining “Daryo” muxbiriga kuch ishlatgani yuzasidan rasmiy bayonot berildi

    02.11.2021, 13:52

    Uzbekistan Airways’ning Toshkentdan uchgan samolyoti tuman tufayli Moskva aeroportiga qo‘na olmadi

    02.11.2021, 13:04
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.