Uzbekistan Airways’ning Toshkentdan uchgan Boeing 767-300 samolyoti tuman tufayli Moskvaning Domodedovo aeroportiga qo‘na olmadi.
Telegram’dagi “Novosti Tashkentskogo neba” kanalining yozishicha, samolyot 2-noyabr kuni kuzatilgan tuman, ko‘rish darajasining pasaygani tufayli belgilangan aeroportga qo‘na olmagan va Qozon shahridagi zaxira aeroportiga qo‘ngan.
“RIA Novosti”ning ma’lum qilishicha, tuman tufayli Moskvaning aeroportlarida 140 dan ortiq reys kechiktirildi, 30 tadan ortig‘i bekor qilindi.
Izoh (0)